Oshxona

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?

Insoniyat tarixidagi ilk tushlar koʻzlar uchun oʻta xavfli hisoblangan- qorakuya va yogʻ aralashmasidan tayyorlangan. Bir necha ming yillardan soʻng ushbu pardoz vositasi yunon ayollarining bisotida paydo boʻla boshladi.

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?

Keyinchalik qadimgi Rimda biroz suyuqroq tarkibga ega vosita ixtiro qilindi: kipriklar suv va tuyilgan qoʻrgʻoshin aralashmasi bilan boʻyala boshlandi. Bunday goʻzallik ayrim oqsuyaklarga koʻrish qobiliyatining yoʻqotilishi bila taʼsir etgan boʻlsada, ushbu xatarli vositaga boʻlgan talab aslo kamaymadi. Rim imperiyasi qulashi bilan qoʻrgʻoshin haqida bir oz unutilganday boʻldi.

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?

Zamonaviy koʻrinishdagi ilk tush oʻz singlisini jondan sevgan aka tomonidan oʻylab topilgan. Terri Uilyamsning singlisi kalta va siyrak kipriklaridan aziyat chekardi. U aynan shu kamchilik tufayli unga hech kim eʼtibor bermaydi deb hisoblardi. Terri qorakuyani vazelin bilan aralashtirib, olamshumul shuxratga sazovor boʻldi. Ushbu yangilik singlisiga maʼqul kelib tez orada unga mashxurlik keltirdi. Kompaniya Terri Uilyamsning singlisi sharafiga Maybelline deya ataladi.

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?

Tez orada ushbu kompaniyaning eng ashaddiy raqobatchisi – Max Faxtorning tush tarkibiga mum kiritishi kipriklarning yanada jilokor boʻlishiga yordam berdi. Suvga chidamli birinchi tush 30 – yillar oxirlarida Elene Rubinshteyn tomonidan oʻylab topilgan.

Kiprik boʻyogʻi qanday paydo boʻlgan?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar