Poliglotlar yoki koʻp tillarni biladigan odamlar taqdiri

Gohida buning uchun ularga ikki-uch oy kifoya qiladi. Taniqli poliglotlarning koʻpchiligi yangi tilni oʻrganishga kirishayotgan paytida buni amaliy qoʻllashdan koʻra ilmga chanqoqlikdan amalga oshiradilar.

Dunyoda kim hammadan ham koʻproq tillarni biladi? Bunga bir hil qarab boʻlmaydi: chet tilida bemalol soʻzlashib gapga chechan boʻlish bir narsa, ammo kitoblarni lugʻatlar yordamida tarjima qilish mutlaqo boshqa narsa. Albatta, lugʻat yordamida tarjima qilish ancha osonroq: hozirgi paytda hayot boʻlgan vengriyalik tarjimon va yozuvch iIshtvan Dabi oz emas, koʻp emas naqd 103 til bilan ishlaydi! Bir u atigi ... yigirma ikki tilda bemalol soʻzlasha oladi, shuning uchun ham ushbu giperpoliglotlar reytingidagi faxriy, ammo birinchi boʻlmagan oʻrinni egallaydi.

10. Sobiq Rim Papasi Ioann Pavel II nafaqat togʻ changʻichisi, balki taniqli giperpoliglot ham boʻlgan. U yapon tilini bilmasa ham yapon tilida “Pasxa bayrami qutlugʻ boʻlsin” deyish qiyin kechmagan. Papa – Polshada tugʻilgan. U Rim Papasi etib saylanganida navval uning ismi Karol Voytila boʻlgan va u 11 tilda bemalol soʻzlasha olgan.

9. Genrix Shliman qazilma ishlarida Troya shahrini topib olgani bilan tanilgan. Biroq, ushbu nemis tadbirkori va havaskor arxeolog oʻn toʻrt tilda, shu jumladan arab va turk tillari bemalol gaplasha olgani hammaga ham maʼlum emas.

8. Ikkinchi jahon urushi davrida venger fizik va ximigi boʻlgan ayol - Kato Lomb lugʻatsiz Gogolning “Oʻlik ruhlar” asarini oʻqib sirli ravishda rus tilini oʻrgangan. Bugungi kunda ushbu venger ayolini dastlabki sinxron tarjimonlar qatoriga qoʻshishadi: u oʻz yukidagi oxirgi, oʻn yettinchi til – ivritni 90 yoshligida oʻrgangan, lekin rejasidagi navbatdagi til, yaʼni arab tilini oʻrganishga ulgurmay qolgan.

7. Reytingning yettinichi misrasiga avval taʼkidlangan Ishtvan Dabini joylashtiramiz. Baribir 22 ta til, hazil emas-ku, axir! Shunday boʻlsa ham, u yettinichi oʻrinni “mali irqining faxri” Xose Protasio Risal-Merkadova Alonso-Realonda bilan boʻlishadi. Filippin milliy qahramoni olim, yozuvchi, rassom, haykaltarosh va inqilobchi boʻlgan – oʻz vatanini ispan hukmronligidan ozod qilinishi uchun kurashgan.

6. Fridrix Engels Sovet Ittioqi davrida yirik faylasuf va marksizmning hammuallifi sifatida alohida hurmat bilan tilga olingan. Ushbu ulugʻvor hizmatlari zaminida “General”ning (Karl Marksning oilasida Engelsni shunday deb atashar edi) boshqa fazilatlari yoʻqolib ketgan edi. U esa yaxshigina poliglot boʻlgan: aytishlaricha, u yigirma toʻrt tilni bilgan.

5. Urushdan avvalgi Leningradda oʻta noyob bilimdon kishi va ajoyib musiqashunos, musiqa va teatr tanqidchisi Ivan Ivanovich Sollertinskiyni bilishar edi. "U oylik olayotgan paytida qaydnomaga yapon tilida, arab tilida yoki yunon tilida imzo qoʻyar edi: 26 tilni biladigan odamning begʻaraz hazili ", – deb yozgan Sollertinskiy toʻgʻrida Irakliy Andronikov.
4. Albatta, razvedkachilar chet tilini bilmasa boshqa yana kim bilsin? Yangi Zellandiyada tugʻilgan uslubiy cherkov bosh ruhoniysining oʻgʻli – lingvist va jurnalist Garold Uilyams, koʻp yillar davomida Rossiyada yashagan va xatto “Ruslar Rossiyasi” kitobini yozgan. Ginnes rekordlar kitobining taʼkidlashicha u 28 tilni bilgan. U shuncha tillarni bilgan holda Birinichi jahon urushi va inqilob davrida Rossiyada nima qilganini tarix sir saqlab kelmoqda. Shunday boʻlsa ham,Uilyams bilan birga toʻrtinchi oʻrinni Daniyalik tilshunos-professor RasmusRask hamda Angliyalik iqtisodchi va oʻrindoshlikdagi Gonkong gubernatori DjonBauring boʻlishadilar. Endi buni tekshirishning iloji yoʻq, ularning hammasi allaqachon boqiy dunyoga ravona boʻlgan.
3. Ioannis Ikonomu bugungi kunda yevroparlamentning bosh tarjimoni. Gretsiya tugʻilgan kishi uchun juda mos ish: u bemalol 32 tilda gaplasha oladi.
2. Italiyalik kardinal Djuzeppe Metsofantini koʻpchilik (shu jumladan "Ginnes rekordlar kitobi ham") tarixdagi eng buyuk poliglot deb hisoblashadi. U kamida 29 tilda aʼlo darajada gapirib, yana 8 tilni maʼlum darajada bilgan va shu bilan birga hech qachon Italyadan tashqariga chiqmagan. Kardinalni shaxsan bilgan Bayron unga quyidagicha taʼrif bergan: "Bu lingvistik moʻjiza… Men uni oʻzim xatto faqat soʻkinishni bilgan tillarimda ham tekshirib koʻrganman, u meni shu darajada hayratga soldiki, men inglizcha soʻkinib yuborishga ham tayyor edim”.

1. Boʻlajak nemis olimi xitoyshunos Emil Krebsning bolalik paytida uning nazari fransuz gazetasiga tushib qolgan. U oʻqituvchisidan nemischa-fransuzcha lugʻatni soʻragan va hech qancha vaqt oʻtmay fransuz tili boʻyicha bilimlarini namoyon qilgan. Taʼkidlashlaricha u keyinchalik yana oltmishdan ortiq tillarni oʻzlashtirgan va ularda bemalol gaplasha olgan. Olimlar uning oʻlimidan keyin miyasini tadqiq qilishgan va nutq uchun javob beradigan qismida oddiy inson miyasidan farqlarini aniqlagan. Endi olimlar bu tugʻma farqlar edimi yoki tillar oʻrganish jarayonida vujudga kelganmi aqat tahmin qilishi mumkin xolos.

Xullas shu yerning oʻzidayoq ushbu mavzuni yopib qoʻyishimiz mumkin edi, biroq, bugungi kunda ham poliglotlar mavjudmi? Ular qanday qilib shu darajada koʻp tillarni bila oladi? Ushbu savolga ham bir nazar tashlasak. Quyidagi yana bir necha poliglotlarning oʻzlariva ularning til oʻrganish uslublari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqsak.

Kato dunyodagi eng taniqli poliglotlardan biri. U xaqda faqat gazeta, televidenie yoki internet nima ekanligini bilmagan odamlargina eshitmagan boʻlsa kerak. Uning biografisini oʻqigan paytda inson oʻziga oʻzi men ham 16 nafar tilni egallay olarmidim? -degan savol bergisi keladi. Kato Lomb buni amalga oshira olganlardan biri. Bundan tashqari, u oʻzi yogan kitobida oʻzining tajribasi bilan bajonidil boʻlishadi. Juda koʻplab talabalrning hayotining ancha yengillashtirgan Katoning mehnati “Men qanday qilib tillarni oʻrganaman” deb nomlanadi. Kato chet tilini oʻrganish uchun taklif qilayotgan usullarni qiyin deb boʻlmaydi. Masalan, uning tavsiyanomalaridan biri shundan iboratki, oʻrganilayotgan tilda iloji bor qadar koʻproq adabiyot oʻqish. Til oʻrganishda oʻzgarishlar sezilmasa – poliglot saviyasiz kitoblarni, tilning qiyinligini, noqulay siyosiy vaziyatni yoki ob-havoni soʻkishni tavsiya qiladi. Ammo, eng muqaddas narsa, yaʼni oʻziga til tekkazilmasa boʻldi. Chunki oʻzini ayblash chet tilini oʻzlashtirishda qatʼiyatlikka olib kelmaydi. Oʻz qobiliyatlariga inson doimo ishonishi kerak. Shunda til oʻrganishdagi muvaffaqiyat ham togʻlar ortida emas.

