Qiziqarli maʼlumot: qanday qilib fendan foydalanmagan holda sochlarga qoʻshimcha hajm berish mumkin


Kosmetologlar koʻpirtirilgan shampunni boshda taxminan 10 daqiqaga qoldirishni maslahat beradilar. Bu vaqt davomida shampunning komponentlari soch shaklining yoʻqolishiga sababchi boʻladigan bosh terisidagi yogʻlarni eritishga ulguradi. Shampun boshda oʻz vazifasini bajargunga qadar ayol ham vahhaxonada oʻziga yarasha yumush bilan shugʻullanishi mumkin: butun badanini yuvishi, depilyatsiya, yuzga niqob surish va xokazo. Shampun butun tana boʻylab oqib ketmasligi uchun soch yuvish vositalarini tanlashda tejamkorlikdan saqlanib, tarkibida silikon boʻlmagan shampunlarni sotib olish kerak. “Fructis” va “Shamtu” shampunlari tavsiya qilishimiz mumkin.

Boshni yuvib boʻlgandan keyin sochiq bilan oʻrab 10 – 20 daqiqaga qoldirish lozim. Buning orasida qahva ichish yoki ovqat tanovul qilib olish mumkin. Sochiq boshda shuncha vaqt turgandan keyin taralganda biroz hajmi kattalashadi. Sochiq olib tashlangandan keyin ham 2-3 daqiqa oʻtgandan keyingina soch tarashga kirishish lozim – bu soch hajmini tabiiy yoʻl bilan kattalashtirish usulidir.

Sochni quritish jarayonida fendan foydalanmasdan oʻrniga qoʻl barmoqlari bilan shishirib turilsa sochning hajmi sizni hursand qiladi. Sochlarni quritayotganda har 1-2 minutda ularning ildizidan boshlab barmoqlar bilan yengil tortib turish kerak. Shunday qilinsa sochlar zararli taʼsiri boʻlgan fenlarsiz tabiiy ravishda quritiladi hamda chiroyli shaklga ega boʻladi. Buni koʻzgu roʻparasiga turib olib qilinsa, hajmini koʻrib turish mumkin.

Sochlarni parvarishlovchi zamonaviy vositalar bozorida sochlar uchun moʻljallangan yoʻglar boʻlib, ular sochlaringizga qoʻshimcha hajm berishi mumkin. Ularni kun davomida quruq sochlarga kam miqdorda surtish mumkin. Yogʻni kun davomida 3-4 martadan koʻp surtish tavsiya etilmaydi. Bugungi kunda soch uchun moʻljallangan ommabop yogʻlar sochlarga qoʻshimcha hajm, jilvakorlik, mayinlik beradi va yoqimli hid taratadi. Eng asosiysi – bu vositani haddan koʻp surtib yubormaslik lozim, soʻngra barmoqlar bilan sochlaringizni huddi taraganday silab chiqasiz. Keyin esa massajli shoʻtkada sochni tarab chiqish kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



