6 daqiqa ichida supermarketnikidan ham mazaliroq chipslarni mikrotoʻlqinli pechda tayyorlash usuli

Gazaklarning nozik taʼbli qadrlovchilari bemalol tantana qilishlari mumkin: ortiqcha kaloriyalar uchun vijdon boshqa azoblanmaydi, chunki “foydali” chipslar haqiqatdan ham mavjud! Buning ustiga ularni oʻzingiz uydan ham chiqmagan holda tayyorlashingiz mumkin. Tayyorlasangizular supermarketnikidan ham mazaliroq boʻladi.

Kartofel chipslari – dunyodagi eng keng tarqalgan gazak. U bunga arziydi: yorqin qadoqning ichidagi mazali gazak oldida kim ham oʻzini ushlab tura olardi? Ammo shu qadoqning ichiga bir qator aromatizatorlar, stabilizatorlar va boshqa “E”- lar qoʻshiladi.

Aynan shular tanada kaloriya toʻplab yogʻ hujayralarida bosib saqlanishiga sababchi boʻladi.Xoʻsh, bu mazali taomdan umuman voz kechish kerakmi? Bizning javobimiz – yoʻq. Ammo supermarketdagi chisplarning oʻrniga boshqasini tatib koʻrish arzigudek. Boz ustiga siz uni oʻzingiz 10 daqiqada, balki undan ham kamroq vaqtda tayyorlashingiz mumkin.

“Sogʻlom” chipslarni tayyorlash uchun sizga quyidagilar kerak boʻladi:
1. Bitta yirik kartoshka (jamoa vakillari soni va ishtahaga qarab koʻroq ham tayyorlash mumkin);
2. Zaytun yogʻi;
3. Tuz vaziravorlar (taʼbga muvofiq);
4. Sovuq suvli kosa;
5. Qogʻoz salfetkalar;
6. Mikrotoʻlqinli pech va unda isitish uchun idish.
Kartoshkani iloji bor qadar, shaffoflikka erishgan darajada yupqaroq qilib kesing. Oqibatdagi “qarsillash” qobiliyati aynan kesilgan boʻlakchalarni qalinligiga bogʻliq. Eng qulay usulbuning uchun maxsus qirgʻich yoki sabzavot archgichdan foydalanish. Ammo bosh oshpazning oʻtkir pichogʻi ham maʼqul boʻladi.

Boʻlakchalarni kesib boʻlgandan keyin darhol ularni sovuq suvli kosaga soling. Ularni eng yaxshisi ikki daqiqaga suvning ichida qoldirgan maʼqul. Keyin suvni toʻkib tashlang.Bu ortiqcha kraxmalni yoʻqotish maqsadida bajariladi.

Boʻlakchalarni toza oshxona sochigʻiga oʻrab ustidan yengilgina bosib chiqib quriting.

Endi mikrotoʻlqinli pechda quritish uchun yaroqli boʻlgan xohlagan idishni oling. Unga ikki qavat qogʻoz (pergament yoki oddiy qogʻozli salfetka) toʻshang. Qogʻozning ustiga kartoshkaning dumaloq boʻlakchalarini terib chiqing. Ular bir biriga tegib qolmasin, aks holda bir biriga yopishib qolib bitta oʻta koʻrimsiz, tasqara shaklda pishadi.

Endi boʻlakchlarni ikkala tomonidan zaytun yogʻi bilan surtib chiqing (yaltiroq poʻstloq hosil qilish uchun), ustidan esa taʼbingizga qarab tuz va ziravorlarni seping. Masalan, qizil qalampir bilan karrini bir vaqtda sepsa boʻladi.

Tayyorlangan kartoshkali idishni 3 daqiqa rejimini oʻrnatib mikrotoʻlqinli pechning ichiga qoʻying. Keyin har bir boʻlakchani oʻgirib chiqing, pech quvvatini 50 foizga tushiring va yana uch daqiqaga idishni soling. Agar chipslarning bir qismi tayyor boʻlsa ularni oling. Tayyor boʻlmaganlarini 50 foizli quvvat rejimida yana bir daqiqaga qaytib solib qoʻying. Shu tarzda toʻliq tayyor boʻlgunicha 1 daqiqadan davom ettiravering.
Uzogʻi bilan 6-10 daqiqa ichida (boʻlakchalarning qalinligi va mikrotoʻlqinli pechning quvvatiga bogʻliq) oʻz qoʻlingiz bilan tayyorlagan aʼlo darajadagi gazak kutadi. Natija tayyor va buning uchun hech qanday kimyoviy qoʻshimchaning ham keragi yoʻq – sof tabiiy mahsulot! Yoqimli ishtaha!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



