Qiziqarli

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Forbes jurnali chop etgan maʼlumotlarga koʻra sayyoramizdagi eng badavlat monarxlar reytingida 7-chi oʻrinni egallaydigan Qirolicha Beatriks oʻz oʻgʻliga nafaqat unvon va taxtni, balki kattagina boylini ham qoldiradi. Qarshingizga sayyoramizning eng badavlat monarxlari roʻyxatini taqdim etamiz.

Boshqaruvni 1952 yilda boshlagan

Boyligi £60 mlrd (deyarli $94,42 mlrd)

Britaniya qirolichasining boyligi xisoblanganida davlat mulki deb xisoblanadigan noyob obyektlarning qiymati hisobga olinmagan . Biroq monarx oilasining mulki xisobidagi Kensington va Bukingem saroylari, Vindzor qalʼasi, Xolirud saroyi, Sent-Djeyms saroyi va boshqa koʻchmas mulklar, shuningdek, sanʼat asarlarining qirollik kolleksiyasi xisobga olinadigan boʻlsa, Yelizaveta II bu borada reytingning birinchi oʻrnida turadi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqaruvni 2005-chi yilda boshlagan

Boyligi £40 mlrd (deyarli $62,95 mlrd)

Saudiya Arabistoni qirol molu bisotining asosiy qismini davlatga bir kunda oʻrtacha 1 milliard AQSH dollari miqdorida foyda keltiradigan neft tashkil qiladi. Bundan tashqari monarxning mulki xisobida arab chopqir otlaridan tashkil topgan ulkan otxona va aksariyati antikvar hamda eksklyuziv avtomobillardan iborat garaj ham bor.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqaruvni v 2004 yilda boshlagan

Boyligi £30 mlrd (deyarli $47,21 mlrd)

Bir vaqtning oʻzida Birlashgan Arab Amirliklarining amaldagi Prezidenti boʻlgan Abu-Dabi shayxi ham neft tufayli badavlat insonlar qatoriga kirgan. Buning taajublanarli joyi yoʻq: BAA neftining deyarli 80% zahiralari Abu-Dabi amirligida jamlangan.

Bundan tashyari, Shayx Xalifa ibn Zayd al-Naxayyan oʻz mablagʻlarini jahon iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sarmoya qilib kiritadi, bu esa unga yaxshigina foyda keltiradi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 2006 yilda boshlagan

Boyligi £25 mlrd (deyarli $39,34 mlrd)

Xozirgi paytda Shayx Muxammad BAAning bosh vaziri hamdir. U dunyodagi eng yirik va qimmatbaho otxonalardan biriga egalik qiladi. Dubay amiri boyligining salmoqli qismi uning amirligida jamlangan neft zahiralari tufaylidir. Bundan tashqari, uning jahon iqtisodiyotining turli tarmoqlariga yoʻnaltirilgan sarmoyalari ham yaxshigina daromad keltiradi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 1967 yilda boshlagan

Boyligi £24 mlrd (deyarli $37,77 mlrd)

Bruney sultonining eng taniqli bisoti (mamlakatda qazib olinadigan neftdan tashqari) 3-6 ming mashinadan iborat avtomobillar kolleksiyasidir. Ushbu avtomobillarning koʻpchiligi cheklangan miqdorda yoki yagona nusxada ishlab chiqarilgan.

Butun dunyoga sultonning "Istana Nurul Iman" ("Yorugʻlik saroyi") saroyi ham yaxshi maʼlum. Saroy maydoni 200 ming kv. metrdan ortiq va 1788 yashash xondonlari , shuningdek 257 vanna xonalari mavjud.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 1980 yilda boshlagan

Boyligi £10 mlrd (deyarli $15,74 mlrd)

Qirolicha Beatriksning boyligi Royal Dutch Shell kompaniyasi aktsiyalaridagi qirollik ulushi (25 foiz atrofida)ning zargarlik buyumlari va sanʼat asarlari kollektsiyalarining qiymatini xisobga olmagan holda anʼanaviy tarzda 300 millionov AQSH dollariga baholanadi.

Lekin shu boyliklarning hammasi xisobga olinsa Niderland qirolichasining jamuljam boyligi oʻn barobar katta sonni tashkil etadi va bu qirolichani hozirgi zamonning oʻn nafar eng badavlat monarxlaridan biri sifatida namoyon qiladi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 2006 yilda boshlagan

Boyligi £9 mlrd (deyarli $14,17 mlrd)

Quvayt monarxi neft sotuvidan keladigan daromadining har yillik ulushi 188 million AQSH dollariga teng. Bu uning boyligining asosi boʻladi.

