Avto

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Mazkur avtomobil eng chiroyli pikap unvoniga daʼvogarlik qiladi, deb ayta olmaymiz. Biroq, eng nomaʼlum rusumlardan biri sifatida gʻoliblik tojini qoʻlga kiritishi aniq. Bu mashina Amerika va Avstraliya bozorlarini istilo etgan. Uning matoli tomga ega boʻlgan kuzovli varianti ham bor. Bu pikap 1981 yildan 1985 yilgacha ishlab chiqarilgan.

Ayrim yigʻma namunalarida unga Nissan dvigateli oʻrnatilgan. Shu bilan birga bu avtoning harbiylashtirilgan turi ham mavjud. Mashina (shu jumladan) yengil samolyotlarning transportirovkasi uchun ham ishlatilgan.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Gladiator pikaplari oʻz vaqtida hadeb koʻzga tashlanavermagan. Bu juda taajublanarli hol, chunki bunday aʼlo darajadagi avtomobilning eʼtibordan chetda qolishi mumkin emas. Uning dvigateli V8 Vigilante, quvvati 250 ot kuchiga ega. Ayrim hollarda avtomobil avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilgan. 1962 yilda 1971 yilga qadar avtomobil yongʻinga qarshi mashinalar va gʻildirakli uylarning bazasi sifatida ishlatilgan.

Darvoqe, bu oddiy avtomobilni harbiylashtirish mumkinligining kamdan-kam hollarda uchraydigan isbotlaridan biri. AQSHdan tashqari avtomobildan Izroilda, Argentinada, Venesuelada va Kolumbiyada foydalanilgan.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

60-chi yillarda Jeep avtomobillar bozorida kuchli raqobatchilik sharoitida paydo boʻlgan va bu vaziyatni zudlik bilan toʻgʻrilash kerak edi. Boshqa kompaniyalarga javob sifatida Jeepster Commando yaʼni, asosan yoshlarga moʻljallangan avtomobil ishlab chiqarildi. U bir vaqtning oʻzida kuzovning bir necha varianti, shu jumladan rodster, pikap va universal koʻrinishda taqdim etilgan edi.

Avtomobilning juda kuchli dvigateli boʻlgan, biroq vaqt oʻtib uning dizayni konservativ koʻrinishga ega boʻlib qoldi.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Ommabop CJ-5, yaʼni "besh"ning kuzovi uzaytirilgan varianti. "Mexnatsevar toychoq"dagi sigʻim kengroq boʻlishi toʻgʻrisidagi istaklar va koʻp sonli arzlar chavoban aynan shu mashina yaratilgan edi. Shunga qaramay, mashina yaratuvchilari yoʻlovchilarning qulayliklari toʻgʻrisida gʻamhoʻrlik qilgani sezilmay qoldi. Bu model Afrika mamlakatlariga joʻnatilgan. AQSHda esa uning asosiy haridori oʻrmon xoʻjaliklari boʻlgan.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

CJ-3A ning ancha soddalashtirilgan koʻrinishi. Ushbu mashina 1955 yilda paydo boʻldi va unga afsonaviy "Villis" dvigateli oʻrnatildi. Avtomobil oʻta soddalashtirilgan va yetarlicha ishonchli ham boʻlgan. Oʻzining boʻysundirish oson ekanligi bilan tanilgan bu avtomobil darhol Amerika Qoʻshma Shtatlari pochtasi nazariga tushli. Mamlakatning shimoliy rayonlarida bu mashinani haligacha uchratish mumkin.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Boshqa turdagi mashinalardan tubdan farq qiladigan mazkur Jeep atomobili turli buyumlarni yetkazib berish xizmati uchun 1961 yildan 1975 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Mazkur mashina turi erkin savdoga umuman chiqarilmagan va faqatgina alohida xizmatlarning buyurtmalariga asosan yetkazib berilgan. Jeep FJ Fleetvan mashinasini bir necha Gollivud filmlarida ham koʻrsa boʻladi.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi

Baquvvat V8 dvigatelli, uch nafar uzatmalar qutisidan biri, shu jumladan, avtomat qutisi bilan jihozlangan ushbu noodatiy yuk tashuvchi mashina pikap sifatida ham, furgon sifatida ham ishlab chiqarilgan. Shuningdek, mazkur mashinaning uzaytirilgan variantlari ham boʻlgan. Keyinchalik Forward Control zaminida tez tibbiy yordam mashinalari paydo boʻldi.

Jeep rusumidagi avtomobillarning odamlarga notanish boʻlgan va koʻpchilik koʻrmagan 7 turi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar