Foydali

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Muhimi, yilning asosiy oqshomi davomida chiroyli qiyofada boʻlishingiz kerak. Bu kun kun oʻtgan yildan qolib ketgan va urfdan chiqqan liboslar kiyishni tavsiya qilmaysiz. Hech boʻlmasa bitta yangi libos harid qilib, uni turli aksessuarlar bilan bezang. Yangi yilni qanday uslubdagi libos va qiyofada kutib olgan maʼqul? Bizning bugungi maslahatlarimiz aynan shu haqida. 

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Oltin toʻngʻiz yilini tillarang, qum rangidagi, limonrang, xantal va sariq rangdagi liboslar bilan kutib olgan maʼqul. Bu turdagi ranglar kirib kelayotgan yil timsoli boʻlmish toʻngʻizga xush yoqadi. U jigarrang,yashil va kulrangsimon buyumlar ishqibozi, bu turdagi ranglar yer va tabiat asosini ham anglatadi, albatta. Shundan kelib chiqib, liboslaringiz va pardoz uchun asosiy ranglarni ham tanlab olish mumkin. Ranglar imkon qadar yorqin boʻlishi kerak. Agar sizga yashil rangli liboslar yarashmasa, terrakota rangidagi libosni tillarang aksessuar hamda taqinchoqlar bilan uygʻunlashtiring.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Bundan tashqari metallik rangdagi koʻylak harid qilsangiz ham boʻladi. Unutmang, bu yilni kutib olish uchun oddiy liboslar tanlash yaramaydi, qiyofangiz imkon qadar hashamatli va bayramona koʻrinishda boʻlishi kerak.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

 Bayramga nima kiyish mumkin: zamonaviy tendensiyalar

Sariq rangli va shaffof yubka qismiga ega, keng yenglar bilan tikib chiqilgan libos sizni bayramning bosh qahramoniga aylantiradi. Ammo libosdagi asosiy urgʻu uning faqatgina bir qismiga qaratilgan boʻlishi kerak. Klassika sanalmish qora rangli kalta koʻylakni ham hech kim rad etmoqchi emas -biroq uni ham tillarang aksessuarlar, piston hamda yorqin bezaklar bilan yasatishingiz darkor. Jozibador boʻlishni istasangiz uzunligini toʻpiqqacha boʻlgan va boʻyin qismi bezatilgan koʻylak harid qiling.

Koʻp qavatli va gʻijim koʻrinishdagi yubka yaratilayotgan qiyofaga oʻziga hoslik bera oladi. Bu turdagi liboslar toʻr tasma hamda shokilalar bilan bezatilgan boʻlishi mumkin. Shokilalar 2019 yilda urfga kirishi kutilmoqda, shunday ekan yangi yil oqshomi qiyofasi uchun ham ushbu elementdan ikkilanmay foydalaning.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Bayram uchun kombinezon kiymoqchi boʻlsangiz uning naqshinkor yoki gulli turidan tanlang, bu qiyofangizga tantanavor koʻrinish beradi. Kostyum turli pistonlar, toʻr tasmalar, shaffof bezaklar va bantiklar bilan bezatilgan boʻlsa undan ham yaxshi.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Assimetriya urfga kirmoqda! Shunday ekan tantana  uchun bir yelkali kofta yoki erkin bichimdagi bluza tanlashingiz ham mumkin. Bu sizni oqshom yulduziga aylantiradi. Bundan tashqari yaltiroq detalli tunikalarga ham diqqat qarating, zero ular ayni paytda stilistlar tomonidan tobora ommalashtirilmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Endi esa matolar masalasi haqida ikki ogʻiz. Javonni ochishingiz bilan birinchi boʻlib koʻzingiz tushadigan jinsi liboslarni bir chetga olib qoʻying, ularni faqatgina kundalik libos sifatida kiyish mumkin.Yangi yil oqshomi uchun shoyi, shifon va toʻr matolaridan tikilgan libos tanlash tavsiya etiladi. Libosga qoʻshimcha tarzda pistonli klatch yoki tillarang koʻrinishdagi sumka ilova qilishingiz mumkin.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Ranglar borasida erkaklar uchun tanlov imkoniyati juda keng. Ammo bayram oqshomi uchun tanlangan libos jigarrang, kulrang, qora boʻlgani maʼqul. 2019 yilni qarshi olish uchun toʻq bordo ranglidagi libos kiyishingiz ham mumkin. 

