Qiziqarli

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Bunday koʻrinishdagi uylarning aksariyat qismi dinamikani xush koʻruvchi yoshlarga tegishli boʻlib, bu yerda oʻzingizni haqiqatan ham erkin his qila olishingiz mumkin. Hududning torligi va oʻta kichik ekanligi ham qulay yotoqxona yaratish uchun halal berolmaydi.

Fransiyaning Batiik Studio kompaniyasi mutaxassislari oʻzida bir nechta funksiyalarni jamlagan orginal karavot yaratishga muvaffaq boʻldilar.
Bu yerda uxlash uchun joy, kichik xona, buyumlarni saqlash sohasi joylashgan.

Bu turdagi mebel sohibiga aylanish orqali katta va noqulay uy jihozlaridan osongina voz kecha olasiz. Karavot tagida ham koʻplab yashirin javonchalar boʻlib, bu yerga ham yetarlicha miqdordagi buyumlar va liboslarni solib qoʻyishingiz mumkin. Bundan tashqari, yotoqxona hududida havo aylanish tizimi juda yaxshi ishlaydi va sokin uyquni toʻlaligicha taʼminlab beradi.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!
“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Mazkur suratda 30 m2 hududda yaratilgan ajoyib interyer namunasini koʻrishingiz mumkin. Bunday xona Polshadagi shaharlarning birida yaratilgan boʻlib, sohani kengaytirish uchun dizaynerlar asosiy rang sifatida oqni tanlashgan. Shift uchun esa moviy va zumradrang boʻyoqlar tanlab olingan, bunday yechim esa xonani katta va kengroq koʻrsatish uchun koʻmak bergan.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Oʻta kichik xonalar interyeri uchun dinamika koʻmagidan foydalangan holda ajoyib gʻoyalar oʻylab topish mumkin. Buning eng oddiy yoʻli xonani imkon qadar yorugʻroq koʻrsatishdir. Bu borada sovuq ranglar taratadigan lampalar juda qoʻl keladi. Bir nechta yoritgichlar bilan betakror koʻrinishga keltirilgan xona haqiqiy sanʼat asariga aylanib ketadi. Shuningdek, lampalar hududni kengaytirish va dinamika qoʻshish vazifalarini ham bajaradi.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Unchalik katta boʻlmagan hududni bir nechta qismga boʻlish uchun stellajlar koʻmak beradi. Ammo bunday gʻoya bilan zamonamiz insonlarini hayratga solish mushkul. Shu sababli Britaniya mutaxassislari tomonidan aylanuvchi stellajlar oʻylab topildi. Qoʻshimcha sifatida bu yerdan plazma erkanli televizor va turli koʻrinishdagi dekor elementlari uchun joy ham ajratilgan.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Odatda aksariyat insonlar haddan ortiq ochiq maydonni yoqtirmay, uni bir necha qismga boʻlishga urinadilar. Dizaynerlar esa bu borada shisha xomashyosidan foydalanishni maslahat berishdi. Bunday “devor”lar bilan uyingiz xonalarini bir nechta qismga boʻlish ham, hududni haddan ortiq tor qilib qoʻymaslikka ham erishish mumkin.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Oʻta tor xonalarda yuqori shiftlar koʻmagida takrorlamas interyer namunalarini yaratish mumkin. Buning uchun karavotni biroz yuqoriga koʻtarib, birinchi “qavat”ni esa oshxona va mehmonxona sifatida jihozlaysiz.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Bu turdagi apartamentlarda buyumlarni koʻzdan nari va yashirin holatda saqlash mumkin. Buning uchun devorlar fanerdan ishlanadi va u yerga oʻrtacha kattalikdagi javonlar joylashtiriladi. Bunday “devorlar” bir qarashda yahlit holda koʻrinadi, aslida esa har qanday javon oʻrnini bosa oladi.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!

Suratdagi kabi interyer namunasi turli buyumlarni saqlash uchun ayni muddaodir. Suratda shift ostiga oʻrnatilgan fanerli konstruksiyani koʻrishingiz mumkin. Bundan xomashyo juda arzon turadi va ajoyib koʻrinishi bilan barchaga manzur boʻladi.

“Uyim juda tor” deysizmi? Yechimi bor!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar