Kamalak haqida 7 ta hayratlanarli faktlar

Koʻpgina madaniyatlarda kamalak kuchi haqidagi afsonalar mavjud, insonlar unga sanʼat asarlarini, musiqa va sheʼrlarni bxshida etishadi.

Psixologlar taʼkidlashlarich, odamlar bunday tabiat moʻjizasini koʻrib hayratlanishlariga sabab, kamalak yorqinlikni, “baxtli” kelajakni olib kelguvchi narsadir. Texnik jihatdan qaralganda, kamalak atmosferada nur tomchi suv orasida oʻtganda paydo boʻladi, va nurning sinishi, biz hammamiz oʻrganib qolgan, turli rangdagi egilgan arka hosil boʻlishiga olib keladi.
1. Kamalakni kunduzda kamdan-kam koʻrib boʻladi

Koʻpincha kamalak ertalab va shomda paydo boʻladi. Kamalak hosil boʻlishi uchun, quyosh nuri taxminan 42 gradus burchakda yomgʻir tomchisiga tushib qolishi kerak. Bu holat, Quyosh osmonda 42 gradusdan balandroq turganida roʻy berishi amri mahol.
2. Kamalak tunda ham paydo boʻladi

Kamalakni qorongʻu tushishi bilan ham uchratish mumkin. Bunday holat oy kamalagi deb ataladi. Bunday vaziyatda, yorugʻlik nurlari toʻgʻridan-toʻgʻri Quyoshdan emas, Oydan aks olganida vujudga keladi. Odatda, u unchalik yorqin boʻlmaydi, chunki yorugʻlik qanchalik yorqin boʻlsa, kamalak shunchalik rang-barang boʻladi.
3. Ikkita odam birta kamalakni oʻzini koʻra olmaydi

Muayyan yomgʻir tomchilaridan aks urgan yorugʻlik, boshqa tomchilardan har birimiz uchun umuman boshqa burchakdan aks beradi. Aynan shu kamalakning turli koʻrinishlarini hosil qiladi. Ikkita odam birta joyda bir vaqtning oʻzida boʻla olmasligi kabi, ular birta kamalakni bir xil koʻra olishmaydi. Bundan tashqari, hatto bizning har bir koʻzimiz har xil kamalakni koʻradi.
4. Biz hech qachon kamalakning oxiriga yeta olmaymiz

Kamalakka qaraganimizda, u biz bilan birga harakatlanayotgandek tuygʻu paydo boʻladi. Bu, uni shakllantiradigan yorugʻlik oʻsha paytda muayyan masofa oraligʻida va kuzatuvchi uchun muayyan burchak ostida amalga oshirishi uchun sodir boʻladi. Va bu masofa doimo biz va kamalak orasida qolaveradi.
5. Biz kamalakning barcha ranglarini koʻra olmaymiz

Kamalakning ranglari qizil, sabzi rang, sariq, yashil, osmon rang, koʻk va siyohrang ranglardan iborat. Ammo aslida kamalak inson koʻzi koʻra olmaydigan ranglarni oʻz ichiga olgan millionlab ranglardan iboratdir.
6. Kamalak ikkilamchi, uchlamchi va hatto toʻrtlamchi boʻladi

Biz yorugʻlik tomchi ichida aks etganda va boshqa ranglarga ajralganda, birtadan koʻp kamalakni koʻrishimiz mumkin. Ikkilamchi kamalak bu hol tomchi ichida ikki marta sodir boʻlganida, uchlamchisi – uch mart ava hokazo. Toʻrtlamchi kamalakda har doim nur aksini olganida, yorugʻlik va shunga qarab, kamalak ham rangi pastroq boʻlaveradi va shuning uchun oxirgi ikkita kamalak juda past koʻrinadi. Bunday kamalakni koʻrish uchun bir nechta omillar toʻqnash kelishi lozim, yaʼni qop-qora bulut, va yoki yomgʻir tomchilari hajmlarining bir xil taqsimlanishi, yoki sharros yomgʻir.
7. Siz oʻzingiz kamalakni yo'qolishiga olib kelishingiz mumkin

Qutblanuvchi quyosh koʻzoynaklari yordamida kamalakni koʻra olmaslik mumkin. Bu, ular tik ustunlarda joylashgan molekulali juda mayin qavat bilan qoplangan, suvdan aks urgan yorugʻlik esa, gorizontal holatda qutblanadi.
Kamalakni qanday hosil qilsa boʻladi?

Siz haqiqiy kamalakni uy sharoitida yaratishingiz mumkin. Buning bir nechta uslublari bor.
1. Stakan suv yordamida hosil qilish uslubi

- Stakanni suv bilan toʻldiring va quyoshli kunda uni deraza oldidagi stol ustiga qoʻying. - Yerga oq list qogʻozini qoʻying. - Derazani issiq suv bilan hoʻllang. - Stakan va qogʻozni kamalakni koʻrmaguningizcha harakatlantirib turing.
2. Oyna yordamida hosil qilish uslubi

- Suv bilan toʻldirilgan stakan ichiga oynani qoʻying. - Xona qorongʻi va devorlar oq boʻlishi lozim. - Kamalakni koʻrmaguningizcha yoritqichni harakatlantirib, suvni yoritib turing.
3. Kompakt-disk yordamida hosil qilish uslubi
- Kompakt-diskni olingda, uni yaxshilab arting, ustida chang boʻlmasin. - Uni tekislik ustiga yorugʻlik ostiga yoki deraza oldiga qoʻying. - Diskga qarab turing va kamalakdan bahra oling. Ranglar qanday harakatlanishini koʻrish uchun diskni aylantirib turing.
4. Tutun uslubi
- Quyoshli kunda suv sepish uchun shlangni ishlating. - Sachrashlar hosil qilgan holda shlang tuynugini barmogʻiz bilan yoping. - Shlangni Quyoshga qaratib qoʻying. - Kamalakni koʻrmaguningizcha, sachrashlarga qarab turing.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



