Xatto kattalarga ham qiziq boʻlgan yomgʻir toʻgʻrisidagi 15 nafar ajoyib maʼlumot

Biroq, shu bilan birga tabiatning bu hodisasi toʻgʻrisida nimalar maʼlumligini kamdan kam odamgina oʻylab koʻradi. Quyida yomgʻirga tegishli boʻlgan kamyob va juda qiziq faktlar keltirilgan.

Yomgʻir tomchilari ularning tushishiga qarab, asosan xarakat tezligi tufayli oʻzgaradi. Bu oʻz navbatida savol tugʻdiradi: yomgʻir tomchilar qanchalik tez xaрakatlanadi? Ularning tezligi soatiga 32 kilometrgacha chiqishi ham mumkin. Hamma tomchilar ham shunday yogʻmaydi, albatta. Ayrim tomchilar yerga soatiga 3 kilometr tezlikda, yaʼni piyoda yurgan odamning tezligidan ham pastroq tezlikda tushadi.

1966 yilning 7-8 yanvarida Reyunon orolidagi Fok-Fokda yogʻib oʻtgan yomgʻirday yomgʻirni koʻrish istagidagi odam dunyoda topilmasa kerak. Madagaskar orrolining qirgʻoqlariga yaqin boʻlgan bu orolda bir sutkada 182 santimetr yogʻingarchilik yogʻib oʻtgan.

Yomgʻir tomchisi qanday koʻrinishga ega? U oʻz hayotini bulutda soqqa koʻrinishida boshlaydi, ammo yerga tusha boshlashi bilanoq, gamburgerning ustki yarmini eslatuvchi shaklga ega boʻladi.

Hindistondagi Mausinramga tashrif etuvchilar oʻzlari bilan girdrokostyum olishlariga toʻgʻri keladi. Bu sayyoramizdagi eng namgarchilik koʻp joydir. Bu yerda har yili 1 186 santimetr yogʻingarchilik yogʻadi. Buning asosiy sababi shundaki, ushbu hududdagi bulutlar harakatiga Ximolay togʻlari toʻsqinlik qiladi.
Kolumbiyadagi Kibdo shahri esa – dunyodagi eng namgarchiligi koʻp shahar sanaladi. Bu yerda yiliga 900 santimetr yogʻingarchilik yogʻadi, yomgʻir esa bir yilda 300 kundan koʻproq yogʻib oʻtadi.

“Kuchli yomgʻir” iborasi juda boʻrttirilgan soʻzlar birikmasi, chunki yomgʻir tomchisining oʻrtacha ogʻirligi 0,2 grammga tengdir. Bu inson kiprigidan ham engil.

Bu “Evian” ichimlik suvi emas, albatta, ammo, yomgʻir suvini xaqiqatdan ham ichsa boʻladi. Albatta, shuni taʼkidlash lozimki, “osmon suvini” elektr uzatish liniyalari yoki tutayotgan zavodning oldida ichib boʻlmaydi.

Agar inson yomgʻir suvini ichish mumkin ekanligini bilsa, tabiiyki, uning tarkibida nimalar borligini bilgisi keladi. Aniqlanishicha, unda bakteriyalar, parazitlar, chang, iflosliklar, tutun va boshqa ximikatlar boʻlishi mumkin ekan. Shuning uchun ham, yomgʻir tomchilarini til bilan tutib olishga urinishdan oldin ikki barobar oʻylab koʻring.

Bu qandaydir shahar afsonasi emas. Hindular qabilalari (ayrimlari hozirga qadar) xaqiqatdan ham yomgʻirni chaqirish ilinjida maʼlum raqs marosimlarini oʻtkazadilar.

Darts oʻyini kabi bolalarning “Rain Rain Go Away” qoʻshigʻi ham Angliyada paydo boʻldi. XVI asrda, mamlakat Ispaniya bilan urush holatida boʻlganida ispan armadasi 1588 yilda Britaniyaga bostirib kira olmaganining sabablaridan biri dengizdagi yomgʻirli ob-havo boʻlganidir. Shu sababli oʻsha bolalar qoʻshigʻi paydo boʻlgan.

Yomgʻir, aralashtirilgan ichimlikka oʻxshashini kamdan kam odam biladi. U qor sifatida boshlanib, agar havo yetarlicha issiq boʻlsa erib yomgʻirga aylanadi. Shuningdek, gohida yomgʻir tomchilari erga tushishdan oldin muzlab qolishga ulgursa muzli yomgʻir, yaʼni doʻl ham yogʻib turadi.

Yomgʻir tomchilari erga urilganida oʻzlaridan hid chiqaradi. Bu hidni yoqimli deb boʻlmaydi. Koʻpchilik bu hidning oʻziga yarasha Petrikor degan nomi borligini bilmaydi ham.


Aslida, boshqa sayyoralarda ham yomgʻir yogʻadi, biroq u koʻpincha boshqa materiallardan tarkib topadi: olmoslar, oltingugurt kislotasi va toshlar.

Yomgʻir odatda sportga zarar yetkazadi, chunki oʻyin uchun maydonlarni sirgʻanchiq qilib tashlaydi va sportchilarni oʻyinda qatnashishlariga taʼsir koʻrsatadi. Ammo, sportning bir turi aynan yomgʻir tufayli paydo boʻlgan, degan guvohliklar ham bor. Darts – bu avvalo oʻyin, lekin ayrim tarihchilar uni Angliyada oʻrta asrlarda paydo boʻlgan, deb hisoblashadi.
Bunga sabab shu boʻlganki, oʻqchilarning tayyorgarlik paytlarida yomgʻir boshlib qolgan paytlarda, oʻqchilar pabga kirib, moʻljalga nayzachalarni otish yoʻli bilan oʻzlarining mahorati ustida ishlar edilar.

Momaqaldiroqlar butun Yer boʻylab chuda keng tarqalgan. Dunyoda yiliga 16 millionga yaqin momaqaldiroq sodib boʻladi va istagan paytingizda dunyoning qaysidir bir burchagida 2000 ga yaqin shunday tabiiy hodisa roʻy berayotgan boʻladi.

Balki koʻpchilik yomgʻirni yuboruvchi afsungarlar toʻgʻrisida eshitgandir, ammo shunday odam xaqiqatdan ham tarixda yashab oʻtgan. U 1915 yildagi quruqchilik paytida AQSHdagi San-Diego aholisiga yomgʻirni chaqira olishi toʻgʻrisida maʼlum qilgan. Charlz Xatfild havoda bir qator kimyoviy moddalardan suv zarralagan. Ularning tarkibiga nima kirganligi hamon nomaʼlum, ammo shundan keyin bir oy davomida tinmay yomgʻir yoqqan va natijada 50 taga yaqin odam haloq boʻlgan.
Yomgʻirning hammasi ham yerga etib kelavermaydi. Ayrim paytlarda u yerga yetib kelguniga qadar bugʻlanib ketadi. Bu hodisaning nomi fantom yomgʻiri deyiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