Biroq, shayx Sabah, neft zahiralari qachonlardir tugashini juda yaxshi anglaydi va shuning uchun ham mamlakat neftdan keyingi davrga tayyor boʻlishiga xozirdan qadam tashlayapti: u yerlarni xususiylashtirish qoidalarini soddalashtirib chet el investitsiyalarini jalb qiladigan, sharoitlarni yengillashtiradigan iqtisodiy islohotlar tashabbusining muallifi hamdir.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 1995 yilda boshlagan

Boyligi £7 mlrd (deyarli $11,02 mlrd)

Ehtiyotsizlik bilan Shveytsariyaga dam olish uchun ketgan oʻz otasini taxtdan agʻdarish natijasida xokimiyatga kelgan shayx Xamad taraqqiyparvar yetakchi sifatida tanilgan: uning boshqaruvi davrida Qatar mintaqadagi ayollarga saylash huquqi berilgan birinchi mamlakatga aylandi.

Qatar amiri neft va gaz qazib olish tarmogʻini isloh qildi, eng yirik xorijiy qazib olish kompaniyalaridan mamlakatga sarmoyalar jalb qilish uchun yoʻl ochib bergan benuqson sharoitlarni yaratdi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 1970 yilda boshladi

Boyligi £6 mlrd (deyarli $9,44 mlrd)

Qobus bin Said Albusaid Ummon imomligi va Maskat sultonligini birlashtirib yakka davlatni tashkil qildi. Ummon sultoni shu mintaqaning boshqa monarxlari kabi “neft” boyligiga ega. Bundan tashqari, u 1972 yilda qurilgan Qasr al-Alam va Ummon xarbiy dengiz kuchlari yaxtalar divizioniga kiritilgan bir necha yaxtalarga egalik qiladi.Ulardan biri – 155 metrli “Al-Said” yaxtasidir.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 1989 yilda boshlagan

Boyligi £4 mlrd (deyarli $6,29)

Alp togʻlaridagi kichikina davlatni boshqarayotgan knyaz boyligining asosiy manbayi LGT oilaviy bankidir. Bundan tashqari, Lixtenshteynning hozirgi monarxi Venada bir necha XVII asr saroylariga, knyaz oilasi 4 asr davomida toʻplagan sanʼat asarlarining noyob kolleksiyasiga, shuningdek 20 ming gektar (200 kv. km) yerga egalik qiladi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 2002 yilda boshlagan

Boyligi £3,5 mlrd (deyarli $5,50 mlrd)

Baxrayn qiroli arab chopqir otlarining serzavq ishqibozi.1977 yilda u Amir otxonasini tashkil qildi. Bu otxona bir yil oʻtib Umumjahon Arab chopqir otlari tashkiloti aʼzosiga aylandi va bugun eng qimmatbaho hamda yirik otxonalar safida turadi. Baxrayn Amiri boyligining asosida neft va shu bilan birga maxsus qirollik jamgʻarmasi shugʻullanadigan xalqaro investitsiyalardan keladigan daromadlar turadi.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 2000 yilda boshlagan.

Boyligi £3 mlrd (deyarli $4,72 mlrd)

Afsuski, Yevropalik monarxlar boyliklarini neft zahiralarida barpo etgan yaqin sharqdagi hamkasblaridan farqli ravishda yuqori koʻrsatkichli daromad manbalari bilan maqtana olmaydi.

Shuning uchun ham, gertsog Anrining boyligi – bu bank qoʻyilmalari, koʻchmas mulklar va oltin zahiralari, shuningdek, turli sanoat kompaniyalarining qimmatli qogʻozlaridan iboratdir. Lyuksemburg gertsogi daromadining bir qismi yovvoyi tabiat va birinchi navbatda noyob Galapagoss orollarining himoyasiga yoʻnaltirilganini alohida eʼtiborga olish joiz.

Zamonamizning eng badavlat monarxlari reytingi

Boshqarishni 2005 yilda boshlagan

Boyligi £3 mlrd (deyarli $4,72 mlrd)

Monako knyazi boyligining asosida – knyazlik oilasi tomonidan toʻplangan sanʼat asarlari kolleksiyasi bor. Bundan tashqari unda antikvar avtomobillarning qimmatbaho kollektsiyasi ham, markalar kolleksiyasi va Monte-Karlodagi kazino faoliyatidan kelib tushadigan amaldagi daromad manbai ham mavjud.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar