Sem amaki – u kim va bu suratning tarixi qanday?

Karikaturachi rassom Tomas Nast tomonidan yaratilgan personaj turli siyosiy sahnalarga chiqib keldi.

Fuqarolik burchini bajarishga chaqirib koʻrsatkich barmogʻini tomoshabinga qaratgan Sem amakining portreti dastlabki suratdan 60 yil oʻtganidan soʻng dunyoga kelgan.Odamlarga taʼsir koʻrsatgan effektga Yevropada baho berilgan. Natijada “Sem amaki” plakatining gʻoyasi asosida koʻpdan koʻp variatsiyalarda, shu jumladan“Ona-vatan” sovet plakati ham vujudga kelgan.
“Sem amaki” iborasining kelib chiqishi hanuzgacha juda ham koʻp bahslarga sabab boʻlib kelmoqda. Odatda “Sem amaki” deyilganida 1812-1815 yillarda Angliya bilan boʻlgan urush paytida amerikalik askarlarga goʻsht yetkazib berib turgan savdogar Semyuel Uilson bu iboraning kelish chiqish manbai deb hisoblanadi. Semyuel Uilson yetkazib berayotgan mol goʻshtining boʻlaklarida davlat buyurtmasi ekanligini yuildirish uchun “U.S.” harflari bilan belgilangan tamgʻa boʻlgan. Ammo xushchaqchaq askarlar bu qisqartmaga boshqa kengaytirib oʻqishni oʻylab topganlar – Uncle Sam (Sem Amaki). Bu hazil juda ildiz otib yubordi va Sem Amaki Amerika Qoʻshma Shtatlarini tanishtiruvchi timsolga aylanib qoldi.

Jurnallarda ushbu qahramon portretining dastlabki variantlari paydo boʻla boshladi. Taniqli obrazning asosini karikaturachi Tomas Nast yaratdi.

U mustaqillik uchun urush paytidagi Yangi Angliya bilan bogʻliq boʻlgan Aka Djonatan obrazining bir necha detallaridan, shuning bilan birga Konfederatsiyaning birinchi va yagona prezidenti Djefferson Devisning suratbop jihatlaridan foydalangan.
Natijada kelishmagan kostyum kiygan va silindrsimon shlyapasi ostidagi xoʻppaygan oqsochli qotma chol vujudga keldi. Bu 1870 yillarda roʻy berdi. 19 asrning ohirida Nast hamda boshqa karikaturachilar yordamida “Sem amaki” nomli qariya butun dunyo uzra AQSH bilan bogʻliq boʻlib qoldi.

1917 yilda Amerika hukumati buyurtmasiga asosan Djeyms Montgomeri Flegg nafaqat yulduz darajadagi rassomning ijod choʻqqisi boʻlib qolgan, balki AQSH armiyasiga oʻn minglab koʻngillilarni yetaklab kelgan palkatni chizdi. Yuzida qatʼiyatlik, jiddiylik, talabchanlik paydo boʻlgan Sem amaki plakatdan butun millatga murojaat qilib turgandi: «I Want Youʼ for a US Army» (Seni Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasida kutaman). Ushbu plakatning notiqliligi bilan birga koʻzga koʻrinar obrazi shubhaga bir daqiqa ham qoldirmay ushbu daʼvatga inkor bilan yondoshishga zarracha ham imkon qoldirmagan.
Davroqe, Djeyms Flegg “Sem amaki”ni plakatdagi obrazini yaratish uchun Nast suratini asos qilib olgan boʻlsa-da, uning yuz qiyofasini oʻz aksiga qarab chizgan. Plakat gʻoyasi esa Britaniyalik agitatorlardan olingan boʻlsa kerak.

Buyuk Britaniyava AQSHning muvaffaqiyatlari tajribasidan Rossiyada ham foydalanilgan. Masalan, Dmitriy Moor koʻngillilar qatoriga qoʻshilishga daʼvat qilayotgan “budyonovka” qalpogʻidagi qizil armiya askarining obrazini yaratgan.
Oradan 20 yil oʻtib huddi shu mavzuga Irakliy Toidze ham qaytgan: uning 1941 yildagi “Ona-vatan daʼvat qiladi!” plakatida qizil armiya askari bilan Echen Delakrua barrikadalaridagi Ozodlik birlashtirilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



