Tovadagi mini pitsalar: bir kiprik qoqishda tayyor boʻladi!

• 2 stakan un
• 1 stakan qatiq
• 0,5 choyqoshiq soda
• 2 dona tuxum
• 150 gr pishloq
• 300 gr kolbasa
• 200 gr pomidor
• bir chimdim tuz va murch

Pitsalar uchun odatiy usulda qatiqli hamir tayyorlab olinadi. Buning uchun yuqorida keltirilgan barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtirasiz. Nachinka masalliqlarini esa qirgʻichdan oʻtkazasiz yoki toʻrtburchak shaklda toʻgʻrab olasiz.

Sovutgich ichidan bulgʻor qalampiri, koʻkatlar topilsa, ularni ham ayamasdan qoʻshavering. Soʻng barcha masalliqlarni xamirga aralashtirib, qizdirilgan oʻsimlik yogʻida qizarguniga qadar qovurib chiqasiz.

Yoqimli ishtaha!


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



