Qiziqarli faktlar: Ispaniya haqida siz bilmagan qiziqarli va ajoyib faktlar

Ispaniya – dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar uchun turistik makka hisoblanadi. Ushbu mamalakatning jozibadorligini nima bilan tushuntirish mumkin?

Ispaniya – juda quyoshli mamlakat. Statistikaga koʻra bu yerda yiliga 280 kun quyosh charaqlaydi! Ushbu fakt sayyohlarni magnitdek oʻziga tortadi. Biroq, har yili qurgʻoqchilik bilan kurashadigan fermerlarga qiyin boʻladi.


Tabernas – Yevropa hududidagi yagona choʻl. U mamlakatdagi eng quruq yer hisoblanadi.


Santa-Mariya-de-la-Sede – Sevilda joylashgan mashxur sobor, Yer yuzidagi eng kattalaridan hisoblanadi. Uning uzunligi 126 metr, kengligi esa 83 metr atrofida. Malagada esa eng kompakt cherkov joylashgan. Ushbu bino 2 metr kvadratdan kichikroq joyni egallaydi.


Koʻcha fonarlarni birinchi boʻlib X asrda Kordove ispan shahrida, yani usha paytdagi xalifalik poytaxtida paydo boʻlgan.

Maydoni boʻyicha Yevropadagi eng katta golf-klub Kosta-del-Sol qirgʻoqlarida joylashgan. Yana shuni ham aytib oʻtish kerakki, bu yerda 40 dan ortiq golf klublari mavjud. Futboldagi “Ole-ole” qichqiriqlari Ispaniyada paydo boʻlgan. Bunday qichqiriqlar masalan korrida vaqtida eshitilgan. Koʻpchilik hisoblashicha ole soʻzi “Alloh” soʻzidan Ispaniyani musulmonlar bosib olgan vaqtda paydo boʻlgan.

Butun dunyo boʻylab supermarketlarda sotiladigan yogʻlarning 44% Ispaniyada ishlab chiqariladi. Ispaniyada koʻplab hayvonlarni koʻrsangiz boladi, lekin koʻrshapalaklar eng tarqalganididr. Valensiyaning gerbida aynan shu hayvonlar tasvirlangan. Basklar tili, bizga maʼlum boʻlgan hech qaysi til turkumiga kirmaydi. Aynan shu til xarbiy hodisalar vaqtida Amerika Qoʻshma shtatlari armiyasi tomonidan maxfiy habarlarni yetkazish uchun ishlatilgan. “Ispaniya” soʻzi fin tilidan tarjima qilinganda “quyonlar mamlakati” degan maʼnoni beradi. Piyodalar uchun eng xavfli soʻqmoq Ispaniyada joylashgan. U El Kaminito del Rey degan nom olgan, mahalliy aholi uni “qirolning kichik oʻtish joyi” deb ataydi.

Har bir ispaniyalikda ikki familiya bor: biri otasiniki, ikkinchisi onasiniki. Ispanlar juda kech kechki ovqat tanovvul qilishadi. Soat 21:00-22:00. Ular juda kech uxlashga yotishadi va juda vaqtli turishadi. Kunduz kuni 14:00 dan 15:30 gacha ularda siesta yani dam olish vaqti. Bunday rejimga xatto katta megapolis aholisi ham amal qiladi. Ispan bolalari yarim tunda ham koʻchada yurishi oddiy holat.Bunday rejimga amal qilishga, ular jazirama issiq tufayli majbur. Ispaniya sababli yevropada kartoshka, tomat, tabak va kakao paydo boʻlgan. Ispaniya banan oʻsadigangan yagona Yevropa mamlakati.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



