Qiziqarli maʼlumot: Gʻayrioddiy qobiliyatga ega boʻlgan noyob insonlar oʻntaligi

Superqahramonlar haqidagi filmlarning muxlislaribunday qahramonlar haqiqatdan ham hayotda, bizning oramizda borligini bilsalarjuda hayron boʻlsalar kerak. Bu odamlar filmdagi syujetlarga oʻxshab oʻzgasayyoralardan uchib kelmaganlar yoki oʻrgimchak-mutantlar tomonidannurlanmaganlar ham. Yoʻq. Ular shunchaki ekstraordinar shaxslardir – yaʼninoyob qobiliyat egalaridirlar va koʻpgina noodatiy ishlarni qilishga qodirlar.
Bugungi maqolamizda shunday odamlar haqida gap borarekan, avvalambor ularning qobiliyatlari va imkoniyatlari haqida tanishishingizmumkin.

Odatda odam olti tilni oʻzlashtira olishi va ulardan faqat uchtasidagina mukammal soʻzlasha olishi mumkin. Qolganlarida esa ozgina xatolar bilan gaplashish yoki yozishishlari mumkin. Lekin ajabo – Garold Uilyam 58 ta tilni mukammal oʻzlashtira olgan!
Uilyam 1876 yilning 6 aprelida Yangi Zelandiyadagi Oklend shahrida dunyoga keldi. Bolaligida u hamma qatori oddiy bola boʻlib koʻrindi. Biroq 7 yoshida u turli chet tillarni oʻzlashtirishi kerak edi. Birinchilardan boʻlib oʻzlashtirish uchun qiyin boʻlgan lotin tilini oʻrgandi. Maktabga qadam qoʻyayotganida Uilyam 10 ta tilni bilar edi. U Oklanddagi universitetda, soʻngra Myunhendagi universitetda tahsil oldi va 26 yoshida lingvistika (tilshunoslik yoʻnalishi) boʻyicha falsafa doktori darajasiga erishdi.
Otasi ruhoniy boʻlgan Uilyams ham shu yoʻlni tanladi va shu mavzuda ikkita kitob yozdi. U shuningdek jurnalist hamda Britaniya elchisining Rossiya ishlari boʻyicha maslahatchisi ham boʻlib ishlagan. Baʼzi guvohlarning aytishlaricha, u rus tilida ruslardan ham yaxshi soʻzlasha olgan va yozgan.
Garold Uilyamsning shuncha tillarni oʻzlashtira olish qobiliyati – inson miyasining imkoniyatlari chegarasidan oʻtib ketadi. Shu kungacha Uilyams kabi shu darajada koʻp tillarni bilgan bironta inson topilmagan va bundan keyin ham paydo boʻlishi amrimahol.

Afsonalarda aytilishicha, samuraylar dunyoda yashab oʻtgan eng oliyjanob va tajribali jangchilar boʻlganlar. Bu jangchilarning qobiliyatlari “supersamuray” nomiga sazovor boʻlgan Isao Machiiga meros sifatida oʻtgan. Machii fenominal koʻnikmalari tufayli Ginnessning rekordlar kitobidan joy olishga muvaffaq boʻlgan.
Machii “Iaido” jang sanʼatining ustasi hisoblanadi. Yaʼni qinda turgan qilichni oʻta epchillik bilan olib, raqibni bir zumda magʻlub qilish sanʼati. Bu samuray oʻzining qilichini noodatiy aylantira olish mahorati bilan muntazam ravishda ommani hayratga solib kelgan.
Uning qilich aylantiarayotganini koʻrganlar, oʻz koʻzlariga ishonmaydilar, chunki bunday harakatlarni qilish inson bolasining qoʻlidan kelishi ajablanarlidir. Ammo inson bolasi ega boʻla olmaydigan bunday sensor qobiliyat Machiida bor va bu uning noodatiy iqtidori hisoblanadi.
Pnevmatik quroldan otilib, soatiga 200 mil (321,87km/soat) tezlikda uchayotgan drobinkani qilichini qinidan chiqarib oʻrtasidan boʻlib yuborishi – uning eng taassurotli tryuklaridan biridir. Bu tryuk videotasmaga tushirilgan va unda bu mohirlik qanday bajarilganini bemalol koʻrish mumkin.
Oddiy odam otilgan narsani endigina eshitib, uni his qilgunga qadar, Machii drobinkani uchib borish joyini aniqlab olib, yengil va osongina harakar bilan uni boʻlib yuboradi. Ushbu tryukning videosi Internetda bor. Unga ishonish uchun bu videoni bir bor koʻrish kerak. Bu qobiliyat Machiining iqtidorlaridan biridir, “samuray”ning qoʻlidan keladigan mohirliklari hali juda koʻp.

Liam Hoekstra 2005 yilda tavallud topgan va hozirda Michigan shtatida oʻzini asrab olgan ota-onasi Dana va Hoestralar bilan birgalikda yashamoqda. Liamning noodatiy kuchi haqida besh oyligida toʻsatdan u vertical tayanish harakatini bajarayotganida maʼlum boʻldi. Bu mashqni toʻgʻri bajarish uchun gimnastikachi ikkala qoʻllarini yon tomonga choʻzib turib, qoʻllari bilan xalqalarga tayangan holda oʻz tanasini bir necha soniya ushlab turishi kerak boʻladi. Bunday mashq gravitatsiya qonunlariga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
Liam esa bunday murakkab va bajarilishining imkoni boʻlmagan harakatni bemalol qiynalmasdan bajardi. Uning ota-onasi bunday harakatlarini koʻrib, Liamni gimnastika toʻgaragiga yozdirdilar. Boshqa bolalar asosiy mashqlarni bajarishga qiynalayotgan bir paytda Liam ularni hech qiynalmasdan bajarar edi.
Tibbiyot testlari hamda tekshiruvlardan keyin Liamda kamyob uchraydigan ”mushak gipertrofiyasi” nomli irsiy kasallik borligi maʼlum boʻldi. Bu kamdan-kam uchraydigan xastalik boʻlib, bunda mushak toʻqimalari shunchalik tez oʻsganlaridan yogʻ yigʻilishiga ham ulgurmaydi. Bunda skelet hamda mushak massasi yurakka zarar bermagan holda va nojoʻya taʼsirlarsiz oʻsib boradi.
Liam kun boʻyi divanda oʻtirib, muzqaymoq va chipslarni paqqos tushirishi va shunda ham boshqa oʻzi tengi bolalardan ahvolining yaxshiligi bilan ajrlib turishi mumkin. Uning kuchi va oʻsish tezligi tengqurlari orasida ajralib turadi va kuch bilan bogʻliq boʻlgan har qanday harakatni qiynalmasadan bemalol bajara oladi. Hozirda oʻz tengqurlari orasida dunyodagi eng kuchli odamlardan biri hisoblanadi.

Bayron Fergyuson oddiy odamlarga qaraganda ancha oʻtkir koʻzga ega – 20/15. Umumiy xulosaga kelganda bu koʻrsatkich u 20 fut uzoqlikdagi narsani koʻra oladi, oddiy odamlar boʻlsa 15 fut uzoqlikni koʻrishi mumkin. U aql bovar qilmaydigan darajadagi mohir kamonchi boʻlish uchun uzoqni koʻrish qobiliyatini ishga soladi.
12 yoshidan boshlab kamon va oʻqlarga mahliyo boʻlgan, Fergyusonning aytishicha, mohir kamonchi boʻlish uchun kamon va oʻq tana aʼzosidek boʻlishi kerak. Oʻq otish malakasini oshirish uchun, Fergyuson oʻzining kamondan oʻq otish uslubini ishlab chiqdi, qorongʻi xonada oʻtirib shamlar yorugʻida oʻq uzardi.
U milliy uzun kamon ishlatardi, uning yana bir qobiliyatlaridan biri xotini havoga uloqtirgan aspirin tabletkalarini urib tushirishi yoki ketma-ket sakkizta tangalarni va kartalarni oʻq uzib boʻlib tashlashidir.
U eng qiyin oʻq uzishlaridan birini Yaponiyadagi teleshouda suratga olish jarayonida namoyish qildi. Undan kamondan oʻq otib, uni brilliant uzukli halqadan oʻtkazishini soʻrashdi. Fergyuson bunday topshiriqni kutmaganligiga qaramasdan, oʻqni birinchi urinishdayoq nishonga tekkazdi. Bir kuni teleshou ochiq havoda suratga olinayotganida apachi hindulari uni “Tdo-ee-cee-e” “, deb nomladilar, yaʼni hech qachon nishonda adashmaydigan. Ha, juda toʻgʻri.

“Tummo monaxlari” nomi bilan mashhur boʻlgan hamda bir necha Tibet monaxlaridan iborat boʻlgan kichik bir guruh butun dunyodan kelgan mehmonlarni chuqur meditadsiyaga kira olishi bilan oʻziga jalb qiladi. Bunda tanada quvvat shunchalik jamlanadiki, natijada tana harorati koʻtarilib borib, aql bovar qilmas darajaga yetib boradi. Olimlar bunga ilmiy izoh berishdan ojizlar.
Kung-fu va taytsi jang sanʼatining ustasi bu qobiliyatni yanada takomillashtirdi. U jang sanʼatlarining buyuk ustasi hamda Tsigun yoʻnalishining tabibi usta Chjoudir. “Tsigun” soʻzidagi “Tsi” boʻgʻimi issiqlik deya tarjima qilinadi, aynan ana shu narsa buyuk usta shuhratining asosiy mezoni hisoblanadi.
U issiqlikni qoʻlida jamlay oladi, keyin qoʻlini bemorning tanasiga qoʻyib, ogʻriqni toʻxtatadi. Bu inson 1934 yilda Chjou Tin Szyue nomi bilan dunyoga keldi, u U Dannining naslining 18 - avlodi boʻlib,buyuk ustoz hisoblanadi.
Undan qobiliyatini namoyish qilishini soʻrashganda, u qoʻlida yumshoq loyni quritar yoki suv toʻldirilgan stakanni qoʻlida ushlab qaynatib yuborar edi. Undan yuzlab bemorlar hatto Dalay – lama va professional basketbol guruhi “Los – Anjeles Leykers” ham minnatdordir.
Qobiliyati va mashhurligi tufayli uni “Xitoy Xazinasi”deb atashadi. Bu odamning qobiliyatlariga shubha bilan qarovchilar ham, olimlar ham buyuk usta Chjou ishtirokida tadqiqot oʻtkazdilar, biroq bunday gʻayritabiiy qobiliyatning javobini topa olmadilar. Chjouning aytishiga qaraganda, uni kuchi oʻzining “Tsi” quvvatini meditadsiya yordamida ishlata olish iqtidorining samarasi hisoblanadi.
Uning qoʻlidan tarqalgan issiqlik harorati farengeyt boʻyicha 202 gradus issiqlikni koʻradigan moslama yordamida tasdiqlangan. Uning yana bir ajoyib qobiliyatlaridan biri – bir varoq qogʻozda butun tanasining ogʻirligini ushlab tura olishidir. Ha, u haqiqatdan ham oʻta noyob va gʻayrioddiy qobiliyat egasidir!