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Bayram uchun tanlangan erkaklar libosi oskin ranglarda boʻlsa uni yorqin elementlar bilan boyitishga harakat qiling. Yorqin rangli koʻylak, naqshinkor galstuk yoki "kapalak" boʻyinbogʻi - bu borada ayni muddaodir. Ayol va erkak libosi bir hil ranglar gammasida tanlangan boʻlsa undan yaxshisi yoʻq. 

Norasmiy koʻrinishdagi, kichik bayram dasturxoni uchun yengil jemper yoki tillarang tusdagi pidjak bilan kifoyalanishingiz ham mumkin. Agar erkaklar bayram oqshomida ham jinsi shim kiyishni lozim deb topsalar, klassik bichimlarga diqqat qaratish tavsiya etiladi. 

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Bu borada asosiy qoidani yodda tuting - tanlagan poyabzalingiz eng avvalo qulay boʻlishi kerak. U butun bazm davomida qulay ravishda harakatlanishingizni taʼminlab berishi lozim. Ingichka poshnali tufli borasida ham hech qanday cheklovlar mavjud emas, muhimi u siz uchun qulay boʻlsa bas.

2019 yilni kutib olish paytida jigarrang va tillarang poyabzallarga diqqat qaratganingiz maʼqul. Bayram uyda, oila davrasida nishonlanayotgan boʻlsa ham tantana paytida shippak kiyib yurishdan saqlaning. Oltin toʻngʻiz bayramona qiyofaga hafsalasizlik bilan yondoshgan insonlardan ranjishi mumkin.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Did bilan tanlangan va amalga oshirilgan pardoz bayramona qiyofasining muhim qismidir. 2019 yilda pardoz turlarida oʻziga hoslik sezilib turishi kerak. Pardozingizni yaltiroq boʻyoqlar, tillarang tenlar va metallik rangdagi bezaklar bilan boyitishingiz mumkin.

Grafik chiziqlar (strelka) va smoki-ays uslubidagi pardoz hamon urfda boʻlib turibdi. Bayram pardozi uchun rangli tushlardan foydalanmang, bu borada klassik tanlov -qora rangli boʻyoq bilan cheklanganingiz maʼqul. Pardoz ustalari mazkur yilni kutib olish uchun hashamatli pardoz turlariga eʼtibor qaratishni tavsiya etmoqdalar.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Pardoz jarayonida teringizning mukammal darajada koʻrinishiga ham ahamiyat bering. 

Aytganday, bayram uchun "pardozsiz koʻrinuvchi"pardoz qilish usullaridan ham foydalsangiz boʻladi. Bu sodda uslubni xush koʻruvchilar uchun ayni muddao. 

Yangi yil bayrami pardozi imkon qadar uzoqroq turishi kerakligini ham hisobga oling. Yoʻqsa, mehmonlar qarshisida pardozingizni yangilab olish uchun imkon boʻlmay qoladi. Shu sababdan bayram uchun foydalanmoqchi boʻlgan pardoz vositalaringizni avvaldan sinab koʻring. 

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?

Bayram uchun oʻzida tabiat ranglarini aks ettirgan tirnoq bezaklari mos keladi. Bundan tashqari tirnoqlarni tillarang tusga ham boʻyashingiz mumkin. Yaltiroq frenchli och jigarrang lak yoki och pushtirang boʻyoq hamda strazlar uygʻunligi ajoyib koʻrinish hosil qiladi.

Istakka koʻra kumushrang lak boʻyoqlaridan ham foydalanib koʻrishingiz mumkin.

Agar quvnoq insonlar sirasiga kirsangiz, tirnoqlaringizga archa, qorbobo yoki bayram timsollari tasvirini tushirib olsangiz ham boʻladi. Ammo bu borada oʻta ehtiyotkor boʻlishingiz kerak, tirnoq bezaklari bolalarga hos koʻrinish paydo qilmasligi lozim. Shu sababli omadli natijaga ishonchingiz boʻlmasa, klassik yechimlar bilan cheklaning. Bundan tashqari tirnoqlar ustida kichik yulduzchalar va grafik naqshlar tasvirini ham hosil qilish mumkin.

Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
Yangi yilga tayyorgarlik koʻramiz: 2019 yilni qanday koʻrinishdagi libos bilan kutib olish tavsiya etiladi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar