Koʻzlar haqidagi siz bilgan va bilmagan ajoyib faktlar

Koʻzlarimizning rangi naslimiz haqida maʼlumot beradi. Masalan, moviy rang koʻzlar asosan shimoliy regionlarda uchraydi, jigarrang koʻzlar- iqlimi oʻrtacha boʻlgan joylarda, qora koʻzlar esa asosan ekvator yaqinida uchraydi.
Inson organizmiga qabul qiladigan maʼlumotlarning 80% i koʻzlar orqali oʻtadi.
Koʻzlar uchun eng oddiy gimnastika nomi “kapalak” deb nomlanadi. Tez-tez kozʼlaringizni pirpirating. Monitor oldida koʻzlarimiz pirpirashi kamaytirar ekan, bu holat esa koʻrishimizga salbiy taʼsir qiladi.
Dunyoda deyarli 1% insonlarning chap koʻzining rangdor pardasi rangi oʻng koʻzdan farq qiladi.

Ulkan kitlarning koʻzlari ogʻirligi deyarli 1 kg ni tashkil etadi. Shunga qaramay, koʻpchilik kitlar oldida turgan buyumni koʻrmaydilar.
Oʻta tor boʻlgan kiyim koʻrish qobiliyatiga salbiy taʼsir etadi. Qon aynlanishi kamayib, koʻzga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Inson –koʻzining oʻqi mavjud boʻlgan yagona jonzod hisoblanadi. Xatto maymunlarda ham koʻzlar mutlaqo qoradir. Bu holat koʻzlarga qarab inson emotsiyalari maqsadlarini bilib olish uchun imkon yaratadi. Maymunlar koʻzlariga qarab uning hislari va hattoki qaysi tomonga qarayotganini ham bilib boʻlmaydi.

Koʻzning rangdor pardasi huddi qoʻllarimiz izi singari takrorlanmasdir.
Hind yoglari koʻzlarini quyoshga, yulduzlarga va oyga qarab davolashadi. Ularning fikricha, quyosh nuri kuchiga yetadigan kuch yoʻqdir. Quyosh nurlari koʻrish qobiliyatini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi, infeksiyalarni oʻldiradi. Yoglar maslaxat berishicha, quyoshni bulutlar qoplamagan vaqtda, yaxshisi, tongda koʻzlarni katta ochgan holda quyoshga boqish lozim. Bu ishni koʻzlar yoshlangunga qadar qilish kerak. Eng yaxshisi , bu ishni quyosh chiqishi yoki botishi vaqtida amalga oshirish kerak. Ammo kunduzi quyosh tomonga boqish kerak emas.

Koʻz 6 ta mushaklari yordamida buriladi. Ular koʻzlarimizni barcha yoʻnalishlarda qimirlashini taʼminlaydi. Shuning uchun biz tezda bir nuqtadan ikkinchisini qayd etib, ulargacha boʻlgan masofani taxmin qilamiz.
Koʻzlar matnni tez oʻqilganida sekinroq charchaydi.
Koʻrish qobiliyati juda koʻp ishlagan holda butun organizm charchogʻi paydo boʻladi va bu holat stress holati bilan tenglashtiriladi. Shu yerdan bosh ogʻrigi va charchoq hissi kelib chiqadi. Kompyuter bilan ishlaydiganlarning koʻzlari odatda chop etilgan matn bilan ishlaydiganlarga koʻra koʻproq charchaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



