Joy juda kam boʻlganida omborchani shinamgina ishchi kabinetga aylantirish usullari

Axir bu mittigina xona toʻlaqonli kabinet boʻlib qolishi mumkin! Quyida ivirsib ketgan omborchani aqliy mehnat uchun juda qulay joyga aylantirishning 17 koʻrgazmaviy namunasini toʻplab hukmingizga havola etmoqchimiz.

Omborchani qayta jihozlashga kirishishdan avval, birinchi navbatda uni hamma narsadan boʻshatib, kattaligi va chuqurligini oʻlchab olish kerak. Agar omborcha foto namunadagiday sigʻimligina boʻlsa, unda bemalol deyarli butun bir xonani jihozlash mumkin. Bu omborchaning devorlarini toʻq kulrang tusga boʻyab chiqilsa, bu shu burchakka juda uslubiylikni, maxfiylik va yolgʻizlik muhitini bahsh etadi. Ustun shaklidagi taglikka ega boʻlgan moʻjazgina stolda ishchi kompyuterni, bir necha taxta tokchalarda esa kitoblar bilan hujjatlarni joylashtirish mumkin.

Xatto eng kichgina omborchani ham juda qulay ish joyiga aylantirsa boʻladi. Birinchi navbatda oboylarni tanlang. Buning uchun eng avvalo boʻshliqning ancha kengroq qilib koʻrsatadigan yorqin va pokiza tuslar juda mos keladi. Mebeldan bir necha taxta tokchalar kerak boʻladi. Bu tokchalarning biri stol vazifasini bajaradi. Shu bilan birga bu yerda juda qulay oʻrindiq va yoritish moslamalari oʻrnatilsa bas.

Omborchaning oʻrnida ishchi joyni jihozlashda oʻz didingizni hisobga oling. Shuni esda tutingki, bu joyning interyeri kelgusida sizning ishingiz va kayfiyatingizga bevosita taʼsir qiladi. Masalan, ayollar mini-idorasining devorlarini gulli bezaklar tushirilgan yoppa pushti oboylar bilan qoplash mumkin. Interyerni oppoq taxta tokchalar, chiroyli qutichalar va yorqin aksessuarlar bilan toʻldirish mumkin. Agar bu joy oʻta kichgina boʻlsa eshikning oʻrniga tarang parda oʻrnatilgani afzalroq.

Oʻta kamtarin xonadonlarning egalari uchun begona koʻzlardan darrov yashirish imkoni boʻlgan funksional ishchi joyni yaratish gʻoyasi juda ham koʻngliga mos kelsa kerak, albatta.Bu istakni amalga oshirish uchun omborcha boʻshligʻini toʻlaligicha egallaydigan tortma taxta tokchalar yordam beradi. Bu tokchalarda kompyuter, hujjatlar va boshqa idora texnikasini joylashtirsa boʻladi. Ishni boshlash uchun esa faqat eshikni ochib taxta tokcha-stolni tortib chiqarish va uning oldiga stul qoʻyish kerak boʻladi xolos.

Kichik omborchada tashkil etilgan ichshi taxta tokcha-stol, saqlash tizimi va ochiq holatda improvizatsiya tarzida, yaʼni tayyorgarliksiz vujudga keluvchi devorlar vazifasini bajaruvchi yigʻiluvchan eshikli yorqin ishchi joy. Marhamat, eshiklarni ikki chetga surish bilan ochib, stul qoʻysangiz boʻldi. Ham chiroyli, ham samarali va eng asosiysi – juda qulay.

Katta omborcha faoliyat uchun kattaroq maydon. Savod bilan yondoshish bunday boʻshliqni mukammal bir idoraga aylantirib yuborishga qodir. Bunday noandazaviy boʻshliqni jihozlashga buyurtma boʻyicha tayyorlangan burchak garnituri yordam beradi. U oʻrnatilgan torma gʻaladonli ihcham stol, poldan shiftgacha boʻlgan stellaj, devoriy shkaflar va tokchalardan iborat boʻlishi mumkin.

Katta boʻlmagan omborchani olov rang devorli, ensiz stol ochiq taxta tokcha va bir necha suratlarga ega joʻshqin ish joyiga aylantirishning ajoyib namunasi. Bunday boyitilgan interyer, shubxasiz, oʻz egasiga yaxshi kayfiyat va quvvat bahsh etib, oʻta samarali mehnatga beihtiyor undaydi.

Qoʻlbola stolchali va turli mayda narsalar uchun ikkita taxta tokchali mittigina oppoq kabinet–oddiy andazaviy kichik omborchadan nima qilish mumkinligining yorqin namunasi. Bu kabi ishchi joy ijodiy shaxsga juda ham mos va uni mardona va samarali mehnatga, qolaversa, yangi gʻoyalar sari intilishga undaydi.

Kichkina omborchada idora texnikasini yashirib qoʻyish, shuningdek yozuv stolini qoʻyish ham mumkin. Shunday qilib, siz zerikarli idora texnikasidan uyni holi etib ishva uyni ajratib qoʻyishingiz mumkin.

Devorlardagi grifel taxtasi, oʻziga xos yogʻoch tokcha-stoli, koʻtariluvchi oʻrindiqli pufik kabi butlovchilari bor kichgina kabinet –oʻta kichik omborchani juda puxta oʻylangan va savod bilan foydalanishning yorqin misoli.

Kichik boʻshliqlar toʻgʻrisida gap ketganida eng qiyini mebel bilan saqlash tizimini tanlash. Shu tufayli, omborchadagi idora uchun poldan shiftgacha boʻlgan stellajlar juda mos keladi.

Zinapoyali xususiy uylarning egalari u yerlarda kichik yordamchi xonachalarni tashkil qiladi. Vaqt oʻtib bunday xonani ihchamgina stolli va taburetli moʻjazgina ishchi joyga aylantirish mumkin.

Tor xonadagi koʻm-koʻk oboylar toʻla quvvatli yozuv stoli va hujjatlar uchun taxta tokcha bir baytlar omborcha boʻlgan.

Avval omborcha egallagan taxmonda joylashtirilgan stellajlar, P-simon stolga ega klassik uslubdagi chiroyli kabinetning noanʼanaviy koʻrinishi.

Kerak boʻlmagan omborchadan foydalanishning yana bir varianti –eshiklar demontaji va taxmonda kichgina kabinetni joylashtirish. Mittigina yigʻma stol va oʻziga xostaxta-tokcha bu joyni juda shinam va qulay qiladi.

Eshiklardan qutilib, yorugʻlik qoʻshib va devorlarni yorqin va quvnoq ranglarga boʻyalganidan soʻng yarim metrli omborcha juda qulay xonaki idoraga aylanadi.

Bu yarim dumaloq taxmon ichidagi oʻziga xos uslubiy ish joyi, bir vaqtlar foydasi kam boʻlgan omborcha boʻlgan. Kosmetologiya sohasidagi shifokorlar boʻlgan xonadon egalari eshiklarni olib tashlagan holda boʻshliqning chegaralarini jinday oʻzgartirib, sifatli tashqi ishlov berdilar va natijada dizaynerlik mini-idorasi vujudga keldi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



