Rohatijon muzqaymoq qayerda va qachon paydo boʻlgan?

Yana ayrim maʼlumotlarga koʻra, Xitoy imperatori Tanguning ham muz hamda sut asosida shirinlik tayyorlash usuli boʻlgan ekan. Keyinchalik muzqaymoq Xitoydan Yevropaga olib kelingan.
Afsonalarga koʻra, Marko Polo oʻz sayohatlarining biri davomida Sharqdan sovitish uchun nafaqat qor, balki selitra ishlatilgan shirinlik retseptini olib keladi. Sharbatni yodga soladigan ushbu shirinlik uzoq yillar davomida zodagonlarning sevimli deserti boʻlgan. Aynan shupaytlarda muzqaymoqning retsepti boshqalardan qattiq sir tutilgan, saroy oshpazlari uning qanday tayyorlanishi haqida hech qachon birovga aytishmagan.

Oradan bir muddat oʻtib, muz, sharbat va sut asosida tayyorlanadigan shirinlik retsepti ommalashib ketdi, Italiya va Fransiya qirollik saroylarida juda katta mashhurlikka erishdi. Muzqaymoq Lyudovik XIVning eng sevimli shirinligi hisoblangan. 1649 yilda fransuz qandolatchisi Jerar Tirsen sut hamda qaymoqdan tayyorlanadigan vanilli kremning muzlatilgan variantini ixtiro qiladi.
Yangilikka "Neopolitan muzqaymogʻi" deya nom beradilar. Mana shu hodisadan keyin uning retsepti doimiy ravishda oʻzgarib turgan.

Rus yerlarida esa odamlar muzlatilgan sutni jazirama kunlarda qadimgi davrlardan isteʼmol qilib kelganlar.
Sibir qishloqlarida uy bekalari haligacha sutni muzlatilgan holatda maxsus idish ichida saqlaydilar.
Muzlatilgan desert Amerika Qoʻshma shtatlariga qadar yetib borgach, amerikaliklarning ham koʻnglidan chuqur joy oldi.

Mazkur shirinlik Jorj Vashington hamda Tomas Jefferson mehmonlariga doimiy ravishda tortiq qilingan. 1774 yilda londonlik savdogar Filipp Lenzi ilk marta Nyu-York gazetalarining birida turli shirinliklar, jumladan muzqaymoqni reklama qila boshlaydi.
AQSH prezidenti boʻlmish Jeyms Madisonning rafiqasi Dolli Madison esa uni oʻz erining prezidentlik qasamyodini qabul qilish vaqtida mexmonlarga tarqatib chiqqan.
Amerikadagi birinchi muzqaymoq doʻkoni 1776 yilda oʻz faoliyatini boshlagan.

Tuzni sut bilan aralashtirgan holatda muzqaymoqning tarkibiy mahsulotlari haroratini tushirish va uni nazorat qilib turish usulini oʻylab topgan inson haqiqatan ham mazkur soha uchun juda katta hissa qoʻsha olgan. Aylanuvchi parraklarga ega boʻlgan yogʻoch chelakning yaratilishi ham muzqaymoq ishlab chiqarish jarayoniga juda katta taʼsir koʻrsatdi.
Filadelfiyalik Avgustus Jekson 1832 yilda muzqaymoqni boshqacha usulda tayyorlash yoʻlini topdi.

1843 yilda angliyalik Nensi Jonson muzqaymoqni idishlariga solib beradigan qoʻlbola mashina yaratdi va uni patentlab ham oldi. Ammo oʻz ixtirosini ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun kerakli miqdordagi pul unda boʻlmagan. Shu tariqa Nensi oʻz patentini amerikaliklarga sotib yubordi. 1851 yilda Baltimorda shu turdagi birinchi zavod ochildi va ilk marta sanoatlashgan muzqaymoq partiyasi tayyorlandi. Ushbu hodisadan 150 yil vaqt oʻtgan boʻlsa ham, uning tarkibi va retseptlari hamon shiddat bilan oʻzgarib keladi.

1851 yilda Jakob Fassel Baltimorda muzqaymoq ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan birinchi savdo zavodini ochadi. 1897 yilning 1 fevral kuni esa muzqaymoq uchun moʻljallangan qolip hamda qoshiqchani Alfred Krall ismli erkak patentlab oladi.

Muzqaymoqli trubochka ilk marta Amerikada 1904 yilda ijod qilingan va uni Avliyo Luis yarmarkasi paytida sotishgan.

Britaniyaliklar olimlar guruhi (guruh tarkibida yosh Margaret Tetcher ham boʻlgan) muzqamoq tarkibiga ikki marta koʻproq havo "qoʻshish" va bu orqali uni yumshoq koʻrinishga keltirish usulini oʻylab topadilar.

1990 yillarda oliy sifatli va quyuq tarkibga ega boʻlgan tarixdagi birinchi muzqaymoq yaratildi. Ben and Jerry's, Beech dean va Haagen-Dazs muzqaymoqlari aynan mana shu sinfga tegishli sanaladi. Ha, aytganday, Haagen-Dazs 1960 yilda Ruben Mattus tomonidan oʻylab topilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



