Tarixga nazar: Birinchi igna qayerda yasalgani hamda ilk tugmachani kim ixtiro qilgani haqida

Tikish tarixi 20 ming yil oldingi boʻlgan davrga borib taqaladi. Qadimgi odamlar bigizning qadimi koʻrinishida hayvon terisini teshib, ularning paylarini teshiklaridan oʻtkazib, oʻzlariga “kostyum” tikkanlar. Toshlardan hayvonlarning suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy Gʻarbiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bogʻlangan, oʻsimliklardan qilingan iplar igna sifatida hizmat qilgan.

Ilk poʻlat igna Xitoyda yasalgan. Eramizdan avvalgan III asrda angishvona ham Xitoyda kashf qilingan. Mavritaniya (qadimgi Afrikaning shimoli-gʻarbiy hududlari, zamonaviy Jazoir gʻarbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarni Gʻarbga olib borishgan.
Ignalar ommaviy ishlab chiqarilishi XIV asrga kelibgina Nyurnbergda, keyinchalik esa Angliyada ham boshlagan.

Mexanizatsiyalashgan sanoat yordamida dastlabki igna 1785 yilda ishlab chiqarilgan.
Zamonaviy qaychining birinchi ajdodi Qadimgi Misr harobalaridan topilgan. Butun metallar boʻlagidan yasalgan bu qaychilarning yaratilish sanasi eramizdan avvalgi XVI asrga borib taqaladi. Xozirgi koʻrinishdagi qaychilar esa Leonardo da Vinchi tomonidan ixtiro qilingan.

Qadimgi kishilar oʻz liboslarini oʻsimliklar tikanaklari, hayvonlar suyaklari va tayoqchalar yordamida birlashtirishgan. Qadimgi Misrda toʻqalardan foydalanilgan yoki kiyimning bir qismi boshqa boʻlakdan qilingan teshigiga kirgizilgan, yoki boʻlaklar uchlari shunchaki bir biriga bogʻlangan. Tugmachani aynan kim ixtiro qilgan nomaʼlum: baʼzi olimlar bu yunonlar yoki rimliklar, boshqalari- tugmacha osiyodan kelgan deb aytadilar.

Ular koʻpincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar XIII asrga kelib keng tarqalgan. Deyarli XVIII asrgacha tugma boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi boʻlgan: qirollar va zodagonlar oʻzlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan. XVIII asr boshlarida tugmachalar metal va misdan yasala boshlagan. Bugungi oddiy vositaga aylangan tugmachalar XIV asrgacha shunchalik qimmat mahsulot hisoblanganki, ular kiyimdan kiyimga tikilib kelgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