Yuqorida biz Bayron Fergyusonning noyob koʻrish qobiliyati haqida aytib oʻtgandik. Veronika Sayder janob Fergyusonni unchalik yaxshi koʻrolmaydi, deb hisoblashi mumkin. Gap shundaki, oddiy odamning koʻrish qobiliyati 20/20 boʻlsa, Bayron Fergyusonda bu qobiliyat – 20/15 ni, Veronika Sayderda esa 20/2 natijanikoʻrsatadi.
Bu koʻrsatgich odam 20 fut uzoqlikdagi mayda detallarni ham koʻra olishini bildiradi (6,1), Veronika boʻlsa ancha uzoqlikdagi milni ham koʻrishi mumkin (1609,34)! Uning bunday noyob koʻrish qobiliyati oddiy odamning koʻrish imkoniyatidan ancha oʻzib ketadi. Bu asl maʼnoda gʻayrioddiy qobiliyatdir.
Veronika 1951 yilda Janubiy Germaniyada tugʻilgan, u hamma qatori oddiy bola boʻlgan, noyob qobiliyatlari esa 1972 yilda namoyon boʻla boshlagan, u oʻsha paytda Shtutgart universitetining talabasi edi. U bir mil uzoqlikdagi odamni koʻra olardi va obyektgacha qancha masofa borligini aytib bera olardi.
Veronikaning koʻzini teleskop bilan tenglashtirdilar. Aytishiga qaraganda, u muayyan bir rangning qanday tuslardan iborat ekanligini ham koʻra olar ekan. Qisqa qilib aytganda, biz umuman barcha ranglar 3 ta asosiy rangdan kelib chiqishini bilamiz: qizil, yashil va koʻk. Oddiy odam ranglarni ushbu uchta tuslar aralashib, birlashgandagina koʻra oladi. Veronikaning qobiliyati bundan ham oʻtadi, yaʼni bu ranglarni tashkil qiluvchihar bir tusni alohida ilgʻay oladi.
Oʻzini gʻayri oddiy qobiliyatiga qaramasdan, Sayder oddiy odam kabi taʼlim olishni davom ettirdi va orzuyiga erishdi. Hozirda u Janubiy Germaniyada tish shifokori boʻlib ishlamoqda.

Yoshligidanoq yetim boʻlib qolgan Pan Tsinfu Xitoy qishlogʻining kriminal koʻchalarida katta boʻlgan. Oʻzining ukalari va singillarini himoya qilishga majburligini anglagandan keyin u Xenan viloyatidagi mashhur Shaolin ibodatxonasiga borib, budda falsafasi va jang sanʼatini oʻrganishni boshladi.
Pan oʻrganganlarini tezda oʻzlashtirib, murabbiy darajasiga koʻtarildi va natijada kung-funing 20 ta turli uslubining ustasiga aylandi.U bir nechta kung-fu boʻyicha musobaqalarda gʻalaba qozondi va Xitoyning bir qancha universitetlarida jang sanatidan saboq berdi. Soʻngra u kung-fu terma jamoasining murabbiyi, keyinchalik esa jang sanʼatining dunyodagi eng obroʻli shaxslaridan biriga aylandi.
Pan Tsinfuning asosiy xususiyatlaridan biri “temir musht” texnikasi boʻlgan. Oʻzining texnikasini mukammallashtirish uchun u usti qattiq narsalarga zarba berib, ularni sindirgan va bu mashgʻulotni kuniga 1000 martalab bajargan va bu bilan oʻzining shaxsiy zarba usullarini ishlab chiqqan.Uning zarba berish usullarining koʻp boʻlishiga qaramasdan, aynan temir mushtiga raqiblari bardosh bera olmas edilar. U oʻzining zarbasi bilan istagan odamini hushidan ketqiza olar edi. Biroq uning aytishicha, raqibining oʻlimi bilan tugagan janglarda u hech qachon bu noyob zarbasini qoʻllamagan.

