Sayohat

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Barcha uchuvchilar boymi? Yo'lovchini tualet tortib ketishi mumkinmi? "240-qoida" nima? Siz aviaparvoz haqida bilishni xohlagan, lekin so'rashga qo'rgan barcha savollarning javobi bizda!

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

1. Samolyotda kasallik viruslarini yuqtirib olish osonmi?

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Havo bosimi kasallik bakteriyalarini tarqalishiga ta'sir qiladimi? Qisqa qilib aytganda, yo'q. Zamonaviy samolyotlarda havoni filtr orqali tozalovchi yuqorieffektiv sistemalar bo'lib, ular hatto eng mayda zarralarni ham o'tkazib yubormaydi(HEPA). Bu usul bilan tashqaridagi havoni salon ichidagi havo bilan qo'shish orqali toza havoga erishiladi. Shundan so'ng havo massalaridagi virus va bakteriyalar maxsus nasos yordamida yo'q qilinadi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Samolyot bortida havo almashinuvi har 2-4 daqiqada sodir bo'ladi.

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

2. Reys vaqtida yo'lovchi samolyotlarining eshiklarini ochish mumkinmi?

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Ha, OAV parvoz vaqtida ba'zi aqldan ozgan yoki mast yo'lovchilarning qandaydir sabab bilan layner samolyotlarining eshiklarini ochishga harakat qilgani haqida yozib turadi. Odatda ularni hamrohlari yoki ekipaj a'zolari bostiradi, lekin bu vaziyatda shovqin solish kerak emas. Yo'lovchi samolyotlarining eshiklari "qopqoq" prinsipida ishlaydi: tashqarida hosil bo'ladigan bosim, ular mahkam qilib zich berkitilgan bo'ladi. Yuqorida eshikni ochish uchun 100 ta bodibilderlarning kuchi kerak bo'ladi. Bortda ko'plab og'ir atletikachilar bo'lsa va ularning hammasi sakrashga qaror qilsa, ana o'shanda qo'rqsangiz arziydi.

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

3. Yoʻlovchini tualet tortib ketishi mumkinmi?

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Bu ham oldingi stereotip kabi notoʻgʻri fikr. Ha, “Uchuvchi samolyot” filmida bu holat kuzatilgan, qahramon buning oqibatida aviakompaniyani sudga bergan. Lekin bunga katta shubha bilan ishonish mumkin. Badiiy film-da baribir! Fizika qonunlaridan oʻzib ketish, yoki zamonaviy laynerlardagi tualet oʻrindiqlarining hajmi bunga texnik jihatdan umuman toʻgʻri kelmaydi.

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

4. Barcha uchuvchilar juda boy boʻladi.

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

Har doim ham emas. Masalan, Jet Blue aviakompaniyasida ishlovchi uchuvchilar yaxshi maosh olishlari uchun karyera yoʻlida uzoq ishlashlariga toʻgʻri keladi. Boshlangʻich etapda uchuvchining oyligi kamroq boʻladi, bundan tashqari uchuvchilik bilimlarini chuqur egallash uchun juda koʻp vaqt va oʻgʻir mehnat talab etiladi. Kommersiyalik uchuvchining shaxsiy litsenziyasini olish 35-40 ming funt sterling turadi. Avvallari aviakompaniyalar oʻz ishchilarining parvoz mashqlari uchun pul toʻlagan, lekin hozir faqatgina yosh nomzodlar uchun bu mumkin. Bundan tashqari uchuvchilarni boshqa kasb egalariga qaraganda oldinroq nafaqaga chiqarishadi, nafaqa esa unchalik yuqori emas. Uchuvchilarga ularning oyligi juda koʻp, degan mish-mishlar yoqmaydi. Xulosa qilib aytganda, uchuvchilarning hayotini jozibali deb boʻlmaydi: “Domodedovo”da nonushta, Yekaterinburgda tushlik va parvoz vaqtida “kechki ovqat”… Yoʻqotilgan sogʻlik uchun tovon bundanda koʻproq boʻlishi kerak edi.

Aviaparvoz haqida 9 ta fakt: afsona yoki haqiqat?

