Qiziqarli

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

Bunday qoʻlda tayyorlangan tabriknomani  yaratish uchun sizga bir parcha karton va rangli qogʻoz kerak boʻladi. Ranglarni tanlayotganda diqqatli boʻlin, ranglar bir biriga singib ketmasin va shu jumladan yaqqol ajralib turmasin ham. Bundan tashqari sizga ikki tomonlama skotch yoki yelim, flomaster, ip, qaychi va rangli matolar (bezak uchun) kerak boʻladi. Koʻrib turganingizdek kerak boʻluvchi narsalar juda oddiy va arzondir.

Tabriknoma uchun kerakli materiallar: rangli karton, gofrirovka qilingan qogʻoz, yelim, qaychi, bezatish uchun bezak (munchoq,  yaltiroq, tasma) . 

 1-qadam.  Tabriknoma asosini yaratish uchun kartondan foydalaning. Uni teng yarmidan buklang. Aynan shu jarayonda biz taklifnoma shakli qanday boʻlishi va u qanday ochilishini tanlab olishimiz kerak.

 2-qadam Archa joyini tanlang va qalam bilan belgilab oling. 

3-qadam.Yashil rangli gofrirovka qilingan qogʻozdan turli kattalikdagi toʻrtburchaklar kesib oling.

4-qadam Archa boʻlaklarini  kartonga yopishtiring.Tayyor boʻlgan archani oʻzimiz sevgan narsalar bilan bezatamiz: tugma, munchoq, kartondan kesilgan rangli dumaloqchalar bilan. 

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

Kerak boʻladi: qalin rangli qogʻoz yoki rangli karton, daftarcha yoki oʻralgan qogʻoz, yelim, qalam, bezatish uchun bezaklar

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

1-qadam. Biz  tabriknoma asosida daraxtimiz joylashadigan joyni belgilaymiz. Keyin, oʻralgan qogʻozdan har xil uzunlikdagi toʻrtburchaklar kesib olamiz

2-qadam. Qalam yoki flomasterdan  foydalanib, toʻrtburchaklarni naychalarga bogʻlang va lenta yoki yelim bilan mahkamlang.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

3-qadam Naychalarni ketma-ketlikda yopishtiring, shunda archa tayyor boʻladi. Uni karton asosiga yopishtiring.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

4-qadam Archa daraxtini yordamchi bezaklar bilan fontaziyani ishlatgan holda bezatib chiqamiz.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

Tabriknoma uchun kerakli narsalar: rangli qogʻoz, rangli karton (tabriknoma asosi uchun),yelim, bezaklar.

1-qadam Archa daraxti uchun qogʻoz va asos uchun karton tanlang. Ular bir-biriga mos tushishi kerak.

2-qadam Rangli qogʻozdan kvadrat shaklchalar kesib oling. Suratda koʻrsatganimiz kabi taxlang.  Kvadratlar har hil kattalikda boʻlishi kerak.  Sxemadagi kabi birlashtiring va archa shakliga ega boʻlasiz.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!
Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!
Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

3-qadam  Kartondan archa joylashtirishni moʻljallayotgan joyingizni belgilab oling. Soʻngra barcha detallarni kattasidan boshlab pasdan yuqoriga yopishtirib oling.

4-qadam. Archani va taklifnomani fantaziyangizni ishga solgan holda bezating. 

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

Kerak boʻladi: karton istalgan rangdagi, qaychi, yelim, rangli tasmalar, bezak qogʻozi (yoki boʻlmasa jurnallardan foydalanishingiz mumkin).

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

1-qadam Rangli kartondan  asos yaratamiz. Garizontal yoki vertikal ochilishiga qarab kartonni buklab olamiz.  

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

2-qadam rangliqogʻozdan, jigarrangdan archaning ustun qismini kesib oling.

3-qadam Kartondan daraxtni joylashtirmoqchi boʻlgan joyingizni belgilab ustunni yopishtiring.

4-qadam Qogʻozdan (yoki tasmalardan) har hil uzunlikdagi boʻlaklarni kesib oling. Ustundan tepaga qarab boʻlaklarni yopishtiring. 

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

5-qadam Fantaziyaga qarab archani va tabriknomaning boʻsh joylarini bezatishingiz mumkin.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

3D tabriknoma

Kerakli buyumlar:  karton, qaychi, qogʻoz, yelim, flomaster  yoki rangli qalamlar, taklifnomanibezash uchun materiallar.

1-qadam Kerakli rang va oʻlchamdagi kartonni tanlab oling. Oʻrtasidan buklang.

Rangli qogʻozni olin  va har tomonidan ozgina kesing. Shunda u asosdan kichikroq boʻladi. Uni ikkiga buklang.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

2-qadam. Uch qavatli sovgʻa  shaklini buklangan qogʻozga chizib oling.

Yangi yil tabriknomalarini oʻzingiz yasang: Oddiy va juda original!

3-qadam Qogʻozni karton ichiga yopishtiring.  Sovgʻa bundan mustasno, biz butun yuzani yopishtiramiz.

4-qadam Rangni flomaster  yoki qalam bilan sovgʻani boʻyang,  tasma va bantikni chizib oling. Agar xohlasangiz, haqiqiy tasma yopishtiring. Taklifnomaning yakuniy bezaklarini esa fontaziyangizga koʻra bezatib chiqing. Uyingizda mavjud boʻlgan har qanday narsa bilan tabriknoma yasay olasiz faqat eng asosiysi fontaziyani ishga solsangiz  bas!

Biz esa kirib kelayotgan yangi yil bilan sizni tabrilaymiz!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar