Qiziqarli

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Bugun siz uchun har qanday top modelni soyasida qoldirib ketadigan, ammo betakror tashqi koʻrinishga qaramasdan butkul oʻzgacha kasbni tanlagan insonlar haqida hikoya qilamiz. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Migel Pimenteli nternetda juda mashhur yigit, uni “Sherifning yoqimtoy oʻrinbosari” deb ham atashadi. Sababi Migel haqiqatan ham ajoyib tashqi koʻrinishga ega. U oʻzining sportchilarga oʻxshash qomati ustida juda koʻp mehnat qilgan va “Havaskorlar bodibildingi” kategoriyasidagi milliy chempionatning gʻolibiga ham aylangan. Sherif yordamchisi boʻlib ishga joylashishidan avval esa 10 yil davomida dengiz askari boʻlgan. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Britaniyalik Simon Geytli shunchalar yosh koʻrinadiki, uni liboslarni reklama qiluvchi fotomodel deb oʻylash mumkin. Simonga qarab ushbu goʻzal va yoz qiz bir koʻp farzandli ona ekanligini tahmin qilish juda mushkul. Simon 5 farzandning onasi, ammo harbir tugʻruq jarayonidan keyin ortiqcha vazndan halos boʻlish uchun harakat qilgan va shu orqali sportni muhlislari orasida ham targʻib qilishga erishgan. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Jordjiya Melburda tavallud topgan boʻlib, uning chiroyli yuzi kameralar qarshisida boʻlishga arzisa ham qiz osmonda parvoz qilishni oʻzi uchun afzal deb bildi. Uning ishi oʻta oson emas albatta, ammo juda qiziqarli ekanligi Jordjiyaning oʻzi ham tan oladi. U Emirates arab aviakompaniyasida styuardessa boʻlib ishlaydi. Unga koʻzi tushgan samolyot yoʻlovchilari odatdagidan koʻproq tabassum qila boshlasalar kerak-a?

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Lyuis “Formula-1” ning iqtidorli yulduzlaridan. U mazkur yoʻlanishda 4 karra jahon chempioni boʻlgan va zamonamizning eng yaxshi poygachilaridan sanaladi. Ammo yigit trassadagi raqiblarini yer tishlatish bilan birga tashqi koʻrinishi sababli koʻplab qiz yuragiga oʻt yoqqan. Ishonch bilan aytish mumkinki, agar u poygani emas, modellikni tanlaganida dunyo podiumlarini ham huddi poyga shohsupalari kabi zabt etardi. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Sohibjamol Alana professional serfingchi sanaladi. Qiz Gavayi orollarida ulgʻaygan va 15 yoshidan beri aynan shu sport turi bilan mashgʻul. Muntazam mashgʻulotlar qizni toʻlqinlarni zabt etibgina qolmay, ajoyib koʻrinishga ega boʻlishini ham taʼminladi. Alananing hisobida koʻplab musobaqalar gʻolibligi bor va dunyoning eng kuchli serfingchi ayollaridan biri sanaladi. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Sportchilar kabi ixchamlik va betakror tabassum moviy koʻzli bu yigitning qiyofasini toʻldirib turadi. Germaniyalik Patrik Bidenkapp kameralar qarshisida suratga tushishni ham qoyillatadi, ammo uning kasbi top-modellik emas, u professional uchuvchidir. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Ushbu yoqimtoy hamshira Tayvanda yashaydi. Nin stomotologiya markazida faolib olib boradi va uni uchratib qolish umididagi oshiqlari tish shifokoridan qoʻrqsalar ham bu erdan qadamlarini uzishmaydi. Qizning muhlislari esa uni dunyodagi eng chiroyli hamshira deb ataydilar. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Mixail Varshavskining kelib chiqishi rossiyalik, ayni paytda Nyu-Yorkda istiqomat qiladi. Tashqi koʻrinishi model boʻlish uchun keng imkoniyatlar bera olsa ham Mayk professional shifokorlik yoʻlini tanladi. Ushbu yoqimtoy yigit har kuni oʻnlab insonlarga yordam beradi, sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladi va hayriya bilan shugʻullanishga ham vaqt topadi. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Betakror Loren Sesselmanni ham model yoki ekran yulduzi deb oʻylash mumkin, albatta. Ammo u Kanada futbol komandasida himoyasi sifatida toʻp suradi. Shunga qaramay Lorenning qiyofasi  hamisha aʼlo darajada. Oʻzining husni bilan birga qiz 2012 yilda Londonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medali bilan ham maqtansa arziydi. 

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari

Norvegiyalik Gunn Nartenning suratlarini koʻzdan kechira turib, uning oʻt oʻchiruvchi ekanligi hayolingizga ham kelmasa kerak. Qiz yongʻin xavfsizligi boʻlimida 19 yoshidan faoliyat olib boradi va biror marta ham shu kasbni egallagani uchun afsus chekmagan. Gunn sport bilan muntazam ravishda shugʻullanadi, sababi bu uning professiolal kasbi uchun kerak. Internetda Gunni “Eng goʻzal oʻt oʻchiruvchi ayol”deb ataydilar.

Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
Mashhur top modellarni ham soyasida qoldirib ketadigan 10 ta turli kasb egalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar