Qiziqarli

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Burger King gazakxonalaritarmogʻi tarixi 1954 yilda AQSHda boshlangan. Birinchi restoran ochilganidan keyin Burger King gazakxonalari butun dunyo boʻylab tarqala boshladi. Navbat Avstraliyaga yetganda, kompaniya rahbariyati u yerda allaqachon bunday brend borligini aniqladi. Shu uchun aynan avstraliyaliklar uchun brend nomini Hungry Jack’s ga almashtirishga toʻgʻri keldi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Unilever kompaniyasining Axe nomli brendi Fransiyada paydo boʻldi, lekin koʻpgina mamlakatlarda bu nom boshqa tovarlar ostida band edi. Ingliz tilidan bu soʻz oʻzi “bolta” deb tarjima qilinadi. Xoʻsh kim oʻzining qoʻltiq ostini bolta bilan sepishni xohlardi? Shu sababli, parfyumeriyani Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Xitoyda sotish uchun brendni Lynx ga qayta nomlashdi, va bu soʻz lotin tilidan “silovsin” deb tarjima qilinadi. 

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Ispan farmasevti Isaak Karasso Danone brendiga asos soldi, va u bu nomni oilada Danon deb chaqiruluvchi  oʻgʻli Danielga atab qoʻydi. Lekin AQSHda xuddi oʻsha yogurtlar Dannon deb ataladi, va bu xato emas: gap shundaki, eng birinchi atamani amerikaliklar ikki soʻzga boʻlib, “dan” va “one” (“denuan”) deb atashardi. Aynan shu uchun kompaniya rahbariyati amerika bozori uchun, xaridorlarga uni atash qulay boʻlishi uchun brendni qayta nomlashga qarorqilishdi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Rexona brendi xuddi Axe kabiUnilever korporatsiyasiga tegishli. Ishlab chiqaruvchi uni har xil mamlakatlarda uni turlicha atashga qaror qildi. Shuning uchun Britaniyaliklar uni Sure deb, amerikaliklar – Degree deb, yaponiyaliklar – Rexena deb, Afrikaliklar – Shield deb atashadi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Mr. Clean brendi Rossiyada Mr.Proper nomi ostida mashhur boʻlib, - u atamalar soni boʻyicha haqiqiy rekordsmendir. Deyarli har bir yirik bozorda uning oʻz nomi bor. Boshqa atamalari – Mr. Clean (AQSh, Kanada), Meister Proper (Germaniya), Mosieur Propre (Fransiya), Maestro Limpio (Meksika va Lotin Amerika mamlakatlari), Mastro Lindo (Italiya). Buyuk Britaniya va Irlandiyada bu hech qanaqa misteremas, shunchaki Flash (“chaqmoq”) dir.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Procter & Gamble korporatsiyasi 1955 yildan beri Crest nomli tish pastasini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. U Blend-a-med deb faqat Rossiya, Polsha, Bolgariya, Ukraina, Germaniya vaboshqa bir necha mamlakatlarda ataladi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Dove shokoladi butun dunyo boʻylab sotiladi, lekin britaniyaliklar, hindular va misrliklar uni Galaxy sifatida bilishadi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Batonchikning ilk nomi –Raider, uni ishlab chiqarish 1967 yilda Buyuk Britaniyada boshlandi. 12 yildan soʻng mahsulot amerika bozorida Twix nomi ostida paydo boʻldi, ammo haligacha koʻpgina Evropa mamlakatlari doʻkonlarida uni Reider nomlisini uchratish mumkin.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar

Lays chipslari Britaniya bozorida1948 yilda paydo boʻldi. Lay’s brendi ostida chipslarni ishlab chiqaruvchi Pepsi-Co. korporatsiyasi 1989 yilda Walkersni sotib oldi. Mana shu birikish natijasida britaniya chipslari oʻrami dizaynini oʻzgartirdi, ammo eski nomini saqlab qoldi.

Xorijda umuman boshqacha nomlanadigan mashhur brendlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar