Goʻshtni fransuzcha pishirish usuli

Fransuzcha usulda goʻsht pishirishni dunyodagi eng mashhur pazandalik sirlaridan biri deya atasa arziydi. Ushbu taom toʻyimli va mazali boʻlgani uchun ham yoshu qariga birday maʼqul keladi.

Buning uchun bir nechta kartoshkani qirgʻichdan oʻtkazasiz, pomidor va piyozni aylana shaklida toʻgʻrab olasiz. Goʻsht boʻlaklarini esa oshxona bolgʻachasi yordamida yaxshilab toʻqmoqlaysiz.



Gaz pechi patnisiga sariyogʻ qurib, ustiga piyoz, goʻsht, kartoshka va pomidorni joylashtirasiz. Barcha masalliqlarning ustidan mayonez quyib, 180 gradusda 40 daqiqa pishirib olasiz. Keyin esa pishishiga 5 daqiqa qolganda pechdan olib qirgʻichlangan pishloq sepib yuborasiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



