Qiziqarli

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar
Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq qadimiy tarixga ega. Aytishlaricha, Aleksandr Makedonskiy harbiy yurishlardan keyin bu desert bilan oʻzini mehmon qilgan va rohatlangan, Gippokrat boʻlsa jazirama issiq kunda ahvolni yaxshilanishi uchun muzqaymoq tanovul qilishni maslahat bergan. Muzqaymoq “ixtirochilari” xitoyliklar hisoblanadi, ular imperator stoliga muzlagan meva sharbatini qoʻyishgan. Slavyanlarda shunga oʻxshash desert boʻlgan: sutni asal bilan aralashtirib, keyin idishlarga solib yaxlatib qoʻyishgan. Uni qanday yeyish kerakligi haqida bosh qotirib oʻtirishmagan, shunchaki shimib-shib yeb qoʻya qolishgan.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Qulupnayli, shokoladli, malinali – bu muzqaymoqni barcha taʼmlari emas. Dunyoda koʻpgina, hatto shirinsiz variantlari ham bor, baliqlidan boshlab pishloqli, qoʻziqorinli va tomatliga qadar.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Bilasizmi, muzqaymoqni dunyoda eng koʻp sotiladigan turi sutli sut-qaymoqli turidir? Shokoladli muzqaymoq mashhurligi boʻyicha reytingda ikkinchi oʻrinda turadi, uchinchi oʻrinda – mevali.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq yetarli kaloriyali mahsulot hisoblanadi. Diyetada oʻtirgan odam uchun tanovul qilish maslahat berilmaydi. Ammo juda yegisi kelsa, agar mahsulot kaloriyasini bilsa istisno qilsa boʻladi.
- 100 gr sutli muzqaymoq 200 kkal ga ega
- 100 gr mevali yax – 150 kkal ga ega
- 10 gr diyetali muzqaymoq – 100 kkal ga ega

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Mashhur Eskimo muzqaymogʻini qandolatchi Kristian Nelson oʻylab topgan, oʻzining moʻjiza – desertini eskimos – pay, yaʼni “eskimos pirogi”, deb nomlagan.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Frityureda qovurilgan muzqaymoq – qimmat restoranlarda mashhur shirinlikdir. Uni tayyorlash oson: muzlatilgan plombir sharikini unga botirib olinadi, koʻpirtirilgan tuxumga shoʻngʻitib olinadi, keyin uning ustiga talqonni sepib, tezda qovuriladi.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Ha,ha, muzqaymoqni koʻpchilik doktorlar profilaktika sifatida bolalarda angina, tonzillit, faringit kasalliklariga uchraganda muzqaymoq berishni tavsiya qiladilar. Agar bu desert oz – ozdan yeb turilsa tomoq chiniqadi va uning shilliq qavati havo oʻzgarishiga bardoshli boʻladi. Bu koʻnikma sababli kichkintoy bolalar tomoq ogʻrigʻi kasalligini osongina yengib oʻta oladilar.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoq shamollash kasalligining oldini oluvchi hamda uni davolovchi uy sharoitida tayyorlanadigan dorilarning asosiy qismini tashkil etishi mumkin. Buning uchun yosh qaragʻay daraxtining 20 ta shoxi olinib, hovonchada maydalanadi. Bir osh qoshiq malina qiyomi qoʻshiladi. Aralashtiriladi. Sharbatni siqib olib, shoxchalar tashlab yuboriladi. Hosil boʻlgan malina – qaragʻay sharbatini muzqaymoq ustiga quyiladi. Xohish boʻyicha qiyomga bir – ikki osh qoshiq apelsin freshini qoʻshish ham mumkin. Shu yoʻl bilan siz C vitaminiga boy boʻlgan desertni tayyorlaysiz. Shunday ekan, ushbu desert har qanday shamollash kasalligini yenga oladi.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Amerikalik mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, muzqaymoq asosan begim kunlari emas, dam olish kunlari koʻproq sotiladi. Asosiy istemolchilar ham 5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda 45 yoshdan katta boʻlgan shaxslardir.

Muzqaymoq tarixi: sizni hayron qoldiradigan 10 ta faktlar

Muzqaymoqning noyobligining sababchisi – oddiy havodir. Aynan havo tufayli ushbu desert mayin va yumshoq boʻladi, biz ham uni aynan shu xususiyati tufayli yoqtiramiz.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar