Ozishga yordam beruvchi ziravorlar

“Soglom turmush tarzi” deganda,biz ratsionimizda kam miqdorda yogʻliq, qovurilgan, shoʻr va shirin taom boʻlishi kerakligi nazarda tutiladi. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, toʻgʻri ovqatlanish tizimida ziravorlarning ham ahamiyati katta, buni ayniqsa sharqda yaxshi biladilar. Parhezli ziravorlarning bir necha xili bor, ulardan baʼzilarini koʻrib chiqamiz.

Vanil (xushboʻy ziravor) – juda foydali ziravor boʻlib, u past kaloriyali taomlarga unutilmas maza berib va ularni yengil desert holiga keltiradi. Vanilin sababli organizm tezroq toʻyadi hamda oʻzining jalb qiluvchi nozik hidi bilan kayfiyatni koʻtaradi.

Qalampirmunchoq – turli xil marinadlar, sous, pishiriqlarni tayyorlashda hamda goʻsht va sabzavotlarni dimlashda ishlatiladigan ziravor vaznni sezilarli darajada kamayishiga yordam beradi. Oʻzining mast quluvchi hidi va oʻtkir achchiq taʼmi tufayli qalampirmunchoq kichik miqdorda glintveyn ichimligini tayyorlashda ishlatiladi, xalq tabobatida esa antiseptik vosita sifatida foydalaniladi.

Zanjabil (imbir) – bu taʼm beruvchi ildizdan tayyorlangan ziravor davolovchi xususiyatga ham ega: organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi va tezlashtiradi, shlaklar chiqishini taʼminlaydi hamda qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bu esa oʻz navbatida ortiqcha vazndan xalos boʻlishga xizmat qiladi.

Qora murch – bu aynan siz uchun kerakli ziravordir. Axir uning tarkibida ortiqcha yogʻning erishiga xizmat qiluvchi hamda ortiqcha kaloriyani sarf qiladigan “piperin” moddasi mavjud. Bundan tashqari murch qorin dam boʻlishida va ovqat hazm boʻlmasligida yordam beradi – u organizmni isitadi, bu bilan undagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Gorchitsa (xantal) – parhezli ovqat ratsionining eng kerakli va foydali ziravoridir. Bu ziravor ham organizmdagi moddalar almashinuvini tezlashtiradi va oʻz-oʻzidan ortiqcha vaznning ketishiga xizmat qiladi.

Kardamon – bu zanjabilgullilar oilasiga mansub boʻlgan dorivor yogʻ erituvchi xususiyatga ega boʻlib, ichaklarni tozalaydi, organizmdan tuz va shilimshiqlarni chiqarib yuboradi.

Kurkuma – juda foydali ziravor boʻlib, qondagi qand miqdorini meʼyorlashtiradi, organizmdagi kaloriya va yogʻlarni eritadi hamda ichaklarda qulay mikroflorani yaratadi.

Yalpiz – dorivor oʻsimlik, uning barglari ovqat hazm qilish yoʻlini yaxshilovchi, safro haydovchi va koʻngil aynashini bosuvchi xususiyatga ega.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