Qanchalar ishonish qiyin boʻlsa ham, ammo Tesla poliglot boʻlgan.Buyuk olim 9 tilni bilgan – va bu uning oldida ilm egallashda cheksiz imkoniyatlarni ochib bergan. Hozirgi paytda shon-shuhratga ega ega ixtirochi chet tillarini oʻrganishda qoʻllagan uslublari toʻgʻrisida biror narsa deyish qiyin. Biroq bu borada tahminlar bor – ehtimol uning lingvistik muvaffaqiyatlari psixikasining oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliqdir. Nikola Tesla bolalik paytlaridan oʻz aqlining oʻziga xos bir jihatidan juda koʻp qiynalar edi (bu uning keyingi ixtirolik faoliyatida hal qiluvchi oʻrinni egallagan). Tesla eshitgan soʻzlar uning tasavvurida shunday aniq shakllarga ega boʻlganki, navqiron tadqiqotchi gohida tasavvuridagi olam bilan real voqelikdagi narsalarni adashtirib qoʻyar edi. Biroq 17 yoshga borib u bu xususiyatni yangi moslamalarni ixtiro qilish uchun ishga solish mumkinligini tushunib qolgan.

Maktab paytida “Urush va tinchlik” romani, keyin esa qoʻshimcha “Anna Karenina”ni oʻqib chiqqanlar oʻz sinfdoshlari oʻrtasida qahramondek koʻrinadi.Nafaqat rus adabiyoti, balki butun dunyoda tanilgan yozuvchi Lev Nikolaevich Tolstoyni-ku gapirmasa ham boʻladi.Tolstoyning qiziqishlaridan yana biri shu ediki, u lingvistikani juda sevgan. Lev Tolstoy– 15 tilni bilgan Rossiyalik eng tanilgan poliglotlaridan biri. Chet tillarini oʻrganish boʻyicha uning etarlicha qatʼiyatli tamoyillari boʻlgan. Lev Nikolaevich yunon tilini faqat oʻta yalqov kishi oʻrgana olmasligi mumkinligiga chuqur ishongan. Ingliz tili bilgan holda esa istagan boshqa Yevropa tilini atigi uch oyda oʻrganib olish mumkin. Qadimiy yahudiy tilini Tolstoy bir qishning ichida oʻrgangan. Til oʻrganish bilan u saxardan kechgacha shugʻullangan. Shu tufayli u Muqaddas diniy kitoblarni original tilida oʻqiy olgan. Biroq shu paytning oʻzida oʻz salomatligi uchun muammolar orttirib olgan.
Endi zamonamizning poliglotlari toʻgʻrisida soʻz yuritamiz. Benni Lyuis –irlandiyalik poliglot, yozuvchi va blogger. 2003 yildan buyon u bemalol yetti tilda gaplasha oladi. Buning ustiga zamonaviy poliglot erishilgan ushbu yutuqlarda toʻhtashni hayoliga ham keltirgani yoʻq. Uning muvaffaqiyatining siri nimada ekan? Bennining aytishicha eng asosiysi – oʻz ichidagi keraksiz perfektsionizmni yoʻqotish. Mukammal tilda gapirishga intiladiganlar oʻzini muvaffaqiyatsizlikka mahkum qiladi. Shuningdek poliglotning taʼkidlashicha, kundalik foydalanish uchun minglab soʻzlarni oʻrganish shart emas, buning uchun bir necha yuz soʻz kifoya emish. Bir necha oyda yangi tilni oʻzlashtirib olish uchun, Lyuis quyidagilarni qilishni tavsiya etadi:
• Oʻqishning birinchi kunidanoq ovoz chiqarib gapirishga odatlaning. Birinchi-ikkinchi marta oʻxshamasligi mumkin. Xatto bu oʻta kulgili tyulsaham aynan shuday qiling. Buning mohiyati shundagi nutqiy apparatingiz darhol ishga tushadi – bu esa chet el juda tez nutqiga oʻrganishga yordam beradi.
• Dastlabda eng oddiy soʻz iboralariga eʼtibor ajrating. Masalan, “I want to eat” — “Men ovqatlanmoqchiman”. Hayot bizga qanday syurprizlar tayyorlab qoʻyganini xudoning oʻzi biladi, axir. Taqdir taqozosi bilan chet mamlakatda boʻlib qolgan bechoraga “development” (rivojlanish) yoki “insurance” (sugʻurta) kabi soʻzlar kerak boʻlib qolishi amri mahol.
• Til oʻrganish boʻsh vaqtning salmoqli qismini olishiga tayyor boʻlishingiz kerak. Bennining taʼkidlashicha, kuniga toʻqqiz soatdan shugʻullangan kishi, V 2 darajasiga atigi ikki-uch oyda chiqib olishi mumkin. Agar sizda bu darajada bemalol vaqtingiz boʻlmasa bir kunda bir-ikki soat shugʻullanib huddi shu darajaga tahminan bir yilda chiqib olish mumkin.
• Perfektsionizm gʻoyalarini kalladan chiqarib tashlash kerak. Dastlabki bosqichlarda grammatikaga nisbatan iboralarni toʻgʻri tuzilishi borasida havotirlanmasa ham boʻladi. Oʻqishning boshida eng asosiy narsa poydevoriy leksikani oʻzlashtirib olish.

Stiv – dunyoning eng isteʼdodli va mashhur poliglotlaridan biri. U kanadada yashaydi. Bu poliglotning Youtube kanalida chamasi 100 mingdan ortiq obunachilar bir. Uning oʻzi 16 tilga bemalol gaplasha oladi. Uning xatto rus tilidagi videoroliklari mavjud, va shuni aytish kerakki, Kauman unda bemalol gaplasha oladi. Ammo bu doim ham shunday boʻlmagan – bir vaqtlar chet tillarini oʻrganish poliglotga juda ogʻir kechgan. Bu Stiv lingvistikada oʻzining mualliflik yondoshuvini ishlab chiqqunigacha davom etgan. Hozir, diplomat va tadbirkor sifatidagi faoliyatining bir necha yillaridan keyin poliglot oʻzining sevimli ishi – chet tillarini oʻrganish bilan shugʻullanib kelmoqda.
Uning yondoshish usulining oʻziga xosliklari nimada? Kaufman oʻta tirishqoqlik bilan dasrliklar boʻyicha uzoq davom etuvchi chegaralangan grammatik-tarjimaviy uslubni tanqid qiladi. Grammatika kerak, biroq ahamiyati aynan hozirgi paytda juda katta boʻlmagan narsalarga ancha vaqt sarlanib ketadi. Masalan, raqamlarni yod olishni Kaufman shunday mashgʻulotlar qatoriga kiritadi. Poliglotning nuqtai nazaridan asosiy vazifa soʻ boyligini kengaytirish; grammatika – bu yordamchi dastgoh.
Uning fikriga koʻra oʻrganilayotgan soʻzlarning mavzusini oʻqituvchi tanlashi ham notoʻgʻri emish.U sizga chet tili qanday holatda kerak boʻlib qolishini qayerdan bilishi mumkin, axir? Balki talaba “Men yozni qanday oʻtkazdim” mavzusidagi soʻzlarni yodlayotgandir, aslida esa unga ingliz tili qizlar bilan tanishish uchun kerak boʻlgan bir paytda.

