Qiziqarli

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Nissan Motor Co. kompaniyasi ProPilot Park Ryokan kelgan mehmonlarning foydalanishlari uchun mehmonxona kirish yoʻlagi oldiga kelib toʻhtab turadigan shippaklar tizimini ishlab chiqardi.

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Mehmonlar shippaklardan foydalanishni toʻhtatganlarida, shippaklar dastlabki holatiga qaytadi. Har bir shippakcha ikki dona mitti gʻildirakcha, dvigatel va datchikka ega. Mehmonxona ichidagi yogʻoch poldan yurib borishi uchun Nissan ProPilot Park texnologiyasining soddalashtirilgan shaklidan foydalanilgan.

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Xuddi shunday texnik xususiyatlarni Nissan Leaf car elektromobilida ham uchratish mumkin. Yuqori texnologiyali datchiklar va kameralar transport vositasiga haydovchidan signal olmasdan ham toʻxtash joyiga xavfsiz qaytish imkonini yaratadi. Yuqori tasvir sifatiga ega toʻrtta kamera tasvirni real vaqtda qayta ishlaydi, tovush tanish uchun 12 dona datchik esa avtomobilni atrofidagi vaziyatni baholaydi.

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Zarurat paydo boʻlganida haydovchilar tormozlardan foydalanishlari mumkin, lekin toʻxtab turish joyiga kelganida ProPilot Park tizimi akselerator, tormozlash jarayoni va rul boshqarishni nazorat qiladi. Xuddi shu singari shovqinsiz Tesla S modelining farqi shundaki, haydovchilar toʻxtab turish joyga kelganida avtomobilni toʻla joylashtirib olish davri mobaynida bosib ushlab turiladigan tugmachani barmoq bilan bosish orqali tizimni faollashtiradi. Tugmachadan barmoq olinsa avtomobil darhol toʻhtab qoladi.

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

“Oʻzi yura oladigan shippaklar boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi va ulardan boshqarishga tegishli boʻlmagan potensial foydalanish bilan tanishtirish uchun moʻljallangan” - deya bayonot berdi Nissan ning vakili Nik Maksfild (Nick Maxfield).

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Tokiodan janubiy-gʻarbiy tomonga chamasi 75 km uzoqlikda joylashgan Xakone (Hakone) shahridagi mehmonxona xozirgi paytda Fudzi togʻining ajoyib manzaralarini taʼminlab berishi bilan mashhur. Shunga qaramay, Nissan mart oyida ishlab chiqarishni moʻljallagan yangi, oʻzini oʻzi boshqara oladigan shippaklar, yuqori texnologiyaga ega uyning asosiy diqqatga sazovor narsasi boʻlib qolishi kutilmoqda.

Yaponiyada oʻzi harakatlana oladigan ajoyib shippaklar yaratildi

Avtomatlashtirilgan shippaklarga qoʻshimcha ravishda mehmonxona nomerlari tatami, pol yostiqlari va anʼanaviy xontaxtalar bilan jihozlangan. Ular ham ishlatilib boʻlinganidan keyin oʻz joylariga qaytish xususiyatiga ega.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar