Dunyoning eng zaharli suv havzalari

Shotlandiyaning chiroyli koʻllari nafaqat Lox-Ness pleziozavrini izlash bilan mashhur, balki ular Britaniya orollarida ikki asrdan buyon asosiy kemasozlik kanallarining biri sifatida ham tanilgan. Endi keling, inson tufayli hayot boshqa yoʻq va bundan buyon ham boʻlishi amri mahol boʻlgan koʻllarga bir nazar tashlaymiz.

Rio – daryo,Tinto – qizil. Braziliyani oʻz vaqtida Portugaliyalik kolonizatorlar qizil daraxtning maxalliy nomi sharafiga shunday deb nomlaganlar. Ispaniyaning Andalusiya provintsiyasi Yevropada joylashgan. Achinarlisi shuki, mana uch ming yildan buyon bu yerda oltin, kumush, mis, nikel, molibden qazib olinadi. Oʻrta asrlarda bu yerda simob ham qazib olingan. Koʻpchilik oqova kanallari kelib tushadigan bu koʻl ifloslanishining oqibati nima boʻlishi qiyin emas. Juda gʻalati boʻlsada bu yerda ekstremal bakteriyalar yashaydi. Ularga havo kerak emas (ular anaerob bakteriyalar), lekin azot kerak. Astrobiologlarning aytishicha, bakteriyaning bu turi Marsda ham yashab ketishi mumkin.

Bu koʻlga atomchi olimlar faqatgina bir maqsadda borishlari mumkin: oʻz hayotini qiyin ajal bilan yakunlash maqsadida. 1975 yilda roʻy bergan Kishtim halokatidan keiyn bu yerdagi rohatu farogʻatni aks ettiruvchi manzara ortida strontsiydan plutoniygacha eng halokatli radioaktiv elementlarning izotoplari yashiringan. 2017 yilda oʻtkazilgan oʻlchovlar shuni koʻrsatdiki, koʻlning boʻyida kimyoviy va radiatsion himoya kostyumisiz bir soatdan ozroq vaqt davomida hozir boʻlish radiatsiyaning mutlaq halokatli miqdorini ilib olishga olib keladi. Shunga qaramay baliqchilar koʻlning ayrim joylarini juda yaxshi koʻradi, chunki u yerlarga mislsiz katta baliqlar suzib yuradi. Biroqbu tutilgan baliqlarni yeyishga hali hech kim jurʼat qilmagan.

Hind okeani juda ham katta. Indoneziya arxipelagi – dunyodagi eng kattasi. Ammo ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar sanoat revolyutsiyasidan ancha oldinroq boshlangan. Hozirgi paytda eng kamida 300 milliondan ortiqroq odam tropik iqlim sharoitida ichimlik suviga boʻlgan oddiy tashnalikni qondirish uchun yuvindi va magʻzavani qaynatishiga majbur. Sitarum koʻliga yuzdan ortiq kimyoviy korxonalarning suyuq chiqindilari toʻkiladi. Koʻp hollarda bu chiqindilar sholizorlarga ham yetib keladi. 2011yilda hukumat bu qaltis vaziyatni zudlik bilan tartibga solishga qasam ichdi.15 yilga moʻljallangan koʻl reabilitatsiyasi loyihasini amalga oshirilishi toʻrt milliard AQSH dollariga teng deb baholangan. Hoziri paytda vaziyat juda sekin boʻlsa-da yaxshilanib boryapti.

Bu Kamchatka emas, Yellouston ham emas, ammo Dominikanadagi qaynar koʻl suv haroratining balandligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Bu geyzer vodiysi emas, toʻla quvvatli tabiiy koʻl. U Yoʻqlik Vodiysida joylashgan. Koʻlning nomlanishi oʻzini oʻzi taʼriflaydi– Selsiy harorat shkalasi boʻyicha qirgʻoqda shamolni yoʻnalishiga qarab harorat 83-93 gradusda teng boʻlishi tufayli koʻlda umuman hech kim yashamaydi. Yaxshi tomoni shundaki koʻl juda tez qaynaydi. Yomon tarafi shuki, ushbu issiqlik toʻgʻridan-toʻgʻri magmatik yoriqdan chiqib kelmoqda, shuning uchun ham uyqudagi vulqon uygʻonib ketguday boʻlsa, tropik iqlim bilan birga xatto Sibirda ham juda issiq davrlar kelishi mumkin.

Koʻm-koʻk daryo qoʻltigʻi avvallari Devonshirda tosh koni boʻlgan. Uning koʻrinishi juda chiroyli va jozibador. Lekin unga sira qoʻlingizni sola koʻrmang! Bunchalik chiroy xatto Chernobil oʻlchovlariga nisbatan balandroq boʻlgan toksik moddalarning konsentratsiyasi tufayli vujudga kelgan. Masalan, u yerdagi pH darajasi 11,3ga, konsentratsiyalangan oqartiruvchiniki esa – 12,6 ga teng. Koʻlga respiratorsiz hech kim respiratorsiz yaqinlasha olmaydi, chunki ammiakning oʻtkir hidi xatto kalamushlarni ham qoʻrqitib yuboradi. Qanchalar gʻalati boʻlsa ham tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu yerdagi suv oʻzini oʻzi tozalovchi ekan.

Kaliforniya nafaqat bir kvadrat kilometrga toʻgʻri keladigan milliarderlar soni bilan, balki oʻta izdan chiqib ketgan ekologik holati bilan ham dunyoga mashhur. “Taqasimon koʻl”– shunday joylardan bittasi. Eng katta shov-shuv rejali tekshirish oʻtkazilayotgan paytda uch nafar professional oʻrmon nazoratchilari koʻlga haddan ziyod yaqinlashgan payt bilan bogʻliq.

Juda keksa boʻlishi bilan tanholigi bilan tanigan bu koʻl Kaliforniyadagi eng havflilari ichida ikkinchi oʻrinni egallaydi. Koʻlning Tinch okeaniga chiqadigan joyi yoʻq, biroq shoʻrligi u bilan bir hil, ishqoriylik koʻrsatkichi esa 10 pHga teng. Olimlarning aniqlashlaricha bunga sabab muzlik davridan qolgan ohaktosh-tuzli kolonnalar.
Koʻlga goho qushlar uchib kelar emish. Ornitologlarning taʼkidlashicha, ularning bu yerga uchibkelishi faqat qiziqish tufayli. Qushlarning hid sezish qobiliyati juda baland va halokat darajasidagi havfni ular sezmay qolishi mumkin emas. Shunday boʻlsa-da, baribir qushlar tafodifan uchib keladi, ammo faqat eng kuchlilari bu yerdan tirik qaytishi mumkin.

Bu koʻl mana yarim asrdan beri toʻhtamay davom etib kelayotgan eng beʼmani qabilalar aro urushning old jabhasida joylashgan. Bu oʻz oʻzidan koʻlni hayot uchun oʻta havli joylar qatoriga kiritadi. Biroq tabiatning oʻzi goʻyo gʻazabga toʻlib ketganday adovatli qoʻshnilar uchun chegara oʻrnatib qoʻygan: koʻl tubidan doimiy ravishda metan bilan is gazi ajralib chiqadi; maʼlum bir hajm yigʻilib qolgudek boʻlsa, miltiqdan bir martagina otish yoki oʻchmagan gugurt choʻpini tashlashning oʻzi bu yerni jahannamga aylantirib yuboradi. Bunday hodisalar haqiqatdan ham roʻy bergan va 50-100 kilometr radius ichidagi barcha tirik jonzotlarning halokati bilan tugagan. Afrikada suv osti vulqonlari kam emas, ammo ularning ichidagi eng hiylakori aynan mana shunisi hisoblanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



