Qiziqarli

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Tomirlarni siquvchi, judayam tor boʻlgan paypoq, golfi tarang rezinali kiyim kiyish kerak emas.  

Oyoqlarni chalishtirib oʻtirmaslikka harakat qiling.

 

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Agar uzoq vaqt oʻtirish yoki turishga majbur boʻlsangiz, har bir qulay vaqtda hech boʻlmaganda oyoqlarni, oyoq kafti bilan tovonni bir-biriga ishqalash kerak. Bu ham oyoqdagi boldir muskullari ishini qoʻzgʻatib, qon aylanishini yaxshilaydi.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Koʻproq piyoda yurishga harakat qiling, liftdan ham kamroq foydalaning. Oʻtirgan yoki turgan vaqtingizda tez-tez holatni oʻzgartirib turing.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Issiqlik oshganida (sauna, hammom, issiq oʻlkalarda dam olish orqali) ham kasallik qoʻzgʻalishi mumkin. Bu siz uchun qanchalik havfli yoki havfsiz ekanligini mutahassis shifokor bilan maslaxatlashing. 

Yaxshisi baland poshnali, balandligi 4-6 smdan ortiq boʻlgan oyoq kiyimidan voz keching.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Agar 5-10  daqiqa vaqtingiz boʻlsa,oyoqlaringizni balandroq (yuragingiz sathidan 15-20 sm baland) koʻtarib yoting. Iloji boricha uhlayotgan vaqtingizda ham oyoqlaringiz biroz balandroq boʻlishiga ahamiyat bering.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Taomnomangizdan yogʻli, aralash ovqatlarni kamaytirib, ularning oʻrnini meva va sabzavotlar bilan almashtiring. Ayniqsa, issiq kunlarda bir kunda ikki litrdan kam suv ichmaslikka harakat qiling.

Muntazam shifokor tafsiya qilgan dori preparatlarni isteʼmol qiling. Davolash kursini oʻz ixtiyoringiz bilan toʻxtatmang, shifokor tavsiya etgan dorilar miqdorinioʻzgartirmang.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida

Surunkali  tomir yetishmovchiligi kasalligida tavsiya etilgan, asoson boldirga ogʻirlik tushadigan sport turlaridan - birinchi oʻrinda suzish, yurish, mayda qadamlar bilan yugurish turi bilan shugʻullaning.

Garmonli kontrasept qabul qilish, venoz patalogiyasini sunʼiy ravishda qoʻzgʻatishi mumkin. Bunday dori isteʼmol qiluvchi ayollar yarim yilda bir marta shifokor qabulida boʻlishlari shart.

Varikozi borlar esda saqlashi kerak boʻlgan 10 qoida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar