Oshxona

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

Biz bilan zamondosh gerontologlar (umrni uzaytirish bilan bogʻliq fan mutahassislari) bildirayotgan fikrlarga koʻra, yaqin kelajakda insonlar 200 yil, hatto 300 yillab umr koʻradilar. Ularning aytishlariga qaraganda ushbu fikrni tasdiqlovchi dalillar mavjud.

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

AQShdagi qarilikni oʻrganish Milliy instituti olimlari tomonidan ochlik bilan umrni uzaytirish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari eʼlon qilinganda, buni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan qarshi oldi. Yarim yil mobaynida 48 nafar odam isteʼmol qiladigan oziq-ovqatining odatdagi meʼyoridan toʻrtdan bir qisminigina tanovul qilish bilan cheklandi. Natijalar esa ularning aʼzolarida qarishni toʻxtatish jarayoni keskin kuchayganini koʻrsatdi.

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

Gerentologlar fikricha, sayyoramizda eng uzoq umr koʻruvchilar Abxaziya, Pokistondagi Xunza viloyati va Ekvadoragi Vilkabambe qishlogʻi aholisi hisoblanadi. Har uchala hudud ham togʻli joylar boʻlib, u yerlarda istiqomat qiluvchilar bir asr umrkoʻrsalar-da, ruhan va jismonan tetikligi bilan ajralib turadilar. Olimlar ularning hayot tarzini oʻrganishda, bu yerlik aholining bolalikdan boshlab toʻyib ovqatlanmasligi va koʻpincha och yurishga koʻnikkani maʼlum boʻldi.Shuningdek, ular isteʼmol qiladigan oziq-ovqatlarning aksariyat qismini hoʻl meva va sabzavotlar tashkil qilib, asosiy vaqti esa toza xavoda jismoniy mehnat qilish bilan oʻtishi aniqlangan.

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

Maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyada ham 100 yoshga kirganlar soni soat sayin oʻsib bormoqda.1963-yili bu yerda 153 nafar 100 yoshga kirgan odam roʻyhatga olingan boʻlsa, hozirda ularning soni 36 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?

Uzoq umr koʻruvchilarning hayot tarzlarida ayrim oʻxshashliklar mujassam. Masalan, ularning hech biri ortiqcha vazndan aziyat chekmaydi. Maʼlumki, organizmdagi toʻplangan yogʻlar yurak faoliyatiga salbiy taʼsir oʻtkazib, qon-tomir sklerozi xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan ham uzoq umr koʻrishning garovi parxezdir. Uzoq yashashning yana bir shartiga koʻra, hech qachon jismoniy harakat qilishdan erinmaslik kerak.

Uzoq umr koʻruvchilar koʻproq qayerda istiqomat qiladi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar