Zamonaviy oshxona gadjetlari: top – 10!

Ammo biz bugun biz ilm olamining hamma yangiliklari toʻgʻrisida gaplashmaymiz. Ushbu maqolada siz uchun oshxonada ishlatiladigan eng qiziqarli va zoʻr gadjetlarni saralab olishga harakat qildik. Ular sizga nafaqat uyda, balki yoʻlda yoki sayohat paytida ham asqotadi. Shunday qilib, bu har bir kishiga yoqtadigan 10 ta oshxona gadjetlari.

Ishonchimiz komil, barchangiz hech boʻlmaganda bir marta shunday holatga duchkelgan sizki, saryogʻli mazali buterbrod qilib tanovul qilishni istagan paytingizda, siz saryogʻni sovutgichdan olgansiz-u, nonga surtmoqchi boʻlgan paytingizda u surtilmay oʻzini goʻyo kattiq pishloqday tutgan. Shu oʻrindasizga bir yogʻ idishini tanishtirmoqchimiz. U oʻz egasining ihtiyoriga qarab, sanoqli soniyalarda qotib qolgan yogʻni yumshatib uni bemalol nonga surtish darajasiga olib keladi. Elektr yordamidagi isitgichli aynan shunday yogʻ idishini bir necha yil avval britaniyalik bir kompaniya ishlab chiqara boshlagan.
Noanʼanaviy moslama tashqi haroratni nazorat qilish tizimi bilan jihozlangan, elektr tok manbaiga ulanadi va yogʻni kechayu kunduz iliq saqlay oladi. Bunda yogʻning yumshoqligiga taʼsir etuvchi haroratni foydalanuvchining oʻzi tanlab oladi. Bu yerda faqat bir nooʻrin joyi bor, bunday moslamani faqat oila aʼzolaringiz ushbu mahsulotni sevib isteʼmol qiluvchilari boʻlsagina harid qilganingiz maʼqul, chunki iliq holatda uzoq vaqt saqlangan saryogʻ tez buziladi. Bu kamchiligiga qaramay, gadjetning juda katta yaxshi tomoni bor – u vaqtni juda tejaydi, shuning uchun ham oʻz egalarining oʻrniga nonushta tayyorlab, ularni ishga kech qolishdan xalos etadi.

Faol sayohat qiluvchi kofe ixlosmandlari biladiki, xatto eng ixcham qahva mashinasini ham har doim oʻzi bilan olib yurib boʻlmaydi. Misol uchun, shahardan chetga sayrga chiqish yok uzoq muddatli sayohatga uni olib borib boʻlmaydi. Yoki agar organizm eruvchan qahvani umuman qabul qilmasa-yu, biroq tektiklashtiruvchi ichimlikni talab qilsa qanday qilish kerak? Baxtimizga, hozirgi zamon ishlab chiqaruvchilari bunday narsalarning ham yoʻlini izlab topdi. Ulardan biri - taniqli choy paketchalari prinsipi boʻyicha ishlab chiqilgan bir martalik qahva mashinasi. Grower’s cupning sodda va qulayligi deyarli har qanday sharoitda sanoqli soniyalarda tabiiy qahvani tayyorlash imkonini beradi. Faqat qaynoq suv boʻlsa boʻldi. Koʻchma qahva qaynatgichning tashqi qobigʻi ostida yangilgan qahvali oʻz paketi bor. Dastlab qaynoq suv aynan shu erga quyiladi va aralashmadan taʼmni olib, maxsus filtr orqali paketning ostki kamerasiga tushadi, shundan keyin tayyor ichimlik qopqoq bilan yopiladigan joʻmrak orqali idishga quyiladi. Hamma narsa juda oddiy.

Kelgusi oʻn yil ichida uy anjomlari qanchalar oʻzgarishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin, lekin eng oddiy kastryulka, tova yoki qizdiruvchi shkaf oʻrnini bosa oladigan navbatdagi oshxona anjomini taʼriflab berishdan osoni yoʻq. Ajoyib oshxona anjomi eng keng ishlatiladigan oshxona anjomlarini oʻrnini bosa oladigan narsa oshxona anjomi sifatida taqdim etilgan. Koʻp vazifali pech sabzavotlarni maxsus usulda, yogʻdan va hatto suvdan foydalanmasdan tayyorlaydi. Shu bilan birga u mahsulotlari kuydirib yubormaydi. Bu moslama taomlarning tayyorlik darajasini kuzatib boruvchi maxsus aqlli datchiklar bilan jihozlangan. Shu bois, pirovardida siz, albatta, ogʻizda erib ketadigan, mukammal qovurilgan goʻsht yoki baliqqa ega boʻlasiz.
Ishlab chiquvchilar pishirish jarayonining uzoqdan turib boshqarish toʻgʻrisida ham unutishmagan. Cinder toʻplamida xaridor planshet yoki smartfonga bepul ilovani oʻrnatish imkoniyatini qoʻlga kiritadi, buning natijasida idishning tayyorligi darajasini va oxir-oqibatda lazzatli ovqatlardan bahramand boʻlish uchun qancha vaqt sarflanishini baholash mumkin.

