Taʼmir ishlarining imkoni boʻlmaganda buzilgan narsalarni oʻz qoʻlingiz bilan tuzatishning 12 usuli

Har qanday holda ham oʻz qoʻllaringiz bilan bajarsa boʻladigan tezkor taʼmirlash ishlari boʻyicha maslahatlar sizga bu borada yordam bera oladi.

Agar kompakt-disklar yordamida "restavratsiya" qilinsa, eski likopga maftunkor koʻrinishni qaytadan bahshida qilish mumkin. Ehtimol uyingizda allaqachon foydalanilmayotgan kompakt-disklar taxlanib qolgandir.

Diskni bir necha mittigina parchalarga boʻlib tashlab, yelim yordamida ularni likopga mozaika holatida yopishtirib chiqsangiz kifoya. Bunday yorqin likop oshxonadan bezak sifatida joy olishi bilan birga, undan mevalar va konfetlar uchun idish sifatida ham foydalansa boʻladi.

Agar stulning yogʻochli qurilmasi hali mustahkamu oʻtirgichi egilib ketgan boʻlsa, bu stulni tashlab yubrishga shoshilmang. Turli rangdagi eski kamarlarni yigʻishga harakat qiling (agar oʻz garderobingizda koʻp boʻlmasa, juda qimmat boʻlmagan kamarlarni sotib olish ham mumkin) va ulardan toʻqilgan gʻilofni yaratishga urinib koʻring. Bunday oʻziga hos stul interyeringizni bezab, sizga ajoyib kayfiyat ulashadi.

Darz ketgan koʻzguga qarash yomonlik nishonasi, deydilar. Lekin, agar siz xurofotchi boʻlmasangiz, bu kamchilikni shunday bezash imkoni borki, uning mavjudligi toʻgʻrisida hech kim xatto payqamaydi ham. Agar darz koʻzguning chekkasida joylashgan boʻlsa ramka bilan bir tusda mozaika terib, uni zarar yetgan joyga yelimlab chiqilsa, shuning oʻzi kifoya. Mozaika plitasini qurilish materiallari doʻkonlarida, vanna, sanuzel uchun kafel sotiladigan boʻlimlarida topsa boʻladi.

Bu usul mushuk boqadigan insonlarning uyida joylashgan va uning tirnashidan jabrlangan yumshoq mebelni qayta taʼmirlash uchun juda qulay. Divan yoki kursining burchaklari yillar oʻtib eskirib qolganida ham, divaningizning tashqi koʻrinishini oʻzgartirmoqchi boʻlsangizu biroq yangi qoplama uchun uchun ortiqcha harajat imkoni yoʻq boʻlgan taqdirda ham ushbu usul juda asqotadi.

Turli kattalikdagi yorqin tugmachalar - divanning qiyofasini tez va ortiqcha sarf harachatlarsiz oʻzgartirish imkonini beruvchi eng yaxshi usul!
Qoplamani taʼmirlashning yana bir oʻziga xos usuli – turli rangdagi yigirilgan ip yordamida unga bezak berishdir. Iplardan turli bezaklarni shakllantirish yoki gullar, geometrik koʻrinishlar va shu kabi boshqa narsalarni tikib chiqish mumkin. Eng asosiysi, tanlangan surat xonaning umumiy dizayniga mos kelsa boʻlgani.

Sevimli libosingiz bilan uni faqat kuya yegani uchungina hayrlashishga toʻgʻri keladigan vaziyatlar ham boʻlib turadi. Aslida kichkinagina teshikcha - kiyimni garderobdan tashlab yuborish uchun bahona emas. Aksincha, bu uning koʻrinishiga yanada koʻrkamlik bagʻishlashi uchun sabab boʻlib qolishi ham mumkin. Unga mos keladigan applikatsiyani tanlang va qarshingizda yangi koʻrinishdagi libos hozir boʻladi!

Yoʻl transport hodisasiga xatto tajribali haydovchilar ham duch kelib qolishlari mumkin, shuning uchun, bu tavsiya barcha mashinasi borlar uchun toʻgʻri keladi. Agar avtomobilingizning bamperi yoki boshqa qismini taʼmirlash imkoni boʻlmasa, shu bilan birga putur yetkazilgan mashinada yurishni xohlamasangiz, "jarohatlangan joy"ni ijod mahsuli namunasiga aylatiring.
Buning uchun istalgan mayda-chuyda buyumlardan foydalansa boʻladi: kinder-syurprizdan chiqqan oʻyinchoqlar, koka-kola butilkalarining qopqoqlari, konstruktor detallari va hokazo. Barcha shakllarni yelim bilan yaxshilab yopishtirib chiqqach, tilla yoki kumush rangga boʻyatib qoʻysangiz kifoya.
Buyumlarni "taʼmirlash" gʻoyasini koʻpincha koʻcha musavvirlari oʻzlarining ijodida koʻp qoʻllaydilar. Quyida – bir necha oʻziga hos misollar ham keltirilgan.

Bunday taʼmir ishlari haddan tashqari qimmat, ammo, art-loyiha sifatida yaratilishga haqli. Gʻoya juda oddiy: xaqiqiy gʻishtlarni konstruktor kubiklariga almashtirasiz-u qoʻyasiz. Bunday strit-art (koʻcha sanʼati) eʼtibordan chetda qolmasligi aniq va binolarni taʼmirlash muammolariga boshqalar eʼtiborini ham jalb qiladi.

Jeodlar – kristallar bilan toʻldirilgan boʻshliqlardir. Fantaziyasi boy insonlar uylarning devorlaridagi oddiy yoriqlarni ham qimmatbaho toshlar koʻrinishida taʼmirlashlari mumkin. Yaltiroq "kristallar" va kulрang beton bir-biri bilan chiqisha olmasa-da, ushbu gʻoyani ozroq fantaziya bilan muvaffaqiyatli koʻrinishga keltirsa boʻladi.

Rossiyalik musavvir Andrey Syaylev kitoblarni qurilish materiallari sifatida ishlatishga qaror qildi.U eski kitoblarni gʻisht kabi tahlab chiqib, bir-biriga sementladi. Andrey shu tarzda kutubxonalarning biridagi buzilib ketgan devorlarini "taʼmirlashga" erishdi.

Chikago shahri hukumati yoʻllarni taʼmirlashga hech shoshilayotgani yoʻq, shuning uchun ham mahalliy musavvirlarning biri yoʻlning yurish qismida nechta chuqur borligi barchaga koʻrsatib qoʻymoqchi boʻldi. U eskimo tasvirlarini qoʻyib chiqib chuqurlarni mozaika bilan bezadi. Juda chiroyli chiqdi, ammo bu natija beradimi yoʻqmi – hali nomaʼlum.

Asfalt qoplamasining oʻrtasidagi krujevali orolchalar – yoʻlovchilarga beihtiyor tabassum ulashadi va goʻzallikni izlab yon-atrofga qarashga undaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



