Interyerning bezagiga aylanuvchi kitob javonlarining 13 namunasi

Quyidagi kitob javonlari uyingiz interyerining haqiqiy bezagiga aylana oladi. Balki uy kutubxonasini yaratish haqida yana bir bor oʻylab koʻrarsiz?

Mazkur usul shunchaki qulay boʻlibgina qolmay, uyingizdagi joyni tejash imkonini ham taqdim etadi. Kitoblar hamisha javonlarda tahlanib turadi va odatdagi joylarda turgani kabi hadeganda chang yigʻavermaydi.

Harita koʻrinishidagi kitob javoni gʻoyasi yangilik ishqibozlariga maʼqul kelishi turgan gap. Bunday javon uyingizdan koʻp joy olmaydi, devorlar ham boʻm-boʻsh boʻlib emas, toʻlib turadi.

Bolalaringizga kitob oʻqishni oʻrgatmoqchi boʻlsangiz ularning xonasiga mana shunday javon qurib berishni maslahat beramiz. Baland va aylana shakldagi javon koʻrinishidan ham juda ajoyib. Bundan tashqari, uni osongina aylantira olasiz va oʻzingizga kerakli kitoblarni topib olaverasiz.

Uyingizda bu kabi burchakni hosil qilish uchun deraza atrofiga javonlar qurib, tokchani oʻqish uchun qulay joyga aylantiring. Shiftga lampa oʻrgansangiz, tungi sokinlik bagʻriga choʻmgancha sevimli asarlaringiz mutolaasi bilan shugʻulanaverasiz.

Har bir bolakay xonasida oʻz ismining bosh harfi shaklidagi kitob javoni boʻlishini istasa kerak. Uni istalgan rangga boʻyab, kitoblarni ham turli usullar bilan tahlab chiqsa boʻladi.

Uyingizda kitob tahlash uchun moʻljallangan gʻaroyib kreslo boʻlsa, bir kitobni oʻqib tugatgach, ikkinchisini olish uchun boshqa honaga yoki javon yonigacha borib oʻtirmaysiz. Bunday jihoz uyingizdan koʻp joy olmaydi. Ajoyib kreslo uchun har bir uyda joy topishi aniq, shunday emasmi?

Bunday kitob javonini oʻzingizga qulay boʻlgan xonada yaratishingiz mumkin. U hattoki yotoqxona interyerini ham aʼlo darajada bezay oladi.

Bugungi kunda kitoblarni odatdagidek shkaflarda saqlash kerak degan tushuncha mavjud emas. Javonlar interyerni qanchalik toʻldirib tursa shunchalar yaxshi! Telefon budkasi koʻrinishidagi kitob javoni ham bu borada orginal gʻoyadir! Uning eshiklarida ham kitob saqlash imkoni mavjud.

Mehmonxona interyeri uchun betakror gʻoya! Devorlardan birini javon uchun ajratib, gul shaklidagi “kutubxona” yarating. Bunday usul orqali mehmonxona devorlariga turli kartinalar osishga ham hojat qolmaydi.

Orginal kitob javoni yaratish uchun katta mablagʻ kerak boʻladi deb kim aytdi sizga? Uyingizda eski narvon bormi? Juda soz! Olib kelib devorga uzunasiga oʻrnatasiz va kitob javoni tayyor deyaverasiz!

Turli buyumlarnisolishga moʻljallagan taxta yashiklarni devorga oʻrnatib chiqqancha, keraklirangga boʻyab olsangiz ekzotik uslubga hos javon hosil boʻladi.

Bunday javon turi xonalari keng uylar uchun moʻljallangan. Sevimli kitoblaringizni saqlash uchun mutolaa burchagini oʻz qoʻllaringiz bilan ham yarata olasiz. Burchakka daraxt tanasini joylashtiring va unga tokchalarni oʻrnatib chiqing.

Buning uchun eski trubalardan birini devorga oʻrnatib, istalgan rangga boʻyab olsangiz kifoya!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



