Yangi yil dasturxoni uchun 3 gʻoya: Salatni qay usulda bezatish mumkin?

Bugun sizga Yangi yil salatini kelgusi yilga mos ravishda bezatish uchun ajoyib gʻoyalarni taqdim qilamiz.

300 gr qaynatilgan tovuq goʻshti
5 dona qaynatilgan kartoshka
2 dona qaynatilgan sabzi
200 gr qoʻziqorin
2 dona piyoz
5 dona tuxum
200 gr pishloq
taʼbga koʻra tuz va mayonez
Kartoshka va sabzi mayda tishli qirgʻichdan oʻtkazib olinadi. Tuxum sarigʻi va oqi alohida idishlarda maydalanadi, pishloq ham ehtiyotkorlik bilan qirgʻichlanadi. Tovuq goʻshti somoncha shaklida toʻgʻraladi, piyoz esa oʻsimlik yogʻida qovuriladi. Qoʻziqorinlar tova ichida qovurib olinadi.
Salat idish ichiga kartoshka + qoʻziqorin + piyoz + tovuq + mayonez +kartoshka + mayonez + sabzi + mayonez + tuxum oqi + pishloq ketma-ketligida solib chiqiladi. Salatning ustki qismi tuxum sarigʻi bilan bezatiladi.
Qaynatilgan tuxumning ustki qismida ikkita kesik hosil qilingach, pishloqdan kesilgan quloqlar joylashtiriladi. Sichqonning koʻzlari qora murch donasidan, dumi esa pishloqdan hosil qilinadi.

Mazkur salatni tayyorlash uchun oʻzingiz istagan masalliqlar uygʻunligidan yoki biror taniqli salat retseptidan foydalanasiz. Bu borada sizga odatiy "Olive" salati yoki tovuqli salat retsepti ham yordam berishi mumkin. Mayonez bilan birga aralashtirilgan salatni uchburchak shaklida likop ustiga joylashtirib, chetlari va ustki qismiga pishloq boʻlagini yopishtirib chiqamiz. Yon tomonlariga esa tuxumdan tayyorlangan "sichqoncha"lar joylashtiriladi. Uning qanday tayyorlanishini avvalgi salat orqali yaxshi bilib oldingiz.

300 gr krab tayoqchalari
5 dona qaynatilgan tuxum
200 gr qaynatilgan guruch
200 gr konservalangan joʻxori
tuz va mayonez
Tuxum hamda krab tayoqchalari mayda kesiladi, keyin esa guruch, joʻxori, tuz va mayonez bilan qorishtirib olinadi. Salatdan sichqonlarning tana qismi yasab chiqilgach, ustidan qirgʻichlangan pishloq sepiladi. Aynan oʻsha pishloq boʻlaklaridan quloqlari va dum qismi hosil qilinadi. Sichqonlarning koʻzlarini yasashda esa qora murch donalaridan foydalaniladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



