Tashkent City bogʻida Yangi Yil bayramlari oʻtkazilmoqda

1-dekabrdan boshlab Tashkent City bogʻida Toshkentda keng koʻlamli Yangi yil bayramlarini oʻtkazish tadbirlari boshlandi. Bayramlar 1-dekabrdan 30-dekabrgacha bayram tantanalar oʻtkaziladi.
Dekabr oyi boshida rassomlar va havaskor musiqiy jamoalar festivali bilan boshlandi. Bu 2,3 va 4-dekabr kunlari boʻlib oʻtdi. 7-dekabrgacha, parkda musiqa va hazil-mutoiba tadbirlari boʻlib oʻtdi va 8-dekabr kuni Konstitutsiya kuni sharafiga bu yerda Ichki ishlar vazirligining harbiy ansambli va harbiy orkestrining kontsertdasturi boʻlib oʻtdi.

Hozirgi paytda bogʻda siz bayramona kayfiyat bilan oʻzingizni va yaqinlaringizni kayfiyatini koʻtarishingiz mumkin. Bogʻda chiroyli archalar bezatib qoʻyilgan va yoqimli musiqa sadolari yangrab turibdi.

Bogʻda siz chiroyli manzarada asosiy qahramon Qorbobo va boshqa ertak qahramonlari bilan fotosuratga tushishingiz mumkin.



Bogʻning asosiy sahnasida har oqshom koʻngil ochar dasturlar boʻlib oʻtmoqda.

Istirohat bogʻida koʻplab yorqin fotohududlar tashkil etilib, shahar aholisi fotosuratga tushib xursand boʻlishmoqda.


30-dekabrga qadar turli mavzularda 10 ta festival boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Manba: Afisha.uz
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



