Qiziqarli

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

1.Koʻpchiligimiz Neymarning futbol maydonida nimalarni qila olishini juda yaxshi bilamiz, biroq ushbu hujumchilarning toʻliq ismini koʻpchilik bilmaydi, chunki barcha futbol ishqibozlari uchun uning ismi soddagina qilib aytiladigan“Neymar”. Braziliyalik futbol yulduzlarning koʻplab ismlari singari, uning ismiham aslida ancha uzunroqdir. Barcha rasmiy hujjatlar va soliq deklaratsiyalarida 26 yoshli futbolchi oʻzini Neymar da Silva Santos Junior debtanishtiradi. "Junior", yaʼni “yosh” yoki “kichik” qoʻshimchasini uuning otasi deyarli bir xil ismga - Neymar da Silva Santos ega boʻlgani uchunishlatadi.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

2."Barselona" da Neymarning juda koʻp oʻrtoqlari bor - Messi, Luis Suares va boshqalar. Ammo oilaviy hayotga kelganda, braziliyalik futbolchi oʻgʻli oʻz oʻgʻli uchun yakkayu-yagona umid va tayanchidir. Neymar 19 yoshda boʻlganida, Karolina Dentas unga oʻgʻil tugʻib bergan. Bolakayga Devi Lukka deb ism qoʻyishgan. Hozirgi paytda futbolchi sobiq xotini bilan muloqot qilmaydi va oʻgʻlini yolgʻiz oʻzi tarbiyalaydi. Neymar avval otalikdan qoʻrqqaniga qaramasdan, uoʻgʻlini "2,8 kilogramm sof baxt" deb taʼriflagan.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

3. Braziliya milliy terma Samoasini 2010 yilda boshqargan Dunga (toʻliq ismi - Carlos Caetano Bledorn Verri) Neymarning ajoyib isteʼdodiga qaramasdan 2010 yilgi jahon chempionatida yosh futbolchini olmagan. Vunderkind hatto zaxira roʻyxatiga ham kiritilmagan! “Selesao” (Braziliya terma jamoasining qisqacha nomlanishi) boshqaruchisini shahsan Pele va Romario rosa ishontirishga urinishgan, Neymarning muxlislari oʻzining sevimli piri yordam berish uchun 14 ming nafar imzo toʻplashgan, biroq barchasi behuda edi. Bu qarorning nohaq ekanligi Dunguga Neymarning oʻzi ishontira oldi. 2010 yilavgust oyida milliy terma jamoa uchun birinchi oʻyinidayoq u AQSh terma jamoasiga qarshi gol urgan edi.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

4. Neymar xalqaro darajadagi super yulduzga shu qadar tez aylangan ediki, ayrimlar hozirga qadar bu qanday roʻy berganiga aqli bovar qila olmaydi. U oʻz karʼyerasidagi yuzinchi golini “Santos”da oʻynagan paytlaridayoq kiritgandi. Buning ustiga hujumchi oʻzining yuzinchi golini 20-yoshli yubileyi urgan edi! Neymar ijobiy natijaga erishgani va aynan kerakli kuni oʻziga va boshqa millionlab futbol muhlislariga sovgʻa qilishga muvaffaq boʻlgan navqiron yoshi ham juda  taʼsirli boʻlgan.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

5."Real"ning Neymarga boʻlgan bir necha yillar davomidagi qiziqishi harqanday transfer oynasining asosiy mish-mishlaridan biri edi. Keyinchalik bunday mish-mishlar toʻgʻrisida gap ham boʻlishi mumkin emas - Neymar Madridlik “Real”ning ashaddiy dushmani - “Barselona”ni tanlagan edi. Shu bilan birga, Braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi"ga oʻtishga juda yaqin edi. 14yoshida hujumchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun Madridga uchib kelgandi. "Santos" Neymarni mislsiz harakatlar bilan zoʻrgʻa ushlab qolishga erisha olgan, yosh isteʼdod bilan qiymati kattagina summaga teng yangi shartnoma tuzilgan edi.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

6. Bundan ham ajablanarlirogʻi shundaki, "Real" Neymarning transerini rasmiylashtirishga harakat qilgan birinchi va yagona jamoa emas edi. Ulardan eng ziyragi "West Ham United" boʻlib chiqqan. 2010-yilda "bolgʻachilar" (West Ham United jamoasini xalq tilidagi nomi) "Santos" klubiga 16 million funt sterling taklif qilgandi, ammo rad javobiga duch kelgan. Ushbu rad javobi etish jahon futbol hamjamiyatining yosh isteʼdodga boʻlgan qiziqishini yanada kuchaytirib yubordi. Bu voqeadan keyin Neymar bilan "Chelsi" va "Manchester Siti" futbol klublari qiziqib qolgan.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

7."Siti" Neymar uchun poygachilar ichida hatto bir qancha vaqt yetakchilik ham qilgan edi. 2013 yilda "Manchester Siti” vakillari tomonidan Braziliyalik futbolchiga yogʻingarchilik va shilta loygarchilikda oʻynash uchun maxsus butsa ham sovgʻa qilingan. Avvalroq, hujumchi ob-havo tufayli u Britaniyada nimaga qodir ekanligini toʻliq koʻrsata olmasligini taʼkidlagan edi. "Man Siti" sport direktori Chiki Begiristayn minusni plyusga aylantirishga qaror qilib shu ajoyib sovgʻani Neymarga taqdim etgan.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

8. Neymar Barselonaga oʻtishi bilanoq, “Santos”ning gʻazablangan muxlisi goʻyoki u transferdan ikki yil avval kataloniyaliklar bilan kelishib olganligi uchun uni sudga berishga urindi. 2011 yilda "Santos" va "Barselona" klublari Jahon futbol klublari chempionati finalida ishtirok etdilar. OʻshandaLeo Messi va kompaniya 4:0 hisobida gʻalaba qozongan, Neymar esa juda sust oʻyin koʻrsatgan. Advokat Luchiano Pereyra Kaparros Yaponiyaga borib kelgani uchun 25 ming funt sterling pul toʻladi. Hujumchining Kataloniya klubiga oʻtganidan keyin, advokat bu safarga sarflangan mablagʻ uchun kompensatsiya olishni xohlagan edi. Bundan tashqari, muxlis “moʻʼjizadan hafsalasi pir boʻlgani” tufayli maʼnaviy va moddiy zarar yetkazilgani uchun Neymardan 6657 funt sterling miqdorida pul talab qilgan edi.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

9. Qanchalar ajablanarli boʻlmasin, lekin aynan Neymarni dunyodagi eng mashhur sportchi deb nomlashadi. Hech boʻlmaganda, Sports Pro jurnali bunga qatʼiy ishonadi. Bu nashr Braziliyalik futbolchini 5 fevral kuni tugʻilgan boshqa bir kishi - Krishtianu Ronaldu, shuningdek Lionel Messi, Rori Makilroy va hatto Useyn Boltdan ham ustun qoʻydi. "Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisining qiyofasidan foydalangan marketing, "Neymarketing" deb nomlangan yangi maxsus nomga ega boʻlib qoldi.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

10."Neymarketing" shu darajada yaxshi ishlaydiki, "Barselona"ning hujumchisi "Time" jurnalining muqovasida chiqqan birinchi Braziliya sportchisi boʻlgan edi. Pele va Ronaldu Neymarga qaraganda ancha kattaroq yutuqlarga erishgan edi, ammo ular amerika jurnalistlari eʼtiborini jalb qila olmaganlar. Nashrning muqovasida chiqqan qolgan barcha braziliyaliklar keksa va zerikarli siyosatchilar boʻlgan.

Neymar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar