XX asrning dunyoni oʻzgartirgan buyuk ayollari. Qatʼiyat va iroda.

Este Lauder (Jozefina Esfir Menttser) 1908 yil 1 iyulda Nyu-York shahridagi Koronada (Italiyalik immigrantlar dahasi) tugʻilgan.
Keyinchalik Lauder kelib chiqishi muhojirlar oilasidan ekanligidan va ota-onasi ingliz tilida kuchli aksent bilan gapirishidan juda uyalganini tan olgan edi.

Este oiladagi sakkiz nafar farzandning eng yoshi edi. Birinchi jahon urushi boshlanganida Este olti yoshda edi va oʻsha payt Kuinsda yashagan oilaga uning Jon Skotts ismli togʻasi qoʻshildi. U koʻplab qizlar singari oʻzining tashqi koʻrinishga doim katta ahamiyat beradigan va oʻta taʼsirchan Estega katta taʼsir koʻrsatgan. Tez orada, Este togʻasining sehrli “krem Pak” malhami – oʻzi atashicha “bankachadagi goʻzallik” bilan juda qiziqib qolgan edi. Aynan dermatolog togʻasi Esteni teri uchun kremning xil 4 formulasini yaratishga chorlagan edi. Ular haligacha ishlab chiqarishdan olib tashlanmagan. Butun dunyo urush balosi bilan mashgʻul boʻlgan paytning oʻzidayoq Djon togʻasining moʻjizakor eliksirlari uning goʻzallik va nafislik toʻgʻrisidagi bolalik orzularini mujassamlashtira edi. Quruq orzudan boshqa hech narsaga ega boʻlmagan holda Este Lauder 1939 yilda dunyodagi eng yirik xususiy kosmetika kompaniyasini yaratishga kirishgan edi.
Este Lauder mahsulotlarining sotilishidan olingan daromadlar oʻtgan asrning 90-yillaridan boshlab yiliga 2 milliard AQSH dollardan oshib ketdi.
Lauder kosmetika imperiyasi “Fortune” jurnaliga koʻra uni dunyoning eng badavlat ayollaridan biriga aylantirdi. Lauder bu roʻyxatda hamma narsaga mustaqil ravishda faqatgina oʻz kuchi bilan erishgan yagona ayol edi.

Elizabet Klayborn 1929-yilning 31-mart kunida Belgiya, Bryusselda kelib chiqishi Yangi Orleandan boʻlgan amerikaliklar oilasida dunyoga keldi. Liz oʻn yoshligida, uning oilasi natsistlar bostirib kelishidan saqlanish maqsadida Bryussel qochib, 1939yilda yana Yangi Orleanga qaytib ketgan edi.
Lizning onasi unga erta yoshligidanoq tikuvchilik sanʼatini oʻrgatgan va uning kiyim bilan tashqi koʻrinishi borasidagi qatʼiy tartib-qoidalari qiz xotirasida mustahkam muhrlanib qolgan.
Belgiyaning Bryussel shahrida (1947), Frantsiyaning Nitssa shahrida (1948) sanʼat maktablarida hamda Parijdagi Sanʼat Akademiyasida sanʼatni erta oʻrganishi Klayborn uchun modaga oid kiyim ishlab chiqarish sohasiga kirish chiptasi boʻlib qolgan edi.
19 yoshida "Harper's Bazaar" koʻmakligida eʼlon qilingan dizayn boʻyicha milliy koʻrik-tanlovda gʻalaba qozonib Klayborn uni musavvirlik kelajagi toʻgʻrisidagi orzusi bilan tamomila xayrlashgan holda otasi bilan urishib qoladi va oʻz taqdirini oʻzi belgilash maqsadida Nyu-Yorkka koʻchib ketadi.
Otasi unga atigi ellik dollar bergan va xayrlashayotgan paytda tantanali ravishda “ayol kishining joyi Nyu-Yorklik modaning ketidan quvgan, latta-putta doʻkonlarining mijozlari- telba xonimlar olomoni ichida emas oʻz uyida boʻlishi kerak” deb aytgan.

Bugungi kunda 1976 yilda tashkil topgan uning ramziy farzandi “Liz Claiborne Inc” yillik daromadi 5 milliard AQSH dollariga teng va 15 ming nafar ishchilar shtatiga ega boʻlgan kompaniyagina emas, uning bir necha shoʻba korxonasi mavjud. Bular, Mexx, JuicyCouture, Kate Spade, Lucky Brand Jeans, DKNY va boshqa bir qator taniqli brendlar.

Mariya Kallas (Sesiliya Sofiya Lina Mariya Kalogeropulos) 1923 yilning 2 dekabrida Nyu-Yorkda tugʻilgan. Uning opasi Jeki 1917-yilda Gretsiyada tugʻilgan, akasi Vassilios esa uch keyinroq tugʻilgan. Vassilios onaning sevimli farzandi edi, ammo uch yoshida tif bezgagi bilan kasallanib, toʻsatdan vafot etgan. Bu fojea butun oilani larzaga soldi, ayniqsa Mariyaning onasi, Yevangeliyani.
Uning onasi boshqa oʻgʻil bola tugʻishni xohlagan edi va deyarli toʻrt kun davomida yangi tugʻilgan qiziga hatto qarab yoki uni tegib qoʻyigisi ham kelmagan edi. Olti yoshida Mariya Manxetten koʻchasidagi avtomobilning tagiga qolib ketib, mashina uni butun daha boʻylab sudrab ketgandi. U oʻn ikki kun davomida komada yotdi, hech kim uni tirik qolishini kutmagan edi.

Mariyaning onasi oʻzining muvaffaqiyatsiz hayotini qizi yordamida toʻldirishga qaror qilib uni qoʻlidan kelganicha uni barkamollikka erishish uchun undar edi. Kallas keyinchalik oʻzining bolaligini shunday eslardi: "Faqat qoʻshiq aytganimda, men oʻzimning sevimli ekanligimni his qilardim". Klassik qoʻshiqlar yozilgan plastinkalar uning oʻyinchoqlariga aylandi. U besh yoshligida fortepiano darslarini oʻqishga kirishgan, sakkiz yoshdan esa qoʻshiq kuylash darslarini oʻzlashtirishni boshlagan moʻjiza-bola edi. Toʻqqiz yoshligida u oʻz maktabida konsertlar yulduziga aylangan.
1940 yilda ikkinchi jahon urushi boshida natsistlar Gretsiyaga bostirib kirganda, U Afinada yashagan va qoʻshiq ijro etgan.
Mariyaning oilasi okkupatsiya paytidagi koʻplab janglar tufayli och qolardi. Mariya urush paytida tom maʼnoda axlat qutilaridan egulik izlashga majbur boʻlar edi. U urush paytida ham, undan keyin ham oʻziga nisbatan sovuq, ammo talabchan onasining xushi yoʻqligini egulik bilan toʻldirish, hamda oʻzining zaifligini yumshatish maqsadida doim faqat biror narsa yeb yurar edi.
Oʻsmirlik davriga kelib, uning boʻyi 173 santimetrga, lekin vazni 90 kilogrammga teng boʻlgan. Keyinchalik hatto ozganidan keyin ham, Kallas bir umr himoyalanmagandek qoldi.
1970-yilda, u muxbirga intervyu berayotganida shunday dedi: "Men oʻzim hech qachon toʻliq ishona olmaganman, doimo turli shubha va qoʻrquv meni kemiradi".
Mariya Kallas 11yoshlik paytida, oʻsha davrda juda mashhur boʻlgan Lili Paneni Nyu-Yorkdagi "Metropoliten Opera"da tinglab, “Bir kun kelib, men undan ham ortiqroq yulduz boʻlaman" deb oʻziga bashorat qildi. Va u teatrdagi eng sevimli moʻjizaga aylana oldi.

Linda Joy Vachner, 1946 yil 3 fevralda Nyu-Yorkda, Forest Xillzda yashagan keksa er-xotin oilasida tugʻilgan. Oʻn yoshida Linda sinfdoshining muvaffaqiyatsiz hazili tufayli uning umurtqa pogʻonasiga jiddiy shikast etgan.
U deyarli ikki yil davomida gipsda yotdi. Oʻsha davrda u bir kun oyoqqa qaytib turishiga qatʼiy ishonchi yoʻq edi. Shunda Linda oʻziga tinmay bir narsani qaytarardi: “Menda bor hamma narsa krovatga mixlangan paytda ichimda jamlangan. Yana yurishni istasang sen bor kuchlaringni shu istagingda jamlashni oʻrganasan va shunga erishmaguningcha toʻhtamaysan”. U bilan sodir boʻlgan baxtsizlikdan soʻng, u qanday qilib boʻlsa ham muvaffaqiyatga erishishga qaror qildi. Linda Vachnerning soʻzlariga qaraganda, bu tahminan shunday edi: “Men yura olmagan paytimda, oʻzimga kichgina qasamyodlar qilishni oʻrgandim, masalan: Qachon oyogʻimga tursam, hech qachon yurishdan charchamayman! Men bilaman, men bundan koʻprogʻini qilishim mumkin edi. Bu ruhiy oʻzini ishontirishning bir koʻrinishi edi.” Bu uning bolaligidagi birinchi inqiroz, lekin soʻnggisi ham emas edi.
1983 yilda u nikohdan keyin atigi oʻn ikki yil oʻtib erini yoʻqotgan.
U 23 yoshida otasini, keyin 1981 yilda yagona singli Barbarani va 1987 yilda onasi yoʻqotdi.
Yolgʻiz qolgan Linda Vachner oʻz vaqtining hammasini ishga bagʻishladi.
Vachner noldan boshladi: u Nyu-Yorkdagi bir savdo tashkilotiga maoshi haftasiga 90 AQSH dollariga teng boʻlgan xaridchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Uning birinchi lavozimi - bozor tadqiqotlari vakili, lekin aslida, biznes boshqaruvi tili bilan aytganda yugurdak qizcha edi.
U oʻzining shijoati va tirishqoqligi tufayli, kompaniyani qatʼiy raqobat sharoitida boshqarish, uning faoliyatini qayta yoʻnaltirish va isteʼmol bozorini zabt eta olishga qozongan birinchi ayol boʻlib qoldi.
"Ms."jurnali uni 1986 yilda "Yil ayoli" unvoniga, "Fortune"jurnali esa 1992 yilda - "Amerikadagi eng muvaffaqiyatli biznes ayol" unvoniga sazovor deb topdi.
"Fortune" jurnali reytingidagi eng yirik kompaniya "Warnaso"ning rahbari Vachner kompaniyasi qarzini pasaytirib, aksionerlik mablagʻini 75 foizga oshirdi. Linda Vachner toʻla haqli ravishda dunyodagi ayollar rahbarlarining dunyoqarashini oʻzgartirgan ijodiy daholardan biri hisoblanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