Olimlarning taʼkidlashicha: Villi Melnikov Ginnes Rekordlar Kitobiga kiritilishga arzigudek haqiqiy poliglot ekan.
Vitaliy Robertovich Melnikov, koʻproq Villi Melnikov ismi bilan tanilgan 1962 yilning11 avgusti kuni Moskvada tugʻilgan va 2016 yilning 18 oktyabr kuni Moskvada vafot etgan. U Rossiyalik koʻp tilli shoir-eksperimentator, fotomusavvir edi. Uning oʻz maʼlumotlariga koʻra u yuzdan ortiq tillarni bilgan, biroq buning rasmiy tasdiqlari boʻlmagan. U Rossiya Tibbiyot fanlar Akademiyasining xodimi boʻlib ishlagan, tibbiyot fanlari nomzodi edi.
Oʻzining bayonotlariga koʻra u 93 tilda sheʼr yozgan, 153 lahjada bemalol gaplash olgan va 250 tilda oʻqiy olgan, bu qobiliyatlari esa afgʻon voqeasida qatnashgan paytidagi kontuziyadan keyin paydo boʻlgan ekan. Melnikov oʻzini ona tili – rus tilidan tashqari boshqatillarda gaplasha olishini aytgan edi: ingliz, italyan, ispan, fransuz, nemis,alban, venger, chex, belorus, dat, farer, shved, island, fin, latish, vestgot,gael, shettliy, doriy, pushtu, kyaliush, sanskrit, bengal, sindx, moxendjo-daro, malayalam, djanti, nepal, tibet, tangut, chjurchjen, nganason, arkaim, orxon, serkul, shumer-akkad,ugarit, aramey, nabati, qadimiy misr, tuareg-tifinak, suaxili, eve, dogon, meo, yapon, itelmen, alyutor, qadimiy slavyan(kirillitsa va glagolitsa), xett, nasi-donba, ayn, yukagir, loʻli-kelderar, kyardild, kalkadun, gavay,nan-madol, ikshyu, drevneirland ogam, xopi, navaxo, kechuarani, guanchi, pikt,toltek-nauatl, eyempu, uavniffa, koxau-rongo-rongo, kxarshat, tsklan, si-po,frakiy, sloven, shoshtxvua, shayen, sogdiy, dxurr-vuemmt, pxadme, yoqut, chibcha - artambo, vai, cheroki, chkuatta, maurya, fyarr-knem,xakuturi, roxgau, xekaguaychiune, rdeogg-semfang, yupik, kri tillari.
Uning gaplariga qaraganda u 4 yoki 5 yoshlarida ayrim german tillarini oʻrganishni boshlagan.

1984 yilda u Moskva veterinar akademiyasini tamomlagan. Akademiyada u chet ellik kursdoshlari va radioeshittirishlar yordamida u bir qator Afrika va Janubiy Amerika tillarini oʻrganib olgan. Asosiy mutaxsassisligi — vrach, biolog-virusolog, Ivanovskiy nomli virusologiya Institutining ilmiy xodimi.
Oʻsha yilning oʻzidayoq Armiyaga xizmatga chaqirilgan. Keyin uning olti nafar tilllarning bilishi josuslikda gumon qilinishiga sabab boʻlib qolmasligi uchun u raport yozib, 40 armiyaga oʻtkazilgan. Afgʻonistonda u mahalliy tillarni oʻrgandi. 1985 yilning 22 noyabr kuni Villining aytishicha Hirot shahri atrofida, u xizmat qilayotgan raketa divizion minomyotdan oʻqqa tutilgan va natijada uning xizmatdoshlari snarayad parchalari bilan yaralangan, u esa kontuziya olgan. Villining fikricha, yaralanishdan keyin unda mutlaqo notanish tillarni tushunish va suhbatdoshidan eshitgan tilini darhol oʻzlashtirib olish qobiliyati paydo boʻlib tilga qiziqishi yanada kuchaygan.
U 2016 yilning 18 oktyabrida insultdan keyin olamdan oʻtgan.
Bir tomondan bu odamlarning qobiliyatlaridan hayratda qolmay iloji yoʻq. Boshqa tarafdan – alohida olingan birorta tilni bilish boʻyicha koʻrsatkichi oʻrtachadan ancha pastroq boʻlishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, agar poliglot bir necha tilni bilsa ham, ularning har birini qay darajada biladi?
Sizchi nima deb oʻylaysiz ,har bir inson poliglot boʻla olishi mumkinmi? Siz oʻz amaliyotingizda dunyoning eng mashhur poliglotlari bergan tavsiyalardan foydalanasizmi? Izohlarda oʻz fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashing.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



