Qiziqarli

Top-25 Optik illyuziya

Top-25 Optik illyuziya

Sizni lol qoldiradigan gʻaroyib 25 optik illyuziyalar.

Top-25 Optik illyuziya

Koʻz gimnastikasi bilan shugʻullanish, koʻngil ochish va fantaziyaga erk berish vaqti keldi! Ushbu toʻplamda siz uchun yorqin va oldindan aytib berish qiyin boʻlgan, xatto shaxsan tekshirib koʻrishni sevadiganlar uchun qiziqarli masalalartanlangan. Bir suratning oʻzida bir necha syujetlar yashiringan boʻlishi mumkin. Bazi suratlar esa sizga xuddi tirikdek tuyilishi ham mumkin. Xavotirolmang, bu hammasi odatiy hol.

Top-25 Optik illyuziya

25. Bu vazami yoki odamlar yuzi?

Top-25 Optik illyuziya

Oldingizda bir rasmda bir vaqtning oʻzida 2 ta turli xil syujet. Kimdir guldon yoki xaykalcha koʻrsa, yana kimdir bir biriga qarab turganlarni koʻradi. Hamma gap qabul qilish va eʼtiborni jamlash nuqtasidadir. Bir syujetdan ikkinchisiga koʻchib yurish, koʻzlar uchun foydali.

Top-25 Optik illyuziya

24. Rasmi avval yuzingizga yaqinlashtiring, keyin esa uzoqlashtirib koʻring.

Top-25 Optik illyuziya

Sizga shar xuddi kattalashayotgandek, xatto unga rang kirayotgandek tuyilishi mumkin. Ehtiyot boʻling, agar bu rasmga uzoq qarab tursangiz boshingiz ogʻrib qolishi mumkin.

Top-25 Optik illyuziya

23. Qiyshayuvchi shakllar

Top-25 Optik illyuziya

Oldiniga ustunlar va qatorlardagi yashil koʻp qirralilar bayroq yoki toʻlqinga oʻxshab harakatlanayotgandek tuyuladi. Lekin ekranga chizgʻich qoʻyib yaxshilab qarab koʻrsangiz, barcha shakllar aniq tartibda va toʻgʻri chiqiz boʻylab joylashganini koʻrasiz. Vertikal va gorizontaliga. Rasmda barcha burchaklar teng, yoki 90 daraja yoki 45. Aytishganidek, koʻzingizga ishonmang.

Top-25 Optik illyuziya

22. Harakatlanadigan aylanalar

Top-25 Optik illyuziya

Kimgadir bir pasda, kimgadir esa biroz vaqt kerak boʻladi. Lekin albatta koʻzingizga aylanalar aylanib harakatlanayotgandek tuyiladi. Aslida esa, bu oddiygina rasm, hech qanday animatsiya ham emas. Shunchaki, miyamiz bunday shakllar va ranglar toʻplamini aniq koʻrishga qiynaladi, uni shunchaki harakatlanayotgandek qabul qiladi.

Top-25 Optik illyuziya

21. Rangli fonda qizil chiziqlar

Top-25 Optik illyuziya

Rasmdagi qizil chiziqlar qiyshiq chizilganga oʻxshaydi. Lekin chizgʻich yoki xatto oq qogʻozni ekranga qoʻyib qarasangiz unday emasligiga amin boʻlasiz. Aslida esa, bunday optik illyuziya rasmda orqadagi rangli fon tasirida paydo boʻladi.

Top-25 Optik illyuziya

20. Qora tepaliklar yoki pastki barlar

Top-25 Optik illyuziya

Albatta, qora qirralar – chizilgan gʻishtchalarning yuqori qismidir. Lekin, shoshmangchi. Yoʻq, unday emas! Yoki shunday? Bizning qabul qilishimizdan farqli oʻlaroq, rasm oʻzgarayotgani yoʻq.

Top-25 Optik illyuziya

19. Optik sanchqi

Top-25 Optik illyuziya

Ushbu surat biroz 23 ni eslatadi, ammo unda endi bahaybat sanchqi paydo boʻldi. Biroq yaxshilab qarasngiz, bu umuman boshqa narsa boʻlib chiqishi mumkin.

Top-25 Optik illyuziya

18. Sariq chiziqlar

Top-25 Optik illyuziya

Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin rasmda uzunligi aniq bir xil boʻlgan 2 ta sariq chiziq chizilgan. Qora chiziqlarning joylashuvi sizni chalgʻitishi mumkin, lekin yana chizgʻichdan foydalanib tekshirib koʻrishni maslahat bergan boʻlardik.

Top-25 Optik illyuziya

17. Aylanuvchi aylanalar

Top-25 Optik illyuziya

Agar oʻrtadagi qora nuqtaga qimirlamay qarab tursangiz, atrofidagi aylanalar harakatlana boshlaydi.

Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar