Xitoy va xitoyliklar haqida qiziqarli maʼlumotlar


2200 yil avval Xitoyda oyoqda oʻynaladigan toʻp oʻyini paydo boʻlgan va u keyinchalik u Yevropaga yetib borib, futbol, deya nomlangan. Ilk futbol toʻpi teridan tayyorlangan boʻlib, ichi qushlarning patlari hamda ot sochlari bilan toʻldirilgan.

Avvalam bor, shuni aytib oʻtish kerakki, Xitoy va Yevropa mamlakatlaridagi Yangi yil boshqa-boshqa sanalarda nishonlanadi. Xitoyliklar hisobi boʻyicha Yangi yilning dastlabki kuni 21 yanvar bilan 20 fevral oraligʻidagi oy toʻlgan kunga toʻgʻri keladi. Shuning uchun bu kun yildan-yilga oʻzgarib ketaveradi. Xitoyda bunday Yangi yil 15 kun davomida nishonlanadi.

Xitoy egallangan maydon boʻyicha 4 chi oʻrinda turadi, temir yoʻllari ham butun mamlakatni qamrab olgan. Aslida Xitoy temir yoʻllari shunchalik uzunki, u bilan Yer atrofini ikki marotaba aylanib chiqish mumkin boʻlar edi.

Hech bir mamlakat Xitoychalik jadallik bilan oʻsmaydi. Xitoyda bir yilda 73 ta osmonoʻpar binolar qad koʻtaradi, bu har besh kunda bitta baland imorat quriladi, degani.

Shunga qaramay, Xitoyda kamida 95 mln. odam Facebook ijtimoiy tarmogʻidan foydalanadi, ular VPN servislari orqali blokirovkadan qutulib qolganlar. Xitoyliklarning boshqa bir qismi esa Facebookning oʻrniga ijtimoiy tarmoqni eslatuvchi turli xil saytlarni yaratdi.

Agar siz xitoy tilini oʻrganish – behuda ish, deb hisoblagan boʻlsangiz, fikringizni oʻzgartirganingiz maʼqul. Axir dunyo aholisining 20% ini xitoyliklar tashkil etadi, bu har beshinchi odam – xitoylik, degani.

Bu familiya egalari mamlakat aholisining 20% ni tashkil etadi. Demak, har beshta insondan bittasi Van, Li yoki Zan familiyaga ega. Xitoy aholisining soni salkam bir yarim milliardligini hisobga oladigan boʻlsak, bu juda katta koʻrsatgich.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



