Sayohat

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma
Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Agar siz sayohat uchun chet el safariga chiqsangiz,unda fotoapparat va kameraga oʻzingizni va tevarak-atrofni tasvirga olishga harakat qilasiz. Shuni bilib qoʻyingki, turli mamlakatlarda turistlar uchun baʼzi joylarni tasvirga yoki suratga olish taqiqlanadi. Keling, bu haqda batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

AQSH ning turli shtatlarida turlicha qonun-qoidalar mavjud. Qay biriga borishingizga qarab, ularga amal qilishingiz kerak. Biroq qonun-qoidalar ichida bir umumiylik bor: AQSH dan deportatsiya boʻlishni xohlamasangiz, avtomagistrallarni, tonnel va koʻpriklarni aslo suratga ola koʻrmang.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Angliyada siz xohlagan narsa va joyni tasvirga muxrlashingiz mumkin. Faqat eng asosiy narsani unutmang: suratga olish chogʻida shtativ ishlatish mumkin emas. Ingliz hukumatining tushunchasi shunday: agarda siz qoʻldagi fotoapparat orqali suratga olsangiz, demak siz havaskorsiz, bordiyu suratga olishda shtativ ishlatsangiz – demak siz professionalsiz va bu ishingizdan daromad olasiz. Daromad olayotga shaxs esa albatta soliqni ham toʻlab qoʻyishi lozim.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Bu mamlakatlarda sayyohlar qaysi joylarni koʻproq suratga olishga oshiqadilar, bilasizmi? Turistlar Belgiyada xojat chiqarayotgan bolakay haykalini, Amsterdamda esa Qizil fonarlar kvartalini suratga olishga qiziqadilar. Aynan ana shu obyektlarni  mazkur mamlakatlarda suratga olish taqiqlanadi. Toʻgʻri, ushbu qonunni buzgan odam panjara ortiga kirib ketmaydi, lekin kattagina miqdorda jarima toʻlashingizga toʻgʻri keladi.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Goʻzal ahloqli yaponlar turistlarga biron narsani suratga olishga toʻsqinlik koʻrsatmaydilar. Biroq siz qabristonda fotosessiya uyushtirsangiz yoki boʻlmasa, yakka holdagi altarni tasvirga tushirmoqchi boʻlsangiz buni hurmatsizlikka yoʻyishlari mumkin. Baʼzi ibodatxonalarda hattoki Budda haykallarini ham suratga olish taqiqlanadi. Odatda, bu haqda sayyohlar ogohlantiriladilar.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Gretsiyada koʻpgina muzey va obidalar serop. Birgina Akropolning oʻzi qanchalik tahsinga loyiq. Albatta bularning hammasini yaqinlaringiz va doʻstlaringizga koʻrsatish uchun tasvirga muxrlashga harakat qilasiz.Yunoniston muzeylarida suratga olish taqiqlanmagan, ammo muzeydagi eksponatlar fonida selfi qilishga ruhsat berilmaydi va buning uchun tanbeh olishingiz mumkin. Bordiyu sizga bu yerdagi harbiylarni suratga olish hayoli kelib qolsa, ehtiyot boʻling, sizni hibsga ham olishlari hech gap emas.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Arab davlatlarida mahalliy ayol kishilarni suratga olish taqiqlanadi. Bu haqorat, deb baholanadi. Bordiyu mahalliy arab shayxlarining saroylariga mahliyo boʻlib, ularni suratga olmoqchi boʻlsangiz, toʻppa-toʻgʻri qamoqxonaga tushishingiz mumkin.

Turli mamlakatlarda nimalarni suratga olish taqiqlangan: sayyohlar uchun yoʻriqnoma

Aslini olganda bu mamlakatda suratga olish taqiqlanmagan, faqat buni guruhning yoʻlboshlovchisi nazoratidagina amalga oshirish mumkin. Ruxsat ham faqat haykallarnigina suratga olish uchun berilgan.Bordiyu siz mahalliy aholini suratga olmoqchi boʻlsangiz, boshingiz baloga qoladi.

Koʻrib turganingizdek, turli mamlakatlarning qonunlarihar xil. Muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq boʻlar edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar