Dunyodagi eng uzun avtobuslar

Dunyodagi enguzun avtobuslar "garmoshkalar" yordamida ulangan ikki yoki uch qismlardaniborat qilib yaratilgan. Bunday mashinalarning baquvvat dizel dvigatellari yordamidaerisha oladigan eng yuqori tezligi - soatiga 90 kilometrgacha. Ular bir yurishda 350 tagacha odam tashiy oladi.



Bu Germaniyada tayyorlangan tarihdagi yagona ikki qavatli qismlarga boʻlingan avtobus. Uning ichida jami 103 nafar yoʻlovchilar kursisi bor va u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

Oynalari qoraytirilgan bunday "Ikaruslar" oʻz vaqtida butun Amerika boʻylab xizmat qilgan.
Ikarus 286 -mashhur venger avtobusining AQSHda yigʻilgan maxsus modeli. U boshqa yerlarda uchraydigan "garmoshka"ga nisbatan 2 metrga uzunroq, bundan tashqari unda "amerikacha" xromlangan bamperi bor.

Bu zamonaviy avtobus - Minsk avtomobil zavodining maxsuloti.
Minsklikmutaxassislar ishlab chiqargan avtobus beshta eshik orqali kirib chiqadigan jami176 nafar yoʻlovchi uchun moʻljallangan. Xorijiy butlovchi qismlarning ishlatilishi mashinaning oʻta yuqori mustahkamligi va sifatini taʼminlaydi: quvvati 326 ot kuchiga teng Mercedes-Benz OM926 dizel dvigateli, ZF 6-pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi, gidrokuchaytirgichli ZF, рul mexanizmi, Knorr-Bremse tormozlari. Qoʻllanilayotgan texnologiyalar mashinaning ekologiyaviyligini Evro-5+ darajada taʼminlaydi.

Mercedes-Benzavtobuslari ichidagi eng uzunining olamshumul debyuti.
Bu model Mercedes-Benz kompaniyasining boshqa avtobuslari kabi dunyoning koʻp mamlakatlarida yoʻlovchilarni tashiydi. Dizel va gazga moslashtirilgan dvigatellari bilan bir qatorda ekologik duragay koʻrinishlari ham bor: vodorodli yoqilgʻi katakchalariga ega boʻlgan turi, shuningdek elektromotor va akkumulyator batareyasi va tormoz berilganida energiyaning rekuperatsiyasi, yaʼni qaytarilishi vazifasiga ega boʻlgan avtobus.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga yetib kelmagan "Ikarus".
Uch qismli bu mashina muvafaqqiyatsiz tajribaviy foydalanishdan keyin tizimli ishlab chiqarishga qoʻyilmay qoldi. Kichik partiyalarda Eronga va Kubaga yetkazib berilgan. Vazni 33 tonnaga teng bu avtobus soatiga 70 kilometr tezlikka erisha olgan, uning sigʻimi esa 229 kishiga teng boʻlgan.

200 oʻrinli Van Hool avtobuslari Gollandiya, Belgiya va xatto Afrika qitʼasidagi Angolada yoʻlovchilarni tashiydi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan uch qismli avtobus.
Bu xitoy avtobusida 290 oʻrin bor, ulardan 40 tasi kursilarda. Bunday mashinalarning avtoparki Pekin va Xanchjou kabi yirik shaharlarda yoʻlovchilarni tashiydi.

28-metrli Neobus Mega BRT avtobusining suyri shakldagi kuzovi.
Braziliyadagi Kuritiba (Curitiba) shahri "yuqori tezlikdagi avtobuslar"dan ilk muvaffaqiyatli foydalanishning namunasi. Janubiy Amerikadagi bu shaharning keng shoh koʻchalaridagi maxsus ajratilgan yoʻlaklari boʻylab Neobus Mega BRT kabikatta sigʻimdagi transport vositasi qatnaydi.

Neobus modellari avtobussozlikning Shvetsiyalik mutaxassislari - Scania va Volvo kompaniyalari qoʻllab-quvvatlashi yordamida yaratilgan. Bu avtobus ekologik toza boʻlgan 100 foiz bioyoqilgʻi hisobiga harakatlanadi. Poezdlardagi kabi eshiklar koʻp miqdordagi yoʻlovchilarning tez harakatlanishiga imkon tugʻdiradi.

30-metrli nemis qurilmasi Germaniyaning Drezden shahridagi koʻchalarda.
Avtobus loyihasiYevropa shaharlarining transport muammolarini hal qilish maqsadida Raungofer institutida ishlab chiqilgan. U shahar koʻchalaridagi mini metro kabi tejamkor chatishma dvigatellarda ishlaydi. Maxsus kompyuter tizimi uch qismli avtobusni oddiy avtobusdayboshqarishga yordam beradi.

Göppel AutoTramExtra Grand avtobusi Drezden shahrining koʻchalarida oʻz debyutini oʻtkazdi. Ubir yurishda 258 ta yoʻlovchini tashish imkoniga ega. Xitoyning Pekin va Shanxay shaharlari ham shu avtobusga oʻz buyurtmalarini berishga ulgurdi.

Gollandiyaning DAF firmasining rekordchi giganti Afrikadagi Kongo Demokratik Respublikasida qatnaydi. Uning ogʻirligi 26 tonnaga teng, bir yurishda esa 350 gacha yoʻlovchilarni tashiy oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



