Qiziqarli dunyo: Angliyalik odam oʻz qasridan ofis qildi, endilikda koʻpchilik unga ishga kirishni orzu qilmoqdalar


Choy, qaxva, pechenʼe va bir yida bitta - ikkita korporativlar - koʻpincha bular ofis hodimlarining katta qismi umid qilsa boʻladigan narsalardir. Lekin, Britaniyaning portallaridan birining asoschisi Kris Morling (Chris Morling) oʻz qoʻli ostidagi hodimlar uchun yerga jannat yaratishga qaror qildi. Oʻz hodimlarining qulayliklari uchun u hatto oʻz qasrini stilli va aql bovar qilmas darajada qulay ofis qilib qayta qurdi.
Mister Morling, "money.co.uk" portalining asoschisi, oʻz orzusini amalga oshirish uchun 4 million dollardan ortiq mablagʻni sarf qilgan boʻlib, ishlash uchun eng qulay joy yaratdi. U oʻz jamoasini eng qimmmatbaho aktiv deb hisoblaydi. Shuning uchun money.co.uk ga ishlaydigan odamlar haqida qaygʻurish - bu uning eng asosiy tashvishlaridan biridir.

Bepul ovqatlanish, bonuslarning va imtiyozlarning qulay tizimi, asosiysi aql bovar qilmas darajada zoʻr ofis - Kris Morling haqiqatdan ham juda yaxshi harakat qilgan.

Hodimlar ishda vaqtlarini maroqli oʻtkazishlari uchun britaniyalik biznesmen Glostershir grafligidagi kichik shaharcha Sayrensesterda joylashgan oʻzining qadimiy qasrida zamonaviy taʼmirlash qilishga qaror qildi.

Birinchi qarashdan 930 kvadrat metr maydonli qasrda joylashgan ofis - bu yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan dabdabadek tuyulishi mumkin. Biroq, Kris Morling taʼkidlashicha, London ichidagi u qadar katta boʻlmagan joy unga qimmatroqqa tushar edi.

"money.co.uk" ofisi - bu yorqin ranglar, qulaylik, "boshqa narsaga chalgʻish" va dam olish imkoni. Kris Morling bunday moʻjizaviy ish joyida hodimlar samarali va xursandchilik bilan ishlashlarga ishonadi.

Xozirgi vaqtda "money.co.uk" loyihasida 50 ta odam mashgʻul. Hamda, dizayn jamoaning har bir aʼzosining ehtiyojlardan kelib chiqqan holda yaratilgan. Kris Morling oʻzi shaxsan har bir hodimidan ular oʻz ish joyini qanday tasavvur qilishlarini, ularga ni yetishmasligini soʻrab chiqqan.

"money.co.uk" dagi hodimlar ishga kelishni juda yaxshi koʻradilar, sababi bu yerda ozodlik va oʻzaro tushunish atmosferasi hukm suradi. Kollektiv aʼzolari ularda natijaga ishlash uchun katta motivasiyalari bor deb taʼkidlaydilar. Axir u yerda ular haqida qaygʻuradilar, ularning rivojlanishlariga va oʻzini realizasiya qilishga imkon beriladi. Shuning uchun kinoteatr va stol oʻyinlari hodimlarga oʻz vazifalarini sifatli bajarishlariga halaqit bermaydi. Ehtimol dunyodagi eng zoʻr ofislarida hodimlar shunga oʻxshab ishlasalar kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