5. Agar men oʻz joyimdan qoniqmasam, meni boshqa joyga oʻtirishimga yordam berishadimi?

Bu juda keng tarqalgan afsona. Koʻpchilik insonlar styuardessadan oʻz iltimoslarini yaxshilab soʻrashsa, ular salondagi qulayroq joyga ega boʻla oladilar, deb umid qilishadi. Yoʻlovchilar buning uchun nimalarni qilmaydi deysiz? Lekin bortkuzatuvchidan bunday yordamni kutmagan maʼqul. Yaxshisi, samolyotga chiqishdan oldin, yaʼni registratsiya vaqtida oʻz istaklaringizni bildiring. Ammo aviakompaniya xodimlarini koʻp gapga solmang, aks holda siz haqingizda notoʻgʻri fikrga borib qolishlari mumkin.

6. Yuqorida parhezli kolaning toshishi qiyinmi?

Ha, bu toʻgʻri. Gaz va balandlik parhezli kolaning quyilishini qiyinlashtiradi. Aslida styuardessa sizga gazirovka quyib bergan vaqtda boshqa 3 ta yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi mumkin edi. Har ehtimolga qarshi, siz endi ekipaj aʼzolarining asabiga tegish uchun qanday ichimlik soʻrashni bilib oldingiz. Lekin aql bilan mulohaza qiling va yodda tuting: bu insonlar sizga ovqat beradi.

7. Samolyotlar har doim qushlar bilan toʻqnashib ketadi.

Ha. Qushlar uchun afsusdamiz. Ammo bu toʻqnashuvlar samolyot va ichidagilar uchun xavfli boʻlishi mumkin, yoʻlovchilar buni sezmaydi ham. Boshqa tahlikalar kabi qushlar bilan toʻqnashuv ham uchish va qoʻnish vaqtida xatarlidir. Parvozning boshqa fazalariga kelsak, samolyot qushlar odatda uchmaydigan yuqori balandlikda boʻladi. Baʼzi aeroportlar koʻp qushlar bor yerlarlarda joylashgan boʻladi(masalan, Nyu-Yorkdagi Kennedi aeroporti Long-Aylenddagi katta qushlar qoʻriqxonasining yonginasida joylashgan). Umuman olganda, qushlar ham aeroportlardan uzoqroqda boʻlishga harakat qilishadi, markaz ishchilari ham qushlar bilan toʻqnashuvlar boʻlmasligi uchun barcha choralarni koʻrishadi.

8. Nima uchun uchish va qoʻnish vaqtida bort illyuminatori pardalarini ochib qoʻyish kerak?

Bu qattiq talab qilinmaydi: aviakomoaniyalar oʻz talablarini oʻrnatishlari mumkin. Baribir koʻp tashuvchilar pardalarning ochiq boʻlishini tanlashadi. Chunki bu favqulodda holatlarda evakuatsion xizmatlariga salon ichida nima boʻlayotganini koʻrish imkonini beradi.

9. 240-qoida nima?

Siz faqatgina “240-qoida” sehrli soʻzini tilga oling va shunda aviakompaniyalar har qanday noqulaylik uchun barcha xarajatlarni oʻz boʻyniga oladi. Bu toʻgʻrimi? Bu qoida haqiqatdan ham mavjudmi? Afsuski, yoʻq. Qachonlardir Amerikaning transport departamenti aviakompaniyalar yoʻlovchilarga parvoz vaqtida maksimal qulaylikni yaratib berish maqsadida bu qoidani amalga chiqargan. Hozir esa tashuvchilar oʻz qoidalarini oʻrnatishadi, ularni “Tashuv shartlari” orqali bilib olishingiz mumkin. Yevropada bu shartlar EC qonunchilikda hisobga olingan, unda hech qanday 240-qoida mavjud emas. Aviakompaniya xodimlari oldida oʻzingizni tashuvchilik tarixini yaxshi biladiganday qilib, oliftagarchilik qilishdan koʻra, qoidalar bilan yaxshilab tanishib chiqing va uning nusxasini oʻzingiz bilan oling. Tortishuvli vaqtlarda u sizga rostdan ham yordam berishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar