Ilhom olish mumkin boʻlgan rahbar ayollar haqidagi 7 betakror film

Badavlat va muvaffaqiyatli biznes ledilar hayoti nimadan iborat? Balki omadli karyera,moʻmaygina daromad, hamkasblar orasidagi hurmat, doimiy raqobat va shiddali hayot tarzi dersiz? Ammo koʻp holatlarda ayollar katta muvaffaqiyatga erishib boʻlgach, hayotidagi eng kerakli narsa - oila ekanligi, oʻzi qanchalar kuchli boʻlmasin hamisha suyangan togʻ boʻlishga arzigulik turmush oʻrtoq va farzandlar haqida oʻylay boshlarkan. Demak bugun sizlarga muvaffaqiyatli ayollar haqidagi ajoyib filmlarni tavsiya qilamiz.
Oʻta taʼsirchan va iliq muhitga ega film boʻlib, undagi bosh rolni fransuz aktrisasi Sofi Marso ijro etgan. Bosh qahramon - katta yoshli va ajoyib karyera qila olgan ayol. U million yevrolik shartnomalar tuzadi, jiddiy hamkorliklarga rozilik bildiradi. Uning hayoti zamonaviy dunyo oʻlchovlariga koʻra behad ajoyib. Ammo oʻtmishning kutilmagan tuhfasi sababli hayotida allaqanday muhim narsani qoldirib ketayotgani haqida oʻyga toladi. Аna shunday paytlarda 7 yoshlik paytlari oʻzi yozgan maktubni topib oladi, ushbu maktabda uning bolalik orzulari keltirilgandi. Shu tariqa ayol hayotini tubdan oʻzgartirishga kirishadi.

Bundan salkam 10 yil avval ekranlarga chiqqan film chin maʼnoda klassikaga aylanib ulgurdi. Ushbu asar aktrisa Meril Strip ijodidagi betakror namunalardan biri boʻlib qoldi.
Bosh qahramon Miranda Pristli - oʻta nufuzli moda jurnali "Podium"ning bosh muharriri, juda talabchan va injiq ayol. Unga tik boqishga ham birov botinolmaydi.
Ayol oʻz xodimlariga nisbatan behad talabchan, ularning xato qilishlarini hech qachon kechirmaydi. Ana shunday kunlarning birida tahririyatga Andrea ismli qiz qiladi va Mirandaga hayotning boshqa tomonini koʻrish uchun yordam beradi. Shu tariqa rahbar ayolning qalbida oʻz ojizliklari va shaxsiy muammolariga ega boʻlgan oddiy odam borligi maʼlum boʻlib qoladi.

Eldar Ryazanovning lirik komediyasi sevimli filmlaringiz qatoridan allaqachon joy olib boʻlgani aniq. Filmdagi mashhur jumlalar esa iqtibos koʻrinishida hamon ishlatib kelinadi. Filmdagi voqealar sovet ishchisi Novoselsevning eski tanishi bilan koʻrishib qolish sahnasidan boshlanadi. Erkak unga ishdagi mansabini koʻtarish uchun ayyorona yoʻldan borishi kerakligi, aniqrogʻi hali turmush qurmagan rahbar ayolning muhabbatigа sazovor boʻlishi kerakligi haqida aytadi. Lyudmila Prokofevna esa uncha-munchasiga boʻyin egmaydigan, qattiqqoʻl rahbar, bir qarashda unga muhabbat izxor etishning ham oʻzi boʻlmasligi aniq edi. Ammo sofhis-tuygʻular jiddiy ayol qalbida ham goʻzal va sevimli boʻlish istagidagi ojiza bor ekanligini koʻrsatib beradi.

Quvnoq sergʻayrat va oʻta ajoyib film. Qahramon Melissa MakKarti - omadli ayol, ammo kutilmagan bir paytda uning kompaniyasi inqirozga uchraydi, ayolning oʻzi esa iqtisodiy tovlamachilikda ayblanib qamoqqa tushib qoladi.
Ozodlikka chiqqan ayol biznes tushunchasini ortda qoldirib, olgʻa intilish va qaytadan hurmat qozonish fikriga keladi. Sobiq xodimining yordami sababli boshpanaga ega boʻladi, oqibatda uning hayotiga katta taʼsir koʻrsatgan oilaga ham ega chiqadi. Ushbu yorqin kartina oddiy bir hayot haqiqati - hech qachon kurashdan chekinmaslik haqida hikoya qiladi.

Betakror Meril Strip ijrosidagi yana bir ajoyib film. Kinotasma siyosat va ayol tushunchasining bir-biriga bogʻliq emasligi haqidagi fikrni yengib oʻta olgan mashhur inson haqida hikoya qiladi. Bilasizki, Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning premer-ministr lavozimini egallagan ilk ayol kishi edi. U odamlar qalbida oʻziga nisbatan nafaqat hurmat, balki muhabbat ham paydo qila oldi.
Meril Stripning ushbu filmdagi ishi juda yuqori baholangan boʻlib, uni oddiy tomoshabinlar bilan bir qatorda professional tanqidchilar ham olqishlaganlar. Shu tariqa film Meril xonimga "Eng yaxshi aktrisa"sifatida Oskar hamda "Oltin globus" mukofotlarini olib keldi.

Djuls Ostin hali yosh boʻlishiga qaramasdan omadli biznes ledi boʻlishning uddasidan chiqqan. U internet savdosi bilan shugʻullanuvchi katta bir kompaniyani boshqaradi, oʻz vazifasini aʼlo darajada uddalaydi ham. Uning biznesi gullab-yashnamoqda, rahbariyat esa odatiy ishlashga koʻmaklashish uchun bir nechta amaliyotchi yollashga qaror qiladi. Ularning biri esa kompaniyaga koʻngilli sifatida kelgan 70 yoshli Ben edi. Optimistik kayifiyatga ega boʻlgan nafaqaxoʻr ishlash va yangilik qilish ishtiyoqi bilan yonardi.
Kutilmagan bir paytda Djuls va Ben orasida ishonchli doʻstlik paydo boʻladi, bu esa ularning har ikkisiga ham hayotdagi muhim narsalarni oʻrganish uchun yordam beradi.

Ayollarga zamonaviy hayotga barcha narsaga ulgurish juda katta muammo: professional sohada rivojlanish, bolalarni ulgʻaytirish, uy-roʻzgʻor ishlariga ulgurish, turmush oʻrtogʻini ham eʼtiborsiz qoldirmaslik va hokazo.
Ushbu ishlarning barchasini uddaburonlik bilan bajara oladigan ayollarga esa odatda havas koʻzi bilan qaraymiz. Shu onda hayolingizda faqat bitta savol aylansa kerak: "Bu ishlarni qanday uddalay olyapti?". Film qahramoni Sara Jessika Parker fond menedjeri va ikki nafar farzandning onasi. Ayol uzoq vaqt davomida karyera va oilaviy masalalar borasidagi muvozanatni topa olmaydi. Sutkadagi soatlar miqdori cheklangan, shu sababli istalgan vaqtda ularning birini ikkinchisidan ustun qoʻyishga ham toʻgʻri keladi. Balki bu borada qurbonliklar ham berilar... Yoʻqsa, yana bir bor tavakkal qilib, mukammal ayol obraziga moslashish kerakmikin? Qahramonning hayoti oila va karyera orasidagi muvozanatni topish mazusiga bagʻishlanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



