Qiziqarli maʼlumotlar: Marxum yulduzlar: vafotidan soʻng ham pul ishlayotgan mashhurlar reytingi

Maʼnaviy meʼrosi oʻzlarining vafotidan soʻng ham daromad keltirishda davom etayorgan odamlar roʻyxatini Mayk Jekson boshlab berdi: bir yil ichida marxum pop musiqa qiroli 75 million dollar ishlab topdi, Elvis Presli esa, ikki barobar kam.


Pop musiqa qiroli, sakkiz yil avval vafot etgan boʻlib, besh marotaba ketma ket bu roʻyxatni boshini egallamoqda. Qoʻshiqchi hayotining soʻnggi yillarda toʻliq bankrot boʻlib qolgan imperiya uning meʼrosxoʻrlariga borgan sari koʻproq daromad keltirmoqda. 2017 yilda Jekson 75 million dollar "oldi". Albatta, bu yil oʻtgan yil kabi omadli boʻlmadi, unda Jekson 825 million dollar " ishlab topdi ".
1985 yili Mayk Jekson ATV musiqiy studiyasiga taʼsischi boʻlib kirdi, unda prodyuserlar uni bu ishdan vos kechishga undashgan edi. Biroq, 10 yildan soʻng aksiyalarning yarimini sotish 115 million dollar foyda keltirdi. Endilikda qolgan qismini 75 million dollar toʻlab sotib olishdi.

Roʻyhatning ikkinch oʻrini mashxur golf oʻyinchisi Arnold Palmerga nasib etdi. Uning vafoti kunidan bir yildan sal koʻproq vaqt oʻtdi, biroq uning nomi katta pul keltirmoqda - sport anjomlarini uning nomi bilan 400 dan ortiq doʻkonlar sotishda davom etmoqda. AriZona Bevarages har yili 400 dan ortiq Arnold Palmer salqinlatuvchi ichimik (sovuq choy va limonadning sovuq araashmasi) sotuvini amalga oshiradi. Bularning barchasi hisobot davrida 40 million dollar miqdorda daromad olib keldi.

Golfchidan 2 million dollarga kam amerikalik karikaturachi Charlz Monro Shul's, mashxur Peanuts komikslari muallifi ishlab topdi. U roʻyxatda 38 million bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Unga daromadni u yaratgan Snupi va boshqa komiks qahramonlari sotuvi olib kelmoqda.

Rok-n-roll qiroli oʻtgan yilda 35 million dollar ishlab topdi: muxlislari hali hamon uning qoʻshiqlari yozilgan disklarni sotib olishmoqda. Shuningdek, soʻnggi bir necha oʻn yillikda doimiy daromad manbai boʻlib oilaviy pomestyelari Greyslend boʻlib kelmoqda. Unga tashrif etish uchun chipta sotib olish kerak. Yulduzning qarindoshlarining aytishlaricha, u yerda navbat turishi odatiy ish eng.

Mashxur rastaman Bob Marli hali hamon reggi stilidagi eng taniqli ijrochi boʻlib qolmoqda. Uning albomlari butun dunyoda sotiladi va moʻmaygina daromad keltirmoqda. Undan-da koʻproq daromadni uning meʼrosxoʻrlari Bobning nomi ostida sotiladigan tovarlardan oladilar. Hammasi boʻlib, "Bob Marli" brendining daromadi oʻtgan yili 23 million dollarni tashkil etdi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