Agar siz u yoki bu taomning tarkibiy narsalarini, yoki unga tuz, shakar, un kabi narsalarni qancha miqdorda qoʻshish kerak ekanligini hech esda saqlab qola olmasangiz bu ixtiro aynan siz uchun. Bu maxsus tarozi. U smartfonlar yoki planshetdagi ilova bilan doimiy toʻliq aloqada boʻladi. Ular ekrandagi koʻrsatmalarga koʻra taom pishirish imkonini beradi va ayni paytda pishirish jarayonini real voqelik bilan bogʻlaydi. Misol uchun, agar retseptda bir kilogramm un ishlatish kerakligi koʻrsatilgan boʻlsa, sizda esa atigi yarim kilo boʻlsa, bu maʼlumotni ekranda belgilab qoʻysangiz bas - boshqa mahsulotlarning kerakli miqdori darhol qayta hisoblab chiqiladi. Agar kerakli maxsulotlardan birortasi mavjud boʻlmasa, ilova sizga uni nima bilan almashtirish mumkinligini sizga aytib beradi. Bularning barchasi, pishirishning yakuniy natijalari har doim egalarini mamnun qilish uchun ingredientlarni tarozida tortilgan aniq oʻlchash bilan amalga oshiriladi.

Uy jihozlarini imkon qadar ixchamlashtirish uchun har bir qurilmani iloji boricha koʻproqvaziflarni bajaradigan qilib yaratish, baʼzan umuman kutilmagan natijalarga olib keladi. Bu kabi birlashtirishga misol qilib mana bunday oʻziga xos blenderni olsak boʻladi. U shoʻrva uchun masalliqni nafaqat maydalashi, uni xatto pishirib berishi ham mumkin. Soup3RB Heat + Blend egasi moslamaning sovuq rejimidagi klassik vazifalari bilan birga turli harorat va davomiylikka ega kombinatsiyalardan ham foydalanishi mumkin. Aslida isitish vazifasiga ega boʻlgan blender qirilgan yoki oddiy shoʻrvani, bundan tashqari, sabzavotli yoki boshkamahalliy tarkibiy qismlardan iborat sousni tayyorlashni toʻliq taʼminlashimumkin. Shunda bu moʻjizaning egasiga hech qanday kastryulka, tova yoki boshqa birorta idish kerak boʻlmaydi. Idish moʻljallangan massaliq xajmiga kelsak - bu sovuq rejimda 1,7 litr, haroratli ishlov berishda esa 1,4 litr suv sigʻimiga teng. Xatto qaynatilishini-yu ichidagi narsalarning xajmi kattalashishini hisobga olinganiga qarab shuni aytish mumkinki, bu moslama idish-tovoq yuvishni yoqtirmaydiganlar uchun eng qulay narsa.

Doimiy aralashtirib turishni talab qiladigan taomlar juda keng tarqalgan. Ular qatoriga, mannaya kasha, goʻsht uchun souslar, pirojnoe kremlari va shunga oʻxshash narsalar kiradi. Bu kabi taomlar tayyorlanishida aralashtirish eng koʻp vaqt oluvchi va masʼuliyatli onlardan biridir. Baʼzan kastryulkadan atigi bir necha daqiqaga uzoqlashsangiz, uning ichidagi narsalar tagi olib, pishirilishi uchun sarflangan masalliq uvol boʻlib ketadi. Oshpazlarning ishini yengillashtirish uchun, akkumulyator bilan jihozlangan plastik parrakli aynan mana bu moslama yordam beradi. Uning yordamida suyuq va yarim suyuq taomlarni aralashtirsa boʻladi. Stiriodan foydalanish uchun uni shunchaki kastryulkaning qirralariga qatirib qoʻyilsa boʻlgani. U qatirilganida parraklari kastryulkaning ichiga kirishi kerak. Keyin qurilmaning ustidagi tugmachani bosish kerak, xolos. Uskunani zerikarli va charchatuvchi qoʻl mehnatini toʻliq oʻzi bajaradi.

Hozir esa sizni noyob budilnik bilan tanishtiramiz. Bu uygʻotuvchi soat qahva ishqibozlarini beeʼtibor qoldirmasligi aniq. Uning barcha afzalliklari egasini beshala hislarni navbatma-navbat faollashtirib uygʻotish tizimida jamlangan. Birinchi navbatda quloq qaynayotgan suv ovozini eshitib uygʻonadi, keyin koʻz qahva tayyorlanishini kuzatadi, keyin yangi tayyorlangan ichimlik taʼmini qabul etuvchi hid bilish hisini faollashtiradi, shundan keyin esa sezish organli, undan keyin va nihoyat, taʼm bilish hislari faollashadi. Hislarning birinchilari tugmachalarni bosish uchun faollashsa, keyingilari bevosita ichimlikdan bahramand boʻlish paytida faollashadi. Buni hammasini ertalab mazza qilib qahva ichish uchun kechki payt moslamaga dasturlab qoʻyish mumkin. Xushboʻy ichimlik ham oʻz vaqtida, ortiqcha urinish ham yoʻq. Umuman aytganda, agar Siz qahvani ixlosmandi boʻlmasangiz ham xafa boʻlmang, chunki bunoodatiy uygʻotuvchi soatni choy tayyorlash uchun ishlatsa ham boʻladi.

Isitish vazifasi bilan jihozlangan bu noyob lanchboks juda loʻnda va hatto chiroyli metall korpusiga ega. Qurilmaning ixchamgina oʻlchamlariga qaramay u anchagina sigʻimga ega. Albatta, bir oʻtirishda besh barobar ovqat emassiz axir. Agar shunda boʻlsa, siz butun bir koʻchma kastryulka sotib olishingizga toʻgʻri keladi. Xullas, Shunday boʻlsa-da, Heatsbox konteynerining sigʻimi bir litrdan sal ozrogʻini tashkil qiladi. Yaʼni, uning ichiga sizning sevimli taomlaringiz bemalol sigʻadi. Bunday miqdordagi taomni isitish uchun taxminan 15 daqiqa kerak boʻladi. Shu bilan birga, taomingizning bir tomoni yokioʻrtasi sovuq holda qolib ketishidan qoʻrqmasdan foydalanishingiz mumkin. Lanchboksning istalgan vaqtda va har qanday sharoitda zaryadlash uchun USB turidagi oddiy shnur hech ishlatilishi taklif etilgan. Darvoqe, Heatsbox maʼlum tugmachaga bosilgan holda oʻzini oʻzi tozalashi ham mumkin, demak u eng erinchoqlarga ham juda mos kelaveradi.

“Samoviy urushlar” ning xaqiqiy muxlislari mashhur Droid R2 D2 ga juda oʻxshash bu ihcham sovutgichni baholab koʻrishi kerak. Shu bilan birga, kichik uy jihozi nafaqat ichimliklarni sovutadi, buyruqqa asosan ularni kerakli joyga yetkazib hamberishi mumkin. Hozirgi paytda ushbu sovutgichga muxandis va dizaynerlar tomonidan ishlov berish davom etib kelinmoqda. Ammo bir narsasi aniq, u R2 D2 Droidning qofiyasi boʻladi. Yaratuvchilar xatto bu moslamaning ekrandagi prototipining mashhur hushtak chalishni ham unutgani yoʻq. R2 D2 bilan pult yoki xaqiqiy djeday kabi ovozli buyruqlar yordamida boshqarish mumkin. Biroq,sovutgich juda katta sigʻimga ega boʻlmaydi va atigi oʻn nafar tunika ichimlik bankasini sigʻdira oladi. Lekin, shu paytda u oʻziga xos ovoz chiqargan paytda bu dastyorning texnik xususiyatlari toʻgʻrisida birov oʻylarmikan, degan shubhamiz bor. Darvoqe, bu yoqimtoy moslamaning yaratuvchilarining shaʼma qilishlaricha juda oʻziga xos shakllar bilan bezagan holda boshqa uy jihozlarini ham ishlab chiqarishlari mumkin ekan. Aynan “Samoviy urushlar”ning muxlislari uchun. Qiziq, Chubakning massaj kursisi yoki “si tri pion” torsherining koʻrinishi qanday boʻlishi mumkin ekan? Nima deb oʻylaysiz?

Agar katta restoranlar yoki mevani qayta ishlab ulardan maxsulot ishlab chiqaruvchi zavodlarda har qanday mevalardan poʻchogʻini qanday archishi toʻgʻrisida qiziqib koʻrgan boʻlsangiz, mana sizlarga javob: birinchi navbatda oldindan yuvilgan tarvuz, apelsin, qovun yoki boshqa meva maxsus qoziqqa oʻrnatiladi. Keyin uning ustidagi narsa mevani sal ushlab turib, mexanizm ishga tushadi va egiluvchan qurilmaga oʻrnatilgan pichoq, meva qobigʻini etiga tegmagan holda ehtiyotkorlik bilan archishni boshlaydi. Bir necha soniyalardan keyin siz poʻchoqsiz tarvuzni bemalol boʻlib, dasturxonga uzatishingiz mumkin. Uning ichida urugʻlari borligini hisobga lmasak, tabiyat inʼom etgan ajoyib shirinlik. Na chora, tarvuz urugʻlarini bartaraf qiladigan mashina hali ixtiro qilinmagan. Ammo, umidimizni soʻndirmaymiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



