Qiziqarli

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Rim olimi Katta Pliniy taʼkidlashiga qaraganda, qadimgi gallar va germanlar  sovun tayyorlash siridan voqif boʻlishgan. Ushbu qabilalar oddiy vositalardan tayyorlangan surtmadan tozalash ishlari va teri kasalliklarini davolashda foydalanishgan.

Tarixiy manbalarda Vavilon va Qadimgi Shumerda ham sovundan foydalanilgani haqida  qaydlar uchraydi. Sovungarlikka oid batafsil maʼlumotlar esa eramizdan avvalgi 2500 yilda yozilgan loy taxtachalarida uchraydi.

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Misr arxeologlari Nil deltasida olib borilgan ishlar chogʻida tayyorlash usuli bundan 6000 yil avval paydo boʻlgan, degan toʻxtamga keldilar. Ayrim Misr papiruslarida sovun tayyorlash uchun hayvon yoki oʻsimlik yogʻini ishqor yuzi bilan qaynatish darkorligi haqida maʼlumotlar uchraydi.

Rimlik aholi orasida sovun “sapo” deb atalgan boʻlib, u Sapo togʻi nomidan kelib chiqqan, degan taxmin mavjud.

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Afsonalarga koʻra, ushbu togʻda ilohlarga qurbonlik keltirilgan. Hayvon yogʻi va gulxan kulidan hosil boʻlgan aralashma yomgʻir bilan birga Tibr dayrosi qirgʻogʻidagi loyli tuproqni yuvib oʻtgan. Aynan shu yerda kir yuvadigan ayollar aralashma tufayli choyshablarning nisbatan toza boʻlayotganiga eʼtibor qaratganlar. Ayollar asta – sekin “ilohlar tuhfasi”ni faqatgina kir yuvish uchungina emas choʻmilish uchun ham qoʻllay boʻshlaganlar.

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Keyinchalik inglizlar rimliklardan oʻzlashtirgan holda Sapo soʻzini soap, fransuzlar savon, italyanlar sapone shaklida talaffuz  qila boshladilar.

Sovun ihtiro qilinganiga qaramay, antik dunyo vakillari pemza, arpa achitqisi, loy kabi vositalardan foydalanishda davom etdilar. 

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Tarixchining guvohlik berishicha, skif ayollari sarv va kedr daraxtlaridan yuvuvchi vosita tayyorlab, suv va hushboʻy smola bilan aralashtirganlar. Muloyim iforga ega ushbu vositani badanga surtib, kurak eritmasi bilan tazalab olganlaridan soʻng, teri toza va silliq koʻrinishga ega boʻlgan.

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Salib yurishlari vaqtida arab mamlakatlariga kelgan Yevropa ritsarlari oʻzlari uchun haqiqiy tozalikni kashf qildilar. XII asrda salibchilar oʻz seviklilari uchun tuhfa sifatida Damashqdan sovun sharchalarini olib ketishgan. Ispaniyada zaytun yogʻi va dengiz oʻtlari kulidan qattiq sovun tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar

Sovun turli mamlakatlarda turlicha usullar bilan tayyorlangan boʻlsada, uning paydo boʻlish sababi , joyi va ihtirochisi  haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Ammo shunisi aniqki, sovunning yaratilishi insoniyat salomatligi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sovun qanday paydo boʻlganiga doir siz bilmagan maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar