Yoshimizga yosh qoʻshuvchi garderobdagi 10 buyum

Koʻzingiz oldida paydo boʻlgan "eskirmaydigan klassika", "nafislik bilan uygʻun " va "Coco Chanel"ning tasviri sizni chalgʻitmasin. Oppoq marvaridlardan taxlangan marjon yoshingizni 2 – 3 yilga kattaroq qilib koʻrsatadi ( ayniqsa kunduz kunlari).

Juda ehtiyotkor boʻling. Haki , kulrang –yashil, bodomrang, zaytunrang va sargʻish jigarrang tuslar hammaga ham koʻrk beravermaydi. Koʻpincha sanab oʻtgan ranglarimiz yuzga nosogʻlom koʻrinish beradi. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, bu ranglar koʻz ostidagi halqachalarga va yuzdagi ajinlarga alohiga urgʻu berib qoʻyadi.

Yaltiroq ilon, jozibador leopard, oʻpich va lab printlari – oʻta keskin holatlar. Albatta, bugungi kunda printni "sanʼat" deya atay olamiz. Lekin libos tanlashdan avval hozirgi kundagi kolleksiyalar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. “ Bozor ” uslubi yosh qizni ham katta yoshli ayolga aylantirishi hech gap emas.

Sizning taqinchogʻingiz qimmatbaho boʻladimi yoki oddiy zargarlik buyumimi, obrazingizda ikkitadan ortiq bir turdagi taqinchoq – jamlanma hisoblanadi. Agar taqinchoqlaringiz katta koʻrinishga ega boʻlsa unday holatda ularning biridan kechganingiz maqulroq.

Gipyurli kofta , ipak matoli koʻylak, tveddan tikilgan kostyum, parcha yoki jakkard sotib olishdan oldin diqqat bilan oʻylab koʻring. Barcha qoidalarda istisno mavjud, lekin bu matolar keksa ayollar uchun ayni muddao desak adashmaymiz.

Ushbi aksiyoma shu qadar eskirganki, oxir-oqibatda didsiz qiyofaga aylangan. Ranglar, materiallar va uslublarning kombinatsiyalarini tanlashda koʻrsatgan tashabbus va tasavvurlaringiz qanchalik yaxshi boʻlsa nur ustiga aʼlo nur.

Koʻzoynak sizni zamonaviy koʻrsatmasligi mumkin, lekin oʻzingizni ifoda etish imkoniyatini taqdim qiladi. Hatto mukammal koʻrishga ega boʻlgan omadli kishilarda ham bundan mustasno emaslar. Siz haqiqatan ham oʻqituvchi boʻlib ishlasangiz, unda mashhur komediyadagi Kameron Diazning qahramoni sifatida namoyon boʻlishga rozi boʻlasizmi?

Baʼzan qulaylik va moda oʻrtasidagi munosabatlarda murosaga yoʻl qoʻyilmasligi mumkin. Shunchaki quloqli bosh kiyimlardan, keng qayrilmali qalpoqlardan, tuvak shaklini eslatuvchi qalpoqlardan (ayniqsa gul bilan boʻlsa) voz keching.

Bu borada faqat ikkita chegara bor: sizga kichik boʻlib qolgan kiyimlar yoki qop shaklidagi keng liboslar.
Birinchisi tor, noqulay boʻladi va allaqachon sizga togʻri kelmasligini koʻrsatib turadi. Ikkinchisi (gʻayrioddiy oʻlchamda boʻlmasa) bir necha santimetr oʻsishni oladi va faqat siz yashirishni rejalashtirayotgan narsani taʼkidlaydi.

Shunday narsalar boladiki, huddi “buvilar sandigʻi” dan olingan kabi tassurot uygʻotadi va uni “vintaj” deya atay olasiz. Ular siz uchun qadrdon boʻlishi mumkin. Lekin oʻtgan yillarning barcha eskirib qolgan modellarini tashlab yuborishni hohlamasangiz garderobdan alohida olib qoʻygan yaxshiroq.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