Dunyoda Bryus Li haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Uning afsonaviy jang sanʼatining mahorati koʻpgina filmlarda koʻrsatilgan, biroq hayotda undan ham salobatli edi. Aslini olganda, filmlarda kameralar Bryusning zarbalarini aniq suratga tushira olishlari uchun u oʻz zarbalarini sekinlatishga majbur boʻlgan.
Bryus 1940 yilda Kaliforniya shtatida tugʻilgan, biroq u Gonkongda yashagan va u yerda taniqli jang ustasi Ip Manning qoʻli ostida Wing Chun Kung Fu jang sanʼatini oʻrgangan. Oʻsmirlik paytida Bryus koʻcha janglarida koʻp ishtirok etgan va buning natijasida mahalliy politsiyadan qochib yurishga majbur boʻlgan. Bryusning ota-onasi oʻgʻillarini turli koʻngilsizliklardan asrab qolish maqsadida uni opasi bilan birgalikda AQSHga yashashga yuboradilar.
Bryus AQSHda yashar ekan, bu yerda milliy jang sanʼatini namoyon qilishda cheklovlar borligidan afsus chekar edi. Shuning uchun u oʻzining Jeet Kune Do nomli uslubini ishlab chiqdi. “Oʻzib ketgan musht yoʻli” maʼnosini beruvchi bu uslub noanʼanaviy jang sanʼati boʻlib, Bryus uni oʻzining falsafasi deb hisoblar edi. Bu uslub raqibning tashlanishga tayyorgarlik koʻrayotgan paytida epchillik va mohirlik bilan hujum qilishga asoslangan edi.
Bryus Li kichik harakatning ham katta samara berishiga ishonar edi. Bryus oʻzining jang sanʼatini oʻrganayotganda ham, namoyish qilayotganda ham tanasini mukammal inson imkoniyatlarining choʻqqisiga olib chiqa oldi hamda noyob insoniy qobiliyatlarini koʻrsata oldi. U polda bitta barmogʻida otjimaniye qilib turib, qoʻlini choʻzib turib, ovqat choʻplari yordamida mayda guruchlarni ilib olar edi.
Uning eng lol qoldiruvchi texnikasi – yakson qiluvchi zarbasi boʻlib, uning yordamida raqibini bir necha metr orqaga uchirib yuborishi mumkin edi. Agar siz Bryus Li ning mohirligini filmlarda koʻrganman,deb oʻylasangiz xato qilasiz, uning hayotdagi qobiliyati filmlardigidan bir necha oʻn barobar kuchli edi. Bryus Li shubhasiz, barcha zamonlar jang sanʼatining eng kuchli va nufuzli ustasi edi.

Masutatsu Oyama 1923 yil 27 – iyulda Janubiy Koreyada tugʻilgan. U Shotokan va Goju-ryu karate ustasi boʻlib, togʻga chiqib yolgʻizlikda jang sanʼati bilan shugʻullangan. Uning mashqlari juda qattiq edi va qoʻli bilan toshni ikkiga boʻla olishni, daraxt tanasini sindra olishi, muzlab qolayotgan sharshara suvlarida choʻmilishi kerak edi.
Sivilizatsiyaga qaytishi bilan, tajribali jang sanʼati ustasi ekanligiga amin boʻldi. U oʻzini ustaligini namoyish qila boshladi, shisha butilkalarini tepa qismiga qoʻl bilan zarba berib sindirar, toshni bir zarba bilan ikkiga boʻlar yoki quruq qoʻli bilan buqa bilan olishardi. U 52 ta buqani magʻlub qilib, yerga yiqitgan, kaft bilan zarba berib buqalarni shoxlarini sindirgan, uchta buqani boʻlsa boshiga zarba berib oʻldirgan. Uning xavfli zarbasi tufayli uni “Ilohiy qoʻl” deb nomlashgan.
Oyama 1952 yilda Qoʻshma Shtatlar boʻyicha turne uyushtirdi, u bilan urishmoqchi boʻlgan koʻngillilarning taklifini qabul qilar ekan, jangni birgina yakson qiluvchi zarbasi bilan tugatib qoʻya qolar edi.
1957 yilda u oʻzining yangi karate texnikasini ishlab chiqdi va unga “Kyokushin uslubi” nomini berdi. “Buyuk haqiqat” maʼnosini beruvchi ushbu uslub eng murakkab va qattiqlaridan edi.
Oyama oʻzining jang sanatida oʻzini kumite (toʻxtovsiz janglar ketma-ketligi) yordamida pishitgan. Yaʼni jangda gʻolib chiqqan jangchi toʻxtamasdan keyingi janglarga birin-ketin kirishishi kerak edi. Oyama kuniga100 tadan jangchi bilan urushib, uch kun davomida 300 ta jangchini magʻlub qilgan.
U faqat raqiblari jangni davom ettira olmasliklarini bilgandan keyingina toʻxtagan. Kyokushin karatesi boʻyicha 4-darajani olish uchun100 ta raqibni ketma – ket magʻlub qilish kerak. Bu qonun hozirda ham amal qiladi. Noyob qobiliyat egasi boʻlgan hamda “Ilohiy qoʻl” nomi bilan tanilgan buyuk karateustasi Mas Oyama 1994 yil 26 aprel kuni 70 yoshida vafot etdi.

Har yili minglab odamlar elektr tokidan jarohat oladilar, baʼzilari hatto jon beradi. Bu haqida havotir olmaydigan yagona odam bu – Slavisha Paykich “quvvatli – odam”dir.
Paykich gʻayritabiiy odamlar orasida oʻzining tokni ushlab turish va oʻtkaza olish kabi noyob xususiyati bilan ajralib turadi. U oʻzining tanasidan elektr quvvatini xohishiga qarab chiqara olar, masalan bir telekoʻrsatuvda u taxta va qogʻozdan boʻlgan predmetlarga qoʻlini tekizishi bilan yonib ketgan edi. Oʻzining elektr quvvatli qobiliyatining isboti sifatida xonada simlarni ulab, syomkaga tayyorgarlik koʻrayotgan operatorni tok bilan urib yuborgani boʻlishi mumkin.
Paykich namoyishga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtida oʻzida katta miqdorda elektr quvvatini jamlayotgan edi, aynan shu payt operator unga roʻbaro keldi. Paykichdan chiqayotgan kuchli quvvat uni qay ahvolga tushirganini tasavvur qilib koʻring.
Asl millati serb boʻlgan bu xavfli qobiliyatli odamning bolaligi hamma qatori oddiy oʻtgan. U oʻzidagi bu gʻayritabiiy qobiliyatini 17 yoshida aniqlagan va hanuzgacha u bilan fahrlanib keladi. Oddiy odam 50 voltdan jiddiy jarohat olishi mumkin, Paykich esa oʻzida 20.000 voltgacha boʻlgan elektr tokini jamlab, ushlab tura oladi.
1983 yilda u 20.000 volt elektr kuchlanishini oʻziga urdirib, nafaqat tirik qoldi, balki birorta ham jarohat olmadi va shu bilan jahon rekordini oʻrnatdi. 2003 yilda esa oʻzining tanasidan bir chashkadagi suvni 97° C gacha qaynatishga yetadigan elektr quvvatini oʻtkazib, yana bir jahon rekordini oʻrnatgan.
Serbiyalik bu inson ehtiyoj va xohishiga qarab oʻz tanasidan isitgich, batareyka, akkumulyator, dielektrik sifatida foydalanishi mumkin. Koʻpgina tadqiqotlar va tekshiruvlardan keyin ham olimlar Paykich bunday gʻayritabiiy narsalarni qanday bajara olayotganligini tushunmayotganliklari yana bir jumboqdir! Baʼzilarning aytishicha, bu narsa hozircha ilmga nomaʼlum boʻlgan irsiy qusur boʻlishi mumkin, aslida esa buni hech kim bilmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



