Qiziqarli

Suv haqida siz eshitgan 6 afsona

Suv haqida siz eshitgan 6 afsona

1:Kuniga ikki litr suv ichish shart

2:Suv organizmni zaharli moddalardan tozalaydi

3:Suvni qancha xohlasangiz, shuncha ichishingiz mumkin

4:Koʻp suv ichib tez ozish mumkin

5:Koʻp suv ichilsa, teri tarang va silliq boʻladi

6:Ovqatlanayotgan paytda va ovqatlanib boʻlgandan keyin darrov suv ichish hazmni qiyinlashtiradi

1:Bir kunda qancha miqdorda suv ichish organizmga, jumladan, tana vazni, jismoniyfaollik, iqlim, yosh va ruhiy holatga bogʻliq. Shu bois organizm qancha talab qilsa,shuncha suv ichish tavsiya etiladi. 

2:Suv zaharli moddalarning organizmdan chiqib ketishiga hech qanday taʼsir oʻtkazmaydi.Qancha suyuqlik qabul qilinmasin, buyrak faqat organizmga kerakli molekulalarnisaqlab qoladi, qolgani esa chiqarib yuboriladi. Koʻp ichilsa, suv tana boʻylabaylanib yuradi xolos, bundan organizm tozalanib qolmaydi. 

Suv haqida siz eshitgan 6 afsona

3:Shifokorlarning taʼkidlashicha, suvni haddan ziyod koʻp ichish kamdan kam hollardakuzatiladigan xavfli xastalik giponatriemiyani (qon plazmasida natriy miqdoriningkamayishi) yuzaga keltirishi mumkin ekan. 

4:Dietologlarning fikricha, suv yogʻni ham, qondagi qand miqdorini ham eritmaydiva ortiqcha vazndan qutilishga ham yordam bermaydi. Faqat suv ichib, tez ozishmumkin, degan fikrlar ham mutlaqo notoʻgʻri.  

Suv haqida siz eshitgan 6 afsona

5:Teri sogʻlomligi koʻpgina omillarga (irsiyat, iqlim, ovqatlanish ratsioni,turmush tarzi) bogʻliq. Koʻp miqdordagi suv terini sogʻlom, tarang va silliq saqlashiilmiy isbotlanmagan. 

6:Gastroenterologlarning aytishicha, oshqozon yaxshi ishlashi uchun suyuqlikkerak ekan. Agar ovqatlanishdan sal oldin ozroq suyuqlik ichilsa, hazm qilish hamosonlashadi. Ovqat mahali ichilayotgan suv, ayniqsa bikorbonatga boy boʻlsa,taomning organizmga singishi osonlashadi. Shifokorlar qabziyatdan qiynalayotganbemorlarga koʻproq suv va boshqa suyuqliklar ichishni tavsiya qilishadi.

Suv haqida siz eshitgan 6 afsona
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar