Sayohat

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?

XIX asr oʻrtalarida Angliya poytaxti aholisi 2 million kishini tashkil etar va uning bir tumanidan ikkinchi tumaniga qadar etib olish katta muammolarni keltirib chiqarardi. 1855 yilda shaharda er osti temir yoʻl transportini qurish haqida rasmiy qaror qabul qilindi. Ushbu ishni oʻz boʻyniga olgan kompaniya esa Metropolitan Railwaj boʻlgan. Aytish kerakki, metroning qurilish ishlari inglizlar poytaxtining tashqi koʻrinishini tubdan oʻzgartirib yubordi.Liniyalar transheya usulida joylashtirilgan, chuqurligi 10 metr keladigan tunnellar qazilgancha, relslar oʻrnatilib, yuqorisi gʻishtin qoplama bilan yopilgan edi. Metro uzunligi 3600 metrga teng kelgan va oʻziga 7 nafar bekatni jamlagan. Ushbu harakatlanish vositasini ochilishini Uels shahzodasi, mamlakatning boʻlgʻusi qiroli Eduard VII ochib berdi. Aynan u metroning birinchi yoʻlovchisiga ham aylandi. 

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?

 Tan olish kerak, birinchi metro koʻrishga arzigulik manzarani aks ettirmasdi. Metro poezdlari koʻmirda ishlagan, shu sababli yoʻlovchilarning yuzlari va liboslari qorayib qolavergan. Er ostida nafas olish esa katta muammoga aylangan. Ammo londonliklar unchalik qulay boʻlmasa ham tezkorlik jihatidan eʼtirof etishga arziydigan mazkur vositani yuksak baholadilar. Foydalanishning birinchi kunidayoq unda 30 ming nafar inson yurib koʻrdi. 

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?

Birinchi yilda metro umumiy hisobda 9 million insonni oʻz manziliga etkazib qoʻygan boʻlsa, keyingi yili ushbu koʻrsatkich 12 millionni tashkil qildi. 

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?

Asta-sekin koʻrsatkichlar oʻsib bordi. Poezdlar rivojlandi, harakatlanish vositasining tashqi koʻrinishi ham oʻzgarib ketdi. 1905 yilga kelib esa metro toʻlaligicha elektrlashtirildi. Bugungi kunda London metrosidan kuniga 3 million kishifoydalanadi. Bu esa yillik koʻrsatkichni 1 milliardga olib chiqadi. 

Dunyodagi ilk metro qayerda paydo boʻlgan?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar