Chaqaloqlar haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

1. Bolaning tugʻilishi - bu murakkab va tabiiy jarayondir. Tugʻilgandan soʻng, bolada bir nechta testlarni oʻtkazadilar, ularning yordami bilan uning asabiy rivojlanish darajasini bilishadi. Tugʻilgandan boshlab, chaqaloqlar oyoqlarini sirtga qoʻyishlari mumkin, hatto qadamlar shaklida ham harakatlari bor. Kichkintoylar barmogʻingizni mahkam ushlashadi. Bularning barchasi tugʻma reflekslar deb ataladi. Onasini yoʻqotib qoʻymasligi va och qolmasligi uchun reflekslar tabiat tomonidan yaratilgan. Aytgancha, oʻzini eslatib turish uchun ham yangi tugʻilgan chaqaloq yigʻlashni oʻrganadi.

2. Deyarli barcha bolalar koʻk koʻzli boʻlib tugʻiladilar. Kattaligidagi koʻz rangi esa biroz keyin shakllanadi. Shuning uchun, bolaning koʻz rangi siznikiga oʻxshamasligidan tashvishlanmang. Vaqt oʻtgani sari nafaqat koʻzlarning rangi, balki yuzning shakli va hatto sochlarning rangi ham oʻzgaradi.
3. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda himoya deb ataladigan refleks mavjud. Bu bola ogʻziga biron bir narsa tushganda yoki yuzini yostiq berkitib qolganda sodir boʻlishi mumkin. Agar ogʻizda begona narsa boʻlsa, u holda bola uni tezda til bilan itarib yuboradi. Agar chaqaloq qorni bilan uhlasa-yu tasodifan yostiqqa yuz oʻgirsa, avtomatik ravishda boshini bir tomonga burib oladi.

4. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar kattalarga nisbatan ikki baravar tez nafas oladi. Kichkintoylarda yurak urishi ham ikki baravar koʻproqdir.
5. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar juda koʻp uxlashadi. Baʼzida uyqu 20 soatgacha yetadi. Ammo bu umumiy qilib aytganda. Bitta uyqu yarim soatdan ikki soatgacha davom etishi mumkin. Bu bolaning asabiy rivojlanishi bilan bogʻliq. Yoshi bilan bolaning uyqusi uch baravar kamayadi. Bolalar faqat tinchlikda uxlashadi degan fikrga notoʻgʻridir.Chaqaloqlar shovqinda ham uhlay olishadi.

6. Bolalar koʻz yoshsiz yigʻlaydilar. Bolada koʻz yosh tomchilari ikki oyligida paydo boʻladi.
7. Bola tukli tugʻilishi mumkin. Soch nafaqat boshda, balki butun tanada boʻlishi mumkin. Xavotir olmang, "birinchi" sochlar tushib ketadi va chaqaloqning boshida haqiqiy kuchli sochlar oʻsa boshlaydi.

8. Agar siz yangi tugʻilgan chaqaloqni diqqat bilan kuzatsangiz, onasi yaqinlashishi bilan u “jonlanishi” va faol boʻlib qolishini koʻrasiz. Rivojlangan hid hissi tufayli bola sutni hidlaydi va shuning uchun sutdan bosh tortmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



