Tarixdagi judayam hayratlanarli tirik qolish holatlari

Biz sizga odamlarga oʻta ogʻir sharoitlarda omon qolishga imkon bergan gʻaroyib kuch haqida baʼzi qiziqarli hikoyalarni aytib beramiz. Kuchli boʻling!
38 kun davomida Robertson oilasi ochiq dengiz kengliklarida sarson-sargardonlikda qolib ketdi. Oilaning otasi Dugal Roberson, oila aʼzolarini sayohatga olib chiqishga qaror qildi: sarguzashtlarga chanqoq boʻlgan bu britaniyalik fermer “Lyusetta” nomli shxuna (kichik yelkanli kema) sini olib kelib, oila aʼzolari bilan birgalikda nomaʼlum tomonga yoʻl oldi. Oʻn yetti oy davomida quvnoq oila muammo nimaligini bilmasdan okeanlarni kezib yurishdi. Ammo 1972 yil 15 iyunda bu bolalar nahang baliqlar toʻdasiga duch keldilar. Kitlar shxunaga hujum qilib, uni ikkiga boʻlib yuborishdi. Butun oila bitta qayiqqa koʻchib oʻtdi. Ular yomgʻir suvi va Galapagos orollari yaqinida juda serob boʻlgan toshbaqalar goʻshtini isteʼmol qilib, omon qoldilar. Biroq oldinda ularni yangi sinovlar kutib turgan edi – oila oʻtirgan qayiqda toʻsatdan teshik hosil boʻldi va u asta-sekin choʻka boshladi. Bu ham yetmaganday ularni och qolgan akulalar toʻdasi oʻrab oladi. Robertsonlar oʻlimni boʻynilari endi olib turganlarida, oxirgi daqiqalarda yapon baliqchilari yordamga yetib keladilar. Ular akulalar toʻdasini haydab, halokat yoqasida turgan oilani deyarli gʻarq boʻlayozgan qayiqdan chiqarib oladilar.

2013 yil 28-may kuni gʻavvoslar Nigeriya sohillari boʻyida choʻkib ketgan Jakson-4 kemasining halokati sababini oʻrganmoqda edilar. Ular uchun kutilmagan ish boʻldi: u yerda tirik qolgan inson bor edi, uning ismi Harrison edi. Harrison kema oshpazi boʻlgan. U kema halokatga uchrab, agʻdarilayotgan paytda hojatxonada boʻlgan. Oshpaz tuzoqqa tushgan edi – biroq xayriyat, bu yerda havo pufagi paydo boʻldi. Bechora oshpaz uch kun suv ostida oʻtirdi va qaytib chiqishdan umidini uzgan edi. Ammo birdaniga bolgʻalarning ovozini eshitib qoldi. Dayverchilar bahtiyorlikdan hayratda qolgan oshpazni chiqarib oldilar: Okene oʻziga-oʻzi boshqa hech qachon kemaga chiqmaslikka soʻz berdi.

Ernest Sheklton Janubiy qutbni zabt etishga borishdan qoʻrqmadi. Uning 28 kishidan iborat guruhi butun qitʼani aylanib chiqib, ularni boshqa tomondan kutib turadigan kemaga chiqishlari kerak edi. Rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan avval muammolar boshlangan edi. Shekltonning enduransi muzga tiqilib qoldi va odamlar qayiqlardan foydalanishga majbur boʻldilar. Yaxshiyamki Sheklton nafaqat tajribali, balki omadli komandir ham boʻlib chiqdi: bu xavfli ekspeditsiyadan barcha ishtirokchilar qutilishga muvaffaq boʻlishdi.

Bu irodasiga har qanday erkak kishining havasi keladigan ayol haqidagi voqeadir. Juliana onasi bilan birga LANSA Flight 508 samolyotining yoʻlovchilari sifatida parvoz qilayotgan edi. Toʻsatdan ob-havo yomonlashib, samolyotni chaqmoq uradi va u halokatga uchraydi. Qiz boshqa yoʻlovchilar singari vahimaga tushmasdan, oʻrindiqqa mahkamroq oʻrnashib olib, duo qila boshlaydi. Samolyot uch ming metr balandlikdan qulab, toʻgʻri djungliga agʻdariladi. Qiz daraxtlarning shox-shabbalariga ilinib omon qiladi, biroq qattiq shikastlanadi. Olgan jarohatlari va ogʻriqnimg zoʻridan hushgini yoʻqotadi. Ertasiga oʻziga keladi, ammo yurishga madori, yeb-ichishga narsasi yoʻq. Juliana shunda ham oʻzini yoʻqotmadi, halokatga uchragan samolyotda yolgʻiz omon qolgan 17 yoshli qiz, kimsasiz junglida, yovvoyi hayvonlar, ilonlar yurgan oʻrmondan chiqa olib, odamlar yoniga borishga erishdi. Halokatning oʻninchi kuni qirgʻoq boʻyidagi motorli qayiqni koʻrib qoladi va odamlar yaqin orada ekanliklarini tushunib yetadi. To odamlar kelgunlariga qadar u jarohatlariga benzin bilan ishlov beradi. Odamlar haqiqatdan ham qayiq tomon kelishadi va hushidan ketgan qizni topishadi. Uni qayiqda avval qishloqlariga, soʻngra u yerdan esa kasalxonaga yetkazishadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



