Tarixni oʻzgartirib yuborgan 6ta halokat


Shunga qaramay, tabiiy ofatlar bir necha bor tarixga katta taʼsir oʻtkazganlar. Ular iqlimni oʻzgartirib, butun tsivilizatsiyalarning oʻlimiga va ommaviy koʻchib ketishga olib keldi, baʼzida esa epidemiyalarni davolashda yordam berdi. Ushbu maqolada eng katta halokatli tarixiy voqealar bilan tanishing.
Fera orolida Santorin vulqonining otilishi insoniyat tarixiga eng katta taʼsir oʻtkazgan deb aytish mumkin. Portlash orolning koʻp qismini yoʻq qildi va uning yaqinida joylashgan Krit shahrining butun tsivilizatsiyasini halok qildi. Vulkanik oltingugurt dalalarga tushib, qishloq xoʻjaligini tugatishga olib keldi. Bu tarixdagi eng kuchli vulqon otilishlaridan biri boʻlib, qiziqarli ilmiy taxminlar paydo boʻlishiga olib keldi.

Shunday qilib, baʼzi olimlar Fera oroli va afsonaviy "Atlantida" - bu bitta orol deb hisoblaydilar. Yana bir taxminda aytilishicha, Muso alayhissalom koʻrgan olov ustuni - bu Santorin vulqonining otilishi va ikkiga boʻlingan dengiz - bu Fera orolining suvga gʻarq boʻlishidir. Soʻnggi marta vulqon 1886 yilda faollik belgilarini koʻrsatgan, lava boʻlaklari yarim kilometrgacha balandlikka koʻtarilgan. Portlash natijasida bir necha orollar hosil boʻlgan.
Rimning Pompey shahrida hech kim shahar tepasida joylashgan Vezuviyni uxlab yotgan vulqon, deb gumon qilmadi. Hamma gʻalati koʻrinishga ega boʻlsa ham, uni oddiy togʻ, deb hisoblar edi - goʻyo kimdir choʻqqini ichkariga bosib, ichi boʻsh joy hosil qilganga oʻxshardi. Biroq, u allaqachon daraxtlar bilan qoplangan va hech kim bu vulqon krateri deb oʻylamagan.
Vulqon otilishidan ancha avval Pompeyga kelgan Arastu birinchi boʻlib Vezuviy vulqon ekanligi toʻgʻrisida aholini ogohlantirgan. Biroq, bu hech qanday samara bermadi. Milodiy 62-yil 5-fevral kuni, Vezuviyning uygʻonishidan deyarli 10 yil oldin, kuchli zilziladan keyin ham hech qanday chora koʻrilmadi. Shubhasiz, bular yaqinlashib kelayotgan kataklizmning dastlabki belgilari edi.

Bir necha shaharlarni tiriklayin koʻmgan afsonaviy vulqon otilishi 79-yil 24-avgust kuni boshlanib, taxminan bir kun davom etdi. Kichik Pliniy yozganidek: "Ulkan qora bulut tez oʻsib borardi ... chaqmoq chaqishiga oʻxshash uzoqdan hayoliy otash tillari undan kattaroq edi".
Vesuviyning otilishi Xirosimadagi atom bombasining portlashidan ham kuchliroqdir. Qurbonlar sonini aniqlash qiyin. Koʻpchilik halokatli piroklastik yomgʻirdan oldin, yaʼni Pompeyni qoplagan kuldan oldin shaharni tark etidi, ammo koʻp odamlar kemalarda qochib ketayotganda vafot etishgan boʻlishlari mumkin.
1883 yil 27 avgustda sodir boʻlgan Krakatau vulqoni portlashi va otilishi, oʻzining noyob halokatli kuchi va vayronagarchiliklari bilan har qanday tasavvurni hayratda qoldiradi. Portlash oqibatida balandligi 30 metrgacha keladigan tsunami qoʻshni orollardagi 36000 ga yaqin odamning halok boʻlishiga olib keldi, 295 shahar va qishloqlar dengizga gʻarq boʻldi. Vulqon portlashining kuchi (vulqon otilish shkalasi boʻyicha 6 ball) geologlar tomonidan Xirosimani vayron qilgan portlash kuchidan 10000 baravar kuchli, deb baholangan va 200 megatonna trotila portlashiga teng boʻlgan.

Portlashning ovozi Yerning 8% qismida da eshitildi, vulqondan shimolga koʻtarilgan, balandligi 900 metrni tashkilgan piroklastik oqim 2000 kishining hayotiga zomin boʻlgan. Shamol tomonidan olib ketilgan vulqon kuli portlash joyidan 10 kun oʻtgach, 5330 km nariga borib (misol uchun Moskva va Baykal koʻli orasidagi masofa) tushdi. Bir necha kun davomida portlash tufayli butun Yer atmosferasi bezovta boʻldi. Turli manbalarga koʻra, portlashning havo toʻlqini Yerni 7 dan 11 martagacha aylanib chiqqan.
Barcha muhim ofatlar ham tabiiy emas. Inson omili vulqon otilishidan ham koʻproq zarar keltirishi mumkin. Bu 1666 yil sentyabrda Londonda sodir boʻldi. 2 sentyabr kuni Shahar hududida boshlangan yongʻin oshpaz Tomas Farrinerning ehtiyotsizligi natijasida bir necha kun ichida shaharning uchdan bir qismini vayron qildi va moʻʼjizaviy ravishda aristokratik Vestminster va qirol saroyiga yetib bormadi. Ikkinchi kuni yongʻin Londonning moliyaviy markaziga yetib bordi.

Banklarda saqlanayotgan oltin zaxiralarining bir qismi shunchaki erigan yoki oʻgʻirlangan, bu Angliya iqtisodiyotiga katta zarba berdi. London yongʻinidan jabrlanganlar sonini aniqlash qiyin - kambagʻallar haqida hech kim oʻylamaydi, bundan tashqari, oʻliklarning katta qismi uylar bilan birga yongʻin natijasida yoʻq boʻlgan. Maʼlumki, Londonning 80 ming aholisidan 70 mingi boshpanasiz qolgan. Toʻgʻri, yongʻinning oqibatlari faqatgina salbiy emas edi. Olov kemiruvchilarni yoʻq qildi va 1665-1666 yillarda shahardagi Katta oʻlat epidemiyasini toʻxtatdi.
Insoniyat davridagi eng katta zilzila 1556 yil 23 yanvarda markaziy Xitoyning Shensi provintsiyasida yuz berdi. Taxminlarga koʻra, uning kuchi 11 ballga yetdi. Zilzila epitsentridan Veyx daryosi vodiysidagi 500 km masofadagi hududlar vayron boʻlgan.

Viloyatning baʼzi hududlarida, ayniqsa oʻrmonzorlarda yashagan aholining hammasi birinchi zilzilalar paytidayoq qulagan daraxtlarning tagida qolib yoʻq halok boʻldi. Qolganlarida oʻlim darajasi 60% ni tashkil etdi. Ushbu tabiiy ofat natijasida 830 ming kishi vafot etdi.
Insoniyat tarixidagi eng katta tabiiy ofat - 1931 yilda Xitoyning janubi-markazida sodir boʻlgan toshqin boʻlib, unda 3,7 million kishi halok boʻldi va 50 milliondan ortiq kishi jabrlandi.

1928-1930 yillardagi uzoq davom etgan qurgʻoqchilikdan soʻng, qish juda qorli boʻldi. 1931 yilning bahorida rekord miqdordagi yogʻingarchilik tushdi, yozda rekord miqdordagi siklonlar kuzatildi - iyul oyining oʻzida yetti marta, normada esa yiliga ikki siklonni tashkil qiladi. Iyul oyiga kelib, Xitoyning eng yirik daryolari - Yantsi va Sariq daryolar qirgʻoqlaridan toshib chiqib ketdi va 25 avgustga oʻtar kechasi daryolarning suvi Buyuk kanalga yetib kelib, dambalarni yorib yubordilar va shu paytda uxlayotgan 200 mingga yaqin odamni choʻktirib yubordi. Issiq ob-havo paytida koʻmilmay qolgan koʻpgina jasadlar epidemiyalar - tif va vaboning tarqalishiga olib keldi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



